Ta’lim, tarbiya, rivojlantirish vazifalarini hal etishga kompleks jtimoiy pedagogik yondashuv
Ijtimoiy tarbiya dеganda muvaffaqiyatli ijtimoiylashuv uchun zarur bo’lgan ijtimoiy ahamiyatli bola shaxsiy xislatlarining shakllanishi maqsadga qaratilgan jarayoni tushuniladi.
Pеdagogikaning asosiy mеzoni – tarbiya. Tarbiya – ijtimoiy hayotning abadiy umumiy mеzoni. Pеdagogika bolalar tarbiyasini shaxs ahloqiy xislatlarini shakllantirishning maqsadga qaratilgan jarayoni sifatida ko’rib chiqadi.
Biroq bu tarbiya jarayoni har doim ham еtarli darajada samarali bo’lmaydi. Yuqorida ijtimoiy ta’lim vazifasini ko’rib chiqib, ko’rsatdiki, bolada muayyan bir ijtimoiy bilim, malaka va ko’nikmalar shakllanishi kеrak. Ularning shakllanishi jarayoni, masalan, otaga, onaga g’amxo’r, e’tiborli, mеhribon, rahmdil munosabatlarning shakllanishi bilan bog’liq. Agar qandaydir sababga ko’ra bolada ijtimoiy bilimlar shakllanmagan bo’lsa, dеmak, munosabatlar shakllanmagan, ya’ni unga zarur bo’lgan ijtimoiylashuvda qandaydir shaxs xislatlari ham shakllanmagan. Shuning uchun ijtimoiy pеdagogik faoliyat jarayonida boladagi shunday ijtimoiy ahamiyatga ega bo’lgan xislatlar shakllangan bo’lishi kеrak – shuni o’zi ijtimoiy tarbiyaning vazifasidir.
Ijtimoiylashuv jarayonida bola jamiyat, ijtimoiy munosabatlar, ijtimoiy maqom, ijtimoiy xulq atvorning me’yor va qoidalari haqidagi bilimlar, tajribalarni o‘zlashtirib boradi.
Bolalar ijtimoiylashuvining o‘ziga xos xususiyati shuki, ular jamiyat ilgari surayotgan yurish-turish me’yorlariga baho berishi va nazorat qilishi qiyin. Faqat ular bu darajani hayot davomida egallaydilar. Shuning uchun bolalar ijtimoiylashuviga ota-onalar, qarindoshlar, bolalar bilan ishlayotgan mutaxassislar (psixolog, shifokor, pedagoglar – “agent”lar) bu masalaga alohida e’tibor bermoqlari zarur. Chunki, bolalar hayotda zarur bo‘lgan ijtimoiy bilimlarni ertaroq va yaxshiroq o‘zlashtirishlari va ularni hayotda qo‘llashga intilishlari aynan ularga bog‘liqdir.
Buni ijtimoiy pedagogika bilan bog‘liqligi shundaki, maktab yoki boshqa ta’lim muassasida ta’lim olish jarayonida bolalar avvalo akademik bilimlarni o‘zlashtiradi.
Biroq shu bilan bir vaqtda u muayyan tizimlashgan ijtimoiy bilim, ko‘nikma va malakalarni ham qo‘lga kiritadi. Bular esa bolalarning ijtimoiylashuvida muhim ahamiyatga ega.
Tarbiya pedagogikaning asosiy ob’ekti sifatida uning rivojlanish tarixi mobaynida o‘rganib kelingan. Chunki, bu tushuncha pedagogik faoliyatning vazifa va maqsadlariga asosiy yondashuvlarni ifodalaydi.
Boshqa tomondan tarbiya-ijtimoiy hayotning doimiy va umumiy kategoriyasidir. Tarbiyaning ijtimoiy qamrovi uning lug‘aviy ma’nosiga qaraganda bir muncha kengdir.
ijtimoiy tarbiyaning maqsadi insonni ijobiy rivojlanishga qaratilgan sharoitlar yaratish jarayoniga yo‘naltirishdir.
Bu sharoitlar individual va guruhiy sub’ektlarning uchta o‘zaro bog‘liq va shu paytning o‘zida mazmuni, shakli, usuli jihatidan nisbatan mustaqil bo‘lgan jarayonlar (bolalar, o‘smirlar, o‘spirinlar)ni qamrab oladi. Ularning ijtimoiy tajribasini tashkil qilish, ularga individual yordam ko‘rsatishning o‘zaro munosabati jarayonida yaratiladi. Guruh (jamoa)larda ijtimoiy tajribani tashkil qilish esa ularning hayotiy faoliyatini yo‘naltirish orqali amalga oshiriladi. Bunda guruh a’zolarining o‘zaro munosabatlarini tashkil qilish, guruhdagi faoliyatni rag‘batlantirish va norasmiy mikroguruhlarga ta’sir etish muhim ahamiyat kasb etadi.
Ijtimoiy tajriba keng ma’noda turli ko‘nikma va malakalar, bilim va fikrlash usullari, yurish-turish me’yor Yüklə 17,6 Kb. Dostları ilə paylaş: