14-Mavzu.
Yangi konstruksiyali quyosh elementlari
2005 yildan beri dunyo quyosh fotoenergetika bozori yiliga o‘rtacha
40-50% ga o‘sib bormoqda. Bu boshqa sohalarga qaraganda ancha yuqori
[1]. Kelgusi 20 yil ichida quyosh fotoenergetikasi 2 milliondan ortiq ish
o‘rinlarini yaratishi, atmosferaga issiqxona gazlari chiqindilarini CO
2
350
million tonnaga kamaytirishi kutilmoqda. Bu 140 ta ko‘mir bilan ishlaydigan
elektr stantsiyalarini yopishga teng. 2030
yilga kelib quyosh
fotoenergetikasining umumiy quvvati 650 GVt dan oshadi [2, 3]. Oxirgi
sakkiz yil davomida global quyosh fotoenergetika bozori boshqa qayta
tiklanadigan energiya sohalariga qaraganda ko‘proq sarmoya oldi.
Dunyoda quyosh energiyasining istiqbollarini uchta so‘z bilan
ta'riflash mumkin: ko‘proq,
arzonroq, samaraliroq. Shunday qilib, global
quyosh fotoenergetikasi bozori hajmi 2026 yilga borib 223,3 milliard
dollarni tashkil etadi va har yili o‘rtacha 20,5
foizga oshadi, deya taxmin
qilmoqda ResearchAndMarkets.com tahlilchilari.
Quyosh energiyasining jadal rivojlanishi iste'molchilar uchun elektr
energiyasi narxining pasayishiga olib keladi. AQSH hukumati rejasiga
koʻra, 2030-yilga borib quyosh energiyasi ishlab chiqarish xarajatlari yana
50 foizga kamayadi.
Germaniya bir necha yillardan buyon fotovoltaik tizimlarni o‘rnatish
bo‘yicha jahon yetakchilari qatorida bo‘lib, 2016 yil oxiriga kelib umumiy
o‘rnatilgan quvvati 41,3 gigavattni (GVt)
tashkil etib, Xitoydan keyin
ikkinchi o‘rinda turadi.
2019 yilning kuzida Germaniya hukumati Iqlimni muhofaza qilish
dasturini (Klimaschutzprogramm 2030) tasdiqladi,
uning asosiy qoidalari
Iqlim paketida qayd etilgan. Uzoq muddatli minimal maqsadlar 2020 yilga
kelib 35%, 2030 yilgacha 50% va 2050 yilga kelib 80% ni tashkil qiladi [14].
Germaniya (2020) quyosh energiyasining eng past narxini e'lon qildi, u bir
kVt/soat uchun 0,0355 yevroni (0,038315 AQSh dollari) tashkil etdi.
Rossiyaning energetika sanoatida yupqa plyonkali texnologiyalar
bo‘yicha ilmiy-texnika markazi (ITM) tadqiqotchilari kremniyli taglikda
tijorat maqsadlarida foydalanish mumkin bo‘lgan A
3
B
5
konstruksiyalarini
yaratishga muvaffaq bo‘lganini da’vo qilmoqda. Olimlarning ta'kidlashicha,
ular kremniy asosiga birlashtirilgan quyosh batareyasining yuqori qatlamini
olishgan. Fotoaktiv qatlamlarning ko‘payishi bilan quyosh batareyasining
samaradorligi oshadi, chunki har bir yangi qatlam quyosh spektrining o‘z
qismini to‘liqroq o‘zlashtiradi. 17].
Xitoyning Trina Solar Co., Ltd kompaniyasi 415
Vt maksimal
quvvatga ega yangi CM seriyali quyosh panellari chiqarilishini e'lon qildi
[20].
Eng katta o‘sish Osiyoda kuzatildi, bu erda qayta tiklanadigan energiya
quvvatlari ishga tushirilganlarning 54 % ni tashkil etdi. 2019 yilda quyosh
energetikasi 98 GVt ga oshdi, 60% quyosh fotoelektrikstansiyalar (QFS)
Osiyoda o‘rnatildi [1].
1.46-rasm. 2010 yildan 2020 yilgacha quyosh batareyalari/modullarini
global ishlab chiqarish
Isroil Energetika vaziri Y.Staynitsning aytishicha, 2030 yilda Isroilda
qayta tiklanadigan energiya manbalaridan
foydalanish maqsadi quyosh
energiyasi va investitsiyalar hisobiga 17 % dan 30 foizga oshadi, ekologik
toza energiya esa 23 milliard dollarga oshadi [33].
Quyidagi 1.46-rasmda, 2005 yildan 2020 yilgacha bo‘lgan rivojlanish
oralig‘ida quyosh fotoelementlarining jahon ishlab chiqarishini tavsiflovchi
diagrammalar shaklda keltirilgan.
O‘tgan 2021-yil quyosh energiyasi bo‘yicha yana bir jahon rekordidan
xoli bo‘lmadi. Taxminan bir xil narxlar - bir kilovatt-soat uchun 1,35 AQSh
senti darajasida – Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) va Portugaliyadagi
raqobatbardosh tanlovlarda o‘rnatildi. Bungacha 2020-yilning yanvar oyida
Qatarda avvalgi rekord o‘rnatilgan edi (1.47-rasm).
1.47-rasm. Quyosh energiyasi bo‘yicha ba'zi raqobatbardosh tanlovlar
natijalari “Bir qismli” subsidiyasiz narxlar ($/kWh)
Hozirgi vaqtda yuqori samarali quyosh panellarini ishlab chiqarishda
8 ta asosiy texnologiyani ta'kidlash mumkin:
•
PERC
(Passivated Emitter Rear Cell) - hujayraning teskari
tomonidagi
dielektrik qatlam;