Mahsulotni ta‗miga va xushbo‗yliga quyidagi omillar ta‗sir etadi.
1. Xom ashyo tarkibi, uni tarkibidagi aromatik moddalar miqdori.
2. Mahsulot tarkibiga qo‗shiladigan moddalar.(shirinlashtiruvchi
moddalar,
efir moylari, aromatizatorlar, osh tuzi, xidli moddalar, ozuqaviy kislotalar, ta‗mi va
xuybo‗ylikni kuchaytiruvchi moddalar)
3. Mahsulotni qayta ishlashda mikrobiologik va biokimyoviy jarayonlar
natijasida hosil bo‗ladigan moddalar
4.Tayyor mahsulotga qo‗shiladigan qo‗shimchalar. Tuz, shirin ta‗m
beruvchi moddalar, dorivor moddalar, souslar va boshqalar.
Shirin ta‘m beruvchi moddalar
Kraxmaldan olinadigan qandli moddalar.
Asal —75% mono- disaxaridlar (jumladan 40%
fruktoza, 35% glyukoza va
2% saxaroza) va 5,5% kraxmal. Vitaminlar (mg / 100 g): S — 2,0; V
6
— 0,1;
folatsin — 0,015; kam miqdorda — V
1
, V
2
. Mikroelementlardan (mkg): temir —
800; yod — 2,0; ftor — 100; organik kislotalar — 1,2%.
Solod ekstrakti —arpa solodini suvli ekstrakti. Aralashma mono-
oligosaxaridlardan (glyukoza, fruktoza, maltoza, saxaroza va boshqalar),
oqsillar,
mineral moddalar, fermentlardan iborat. Quruq moddalar miqdori 5%.
Bolalar
uchun konditer mahsulotlari ishlab chiqarishda qo‗llaniladi.
Laktoza — sut shakari, disaxarid, glyukoza i galaktozadan iborat. Bolalar
uchun mahsulot ishlab chiqarishda qo‗llaniladi
Efir moylari.
Efir moyi — o‗simliklardan ajratib olinadi
Ozuqaviy aromatizatorlar. Ularni tarkibiga 20-30dan ortiq moddalar kiradi.
Izoprenoidlar va ularni hosilalari limon xidini beradi
«Glutamin effekti» bu yangi terilgan mevalarda
va sabzovotlarda paydo
bo‗ladi.
Guanil kislota E626 va uni tuzlarii ta‗mni 200-300 marta kuchaytiradi.
Inozin kislota E630 va uni tuzlari ta‗mni va xushbo‗ylikni
kuchaytiruvchi
modda. Ular hayvon mahsulotlaridan olinadigan ekstrakt moddalar ta‗mini beradi.
Takrorlash uchun savollar:
1. Konservantlarga tarif berin. Oziq-ovqat mahsulotlarini saqlashda
konservantlarni ahamiyati. Konservantlarga misollar keltiring
2. Antioksidantlarga tarif bering. Antioksidantlarga misollar keltiring.
3. Biologik favol qo‗shimchalarga tavsif bering. Ularni klassifikatsiyasi.
4. ―Ozuqa qo‗shimchalariga‖ tavsif bering.
5. Ozuqa qo‗shimchalarini klassifikatsiyasi.
6. Ozuqa qo‗shimchalarini raqamli kodlash tizimini keltiring.