15-Ma’ruza. Maydoniy (unipolyar) tranzistorlar. Reja


Statik stok xarakteristikalar oilasi



Yüklə 290,5 Kb.
səhifə4/13
tarix12.06.2023
ölçüsü290,5 Kb.
#129068
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
15-mavzu

Statik stok xarakteristikalar oilasi. Tranzistorda nkanal mavjud, ya’ni zatvordagi kuchlanish bo‘sag‘aviy kuchlanishdan katta (UZI>U0 ) deb hisoblaymiz.
n – kanali induksiyalangan MDYa – tranzistorning stok xarakteristikalar oilasi, ya’ni UZI = const bo‘lgandagi IC=f(USI) bog‘liqlik grafigi 6.8-rasmda keltirilgan.
USI kuchlanishning kanal tuzilishiga ta’sirini ko‘rib chiqa-miz. Agar USI = 0 bo‘lsa, hosil bo‘lgan kanal kengligi kanal uzunligi bo‘yicha bir xil. USI>0 bo‘lganda zatvor va yarimo‘tkazgich sirti orasidagi potensiallar farqi va harakatchan zaryad tashuv-chilarning solishtirma zaryadi stok yo‘nalishida kamayadi. Mos ravishda stok yaqinida kambag‘allashgan qatlam qalinligi istok yaqinidagiga nisbatan katta bo‘lib, kanal kengligi istokdan stokka kamayadi.

a) b)


4-rasm. n – kanali induksiyalangan MDYa – tranzistorning stok (a) va stok – zatvor (b) xarakteristikalar oilasi.

Shunday qilib, USI kuchlanishning ortishi elektronlar tezligining ortishiga olib keladi, tok kuchi dreyf tezlikka proporsional. Ikkinchi tomondan, USI ning ortishi kanalning ponasimonligini va u bilan bog‘liq kanal qarshiligini orttiradi. Ushbu omillarning birgalikdagi ta’siri chiziqli qonuniyatga nisbatan kuchsizroq. Stok – istok kuchlanish USI.TO‘Y= UZI - U0 qiymatga yetganda invers qatlamning solishtirma zaryadi kanalning stok tomonida nolga teng bo‘ladi. Kanalning stok tomoni o‘zgarmasdan, to‘yinish rejimi hosil bo‘ladi.


To‘yinish rejimida stok toki amalda stokdagi kuchlanishga bog‘liq bo‘lmay qoladi. Rasmda shtrix chiziq bilan xarakteristikaning abssissalari USI =USI.TO‘Y mos nuqtalari birlash-tirilgan.

Yüklə 290,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin