14-Mavzu. Yangi konstruksiyali quyosh elementlari



Yüklə 22,34 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix07.01.2024
ölçüsü22,34 Kb.
#208649
  1   2
14-Mavzu. Yangi konstruksiyali quyosh elementlari



14-Mavzu. 
Yangi konstruksiyali quyosh elementlari
 
2005 yildan beri dunyo quyosh fotoenergetika bozori yiliga o‘rtacha 
40-50% ga o‘sib bormoqda. Bu boshqa sohalarga qaraganda ancha yuqori 
[1]. Kelgusi 20 yil ichida quyosh fotoenergetikasi 2 milliondan ortiq ish 
o‘rinlarini yaratishi, atmosferaga issiqxona gazlari chiqindilarini CO

350 
million tonnaga kamaytirishi kutilmoqda. Bu 140 ta ko‘mir bilan ishlaydigan 
elektr stantsiyalarini yopishga teng. 2030 yilga kelib quyosh 
fotoenergetikasining umumiy quvvati 650 GVt dan oshadi [2, 3]. Oxirgi 
sakkiz yil davomida global quyosh fotoenergetika bozori boshqa qayta 
tiklanadigan energiya sohalariga qaraganda ko‘proq sarmoya oldi. 
Dunyoda quyosh energiyasining istiqbollarini uchta so‘z bilan 
ta'riflash mumkin: ko‘proq, arzonroq, samaraliroq. Shunday qilib, global 
quyosh fotoenergetikasi bozori hajmi 2026 yilga borib 223,3 milliard 
dollarni tashkil etadi va har yili o‘rtacha 20,5 foizga oshadi, deya taxmin 
qilmoqda ResearchAndMarkets.com tahlilchilari. 
Quyosh energiyasining jadal rivojlanishi iste'molchilar uchun elektr 
energiyasi narxining pasayishiga olib keladi. AQSH hukumati rejasiga 
koʻra, 2030-yilga borib quyosh energiyasi ishlab chiqarish xarajatlari yana 
50 foizga kamayadi. 
Germaniya bir necha yillardan buyon fotovoltaik tizimlarni o‘rnatish 
bo‘yicha jahon yetakchilari qatorida bo‘lib, 2016 yil oxiriga kelib umumiy 
o‘rnatilgan quvvati 41,3 gigavattni (GVt) tashkil etib, Xitoydan keyin 
ikkinchi o‘rinda turadi. 
2019 yilning kuzida Germaniya hukumati Iqlimni muhofaza qilish 
dasturini (Klimaschutzprogramm 2030) tasdiqladi, uning asosiy qoidalari 
Iqlim paketida qayd etilgan. Uzoq muddatli minimal maqsadlar 2020 yilga 
kelib 35%, 2030 yilgacha 50% va 2050 yilga kelib 80% ni tashkil qiladi [14]. 
Germaniya (2020) quyosh energiyasining eng past narxini e'lon qildi, u bir 
kVt/soat uchun 0,0355 yevroni (0,038315 AQSh dollari) tashkil etdi. 


Rossiyaning energetika sanoatida yupqa plyonkali texnologiyalar 
bo‘yicha ilmiy-texnika markazi (ITM) tadqiqotchilari kremniyli taglikda 
tijorat maqsadlarida foydalanish mumkin bo‘lgan A
3
B
5
konstruksiyalarini 
yaratishga muvaffaq bo‘lganini da’vo qilmoqda. Olimlarning ta'kidlashicha, 
ular kremniy asosiga birlashtirilgan quyosh batareyasining yuqori qatlamini 
olishgan. Fotoaktiv qatlamlarning ko‘payishi bilan quyosh batareyasining 
samaradorligi oshadi, chunki har bir yangi qatlam quyosh spektrining o‘z 
qismini to‘liqroq o‘zlashtiradi. 17]. 
Xitoyning Trina Solar Co., Ltd kompaniyasi 415 Vt maksimal 
quvvatga ega yangi CM seriyali quyosh panellari chiqarilishini e'lon qildi 
[20]. 
Eng katta o‘sish Osiyoda kuzatildi, bu erda qayta tiklanadigan energiya 
quvvatlari ishga tushirilganlarning 54 % ni tashkil etdi. 2019 yilda quyosh 
energetikasi 98 GVt ga oshdi, 60% quyosh fotoelektrikstansiyalar (QFS) 
Osiyoda o‘rnatildi [1]. 
1.46-rasm. 2010 yildan 2020 yilgacha quyosh batareyalari/modullarini 
global ishlab chiqarish
 


Isroil Energetika vaziri Y.Staynitsning aytishicha, 2030 yilda Isroilda 
qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish maqsadi quyosh 
energiyasi va investitsiyalar hisobiga 17 % dan 30 foizga oshadi, ekologik 
toza energiya esa 23 milliard dollarga oshadi [33]. 
Quyidagi 1.46-rasmda, 2005 yildan 2020 yilgacha bo‘lgan rivojlanish 
oralig‘ida quyosh fotoelementlarining jahon ishlab chiqarishini tavsiflovchi 
diagrammalar shaklda keltirilgan. 
O‘tgan 2021-yil quyosh energiyasi bo‘yicha yana bir jahon rekordidan 
xoli bo‘lmadi. Taxminan bir xil narxlar - bir kilovatt-soat uchun 1,35 AQSh 
senti darajasida – Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) va Portugaliyadagi 
raqobatbardosh tanlovlarda o‘rnatildi. Bungacha 2020-yilning yanvar oyida 
Qatarda avvalgi rekord o‘rnatilgan edi (1.47-rasm). 
1.47-rasm. Quyosh energiyasi bo‘yicha ba'zi raqobatbardosh tanlovlar 
natijalari “Bir qismli” subsidiyasiz narxlar ($/kWh) 
Hozirgi vaqtda yuqori samarali quyosh panellarini ishlab chiqarishda 
8 ta asosiy texnologiyani ta'kidlash mumkin: 
• 
PERC
(Passivated Emitter Rear Cell) - hujayraning teskari 
tomonidagi dielektrik qatlam


• 

Yüklə 22,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin