IP – adres – IP protokoli asosida qurilgan kompyuter tarmog’idagi unikal tugun tarmoq adresi. Internet tarmog’ida ishlaganda har bir tarmoq adresi qaytarilmas bo’lishligi talab qilinadi, lokal tarmoqlarda esa tarmoq adresi tarmoq doirasidagina talab qilinadi. IPv4 da IP adres uzunligi 4 baytni tashkil etadi.
IP – adres ikki qismdan iborat: tarmoq raqami va tugun nomeridan. Tarmoq administrator adres yopilgan holatda ixtiyoriy ravishda kiritish imkoniga ega. Agar tarmoq Internet tarmog’i qismi sifatida ishlashi kerak bo’lsa, tarmoq adresi provayder yoki mintaqaviy internet – registri orqali beriladi(Regional Internet Registry, RIR).
Azaldan TCP/IP protokoli global tarmoqlarda foydalanish uchun loyihalashtirilgan, aynan shuning uchun u maksimal ravishda moslashuvchandir. Xususan paketlarni qismlarga ajratish imkoni bo'lgani uchun qam aloqa kanalining sifati e'tiborga olinmasa qam, axborot albatta o'z manziliga etkaziladi. IP – protokolining mavjudligi uchun qam turli segmentli tarmoqlar o'rtasida qam axborot uzatish mumkin bo'ladi.
TCP/IP – protokolining kamchiligi shundan iboratki, tarmoqda ma'murlashtirish murakkablashadi.