15 – Seminar mashg’uloti Mavzu. Iqtisodiy o’sish va milliy boylik. Milliy iqtisodiyotning nisbatlari va muvozanati Seminar mashg’ulotining rejasi



Yüklə 19,25 Kb.
tarix13.03.2022
ölçüsü19,25 Kb.
#53682

15 – Seminar mashg’uloti
Mavzu. Iqtisodiy o’sish va milliy boylik. Milliy iqtisodiyotning nisbatlari va muvozanati
Seminar mashg’ulotining rejasi:

1. Iqtisodiy o’sish va ijtimoiy taraqqiyot. Iqtisodiy o’sishning mezonlari va kursatkichlari.

2. Iqtisodiy o’sishning ekstensiv vak intensiv turlari. Iqtisodiy o’sishning maqsadi, samaradorligi va ijtimoiy yo’nalishi.

3. Iqtisodiy o’sishning omillari.

4. Milliy boylik tushunchasi. Moddiy buyumlashgan, tabiiy va intelektual boylik.

5. O’zbekistonning iqtisodiy potentsialdan samarali foydalanish va iqtisodiy o’sish muammolari.



Seminar mashg’ulotining maqsadi

Talabalarda iqtisodiy o’sish va ijtimoiy taraqqiyot. Iqtisodiy o’sishning mezonlari va kursatkichlari. Iqtisodiy o’sishning ekstensiv vak intensiv turlari. Iqtisodiy o’sishning maqsadi, samaradorligi va ijtimoiy yo’nalishi. Iqtisodiy o’sishning omillari. Yalpi talab va yalpi taklif omillarining iqtisodiy o’sishga ta’siri. Milliy boylik tushunchasi. Moddiy buyumlashgan, tabiiy va intelektual boylik. Milliy boylik tuzilishi. Mamlakatning iqtisodiy potentsiali. O’zbekistonning iqtisodiy potentsialdan samarali foydalanish va iqtisodiy o’sish muammolarini o’rganishga doir bilimlarni shakllantirishdan iborat.
Asosiy tayanch tushunchalar

Iqtisodiy rivojlanish — ko’p o’lchamli jarayon bo’lib, jamiyat-ning ijtimoiy, iqgisodiy va ma’naviy taraqqiyotida o’z ifodasi-ni topadi.

Iqtisodiy o’sish — YaMM (IMM, SMM, MD) miqdorining mutloq va aholi jon boshiga hamda iqtisodiy resurs xarajatlari birligi hisobiga ko’payishida va sifatining yaxshilanishida ifo-dalanadi.

Iqtisodiy o’sishning ko’rsatkichlari — iqtisodiy o’sishni aniq-lashda foydalaniladigan qiymat va natural (jismoniy) ko’rsat-kichlar tizimidan iborat.

Ekstensiv iqtisodiy o’sish — ishlab chiqarishga qo’shimcha iqti-sodiy resurslarni jalb qilish orqali ishlab chiqarish hajmining ortib borishi.

Intensiv iqtisodiy o’sish — ishlab chiqarish omillarining ri-vojlanib, ulardan foydalanish samaradorligini oshirish orqali mahsulot ishlab chiqarish hajmining ko’payib borishi.

Ustuvor ekstensiv iqtisodiy o’sish — iqtisodiy o’sishda eksten-siv omillarning ustivor o’ringa ega ekanligini bildiradi.

Ustuvor intensiv iqtisodiy o’sish — iqtisodiy o’sishda inten-siv omillarning yuqori o’ringa egaligini bildiradi.

Milliy boylik — insoniyat jamiyati taraqqiyotida ajdodlar tomonidan yaratilgan va avlodlar tomonidan jamg’arilgan moddiy va ma’naviy boyliklar hamda foydalanishga jalb qilingan tabiat boyliklari.

Moddiy-buyumlashgan boylik — milliy brylikning inson meh-nati bilan yaratilgan ashyoviy — buyum ko’rinishga ega bo’lgan qismi.

Tabiiy boylik — milliy boylikning tabiat in’omlaridan iborat bo’lgan, foydalanishga jalb qilingan, ishlab chiqarishning shart-sharoitini va inson faoliyatiningtashqi muhitini tashkil qila-digan qismi.

Ma’naviy boylik — ashyoviy-buyum ko’rinishiga ega bo’lmagan nomoddiy qimmatliklardan va insoniyatning intellektual salohi-yati natijalaridan iborat.

Takrorlash uchun savollar va topshiriqlar


  1. Iqtisodiy taraqqiyot, iqtsiodiy rivojlanish va iqtisodiy o’sish tushunchalarining ta’rifini bering. Ularni umumiy tomonlari va farqlarini ko’rsating.

  2. Iqtisodiy o’sishning ekstensiv va intensiv turlari qanday aniqlanadi? Nima uchun real hayotda sof ekstensiv yoki sof intensiv iqtisodiy o’sish turlari uchramaydi?

  3. Mamalakatning iqtisodiy saloxiyatiga, axolisining turmush darajasiga va ishlab chiqarishining samadorligiga baho berishda iqtisodiy o’sishning qanday ko’rsatkichlaridan foydalaniladi?

  4. Iqtisodiy o’sishga ta’sir qiluvchi taklif, taqsimlash va talab omillarini tushuntiring xamda ularning axamiyatini baholang.

  5. O’zbekistonda nominal YaIM 1997 yil 976,8 mlrd. so’mni, 1998 yil 23967 ming kishini tashkil qilganligini hisobga olsak, aholi jon boshiga nominal YaIM o’sish suroatiga qanday o’zgargan?

  6. Milliy boylik tushunchasining taorifini bering va tarkibiy tuzilishini ko’rsating.

  7. Milliy boylik tarkibida moddiy moddiy – buyumlashgan boylik qanday o’ringa ega va u qanday tarkibiy qismlarni o’z ichiga oladi?

  8. Nima uchun yer, suv kabi tabiiy boyliklarni qiymat o’lchovida baholab, milliy boylik tarkibiga kiritish mumkin emas?

  9. Madaniy, tarixiy obidalar va arxitektura yodgorliklarining milliy boylik tarkibida aks etishini qanday izohlaymiz? Ularning har bir turiga misollar keltiramiz.


Tavsiya etilgan adabiyotlar ro’yxati

  1. Karimov I.A. Jaxon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi. O’zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari.-T.: O’zbekiston, 2009.

  2. Karimov I.A. O’zbekiston iqtisodiy isloxotlarni chukurlashtirish yo’lida.-T.; «O’zbekiston», 1995.

  3. Makkonell K., Bryu S. «Ekonomiks», 8-bob.

  4. O’lmasov A., SHarifxujaev M. Iqtisodiyot nazariyasi (darslik). T. «Mexnat» , 1995.

  5. SH.SHodmonov, U.G’ofurov. Iqtisodiyot nazariyasi.-T.: Fan va texnologiya, 2005.-784 b. Adadi 3000.

  6. A.O’lmasov, A.Vaxobov Iqtisodiyot nazariyasi. –T.: SHarq, 2006.-480 b. Adadi 2000.

Yüklə 19,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin