2. Sog’ish apparatlari
Sog’ish apparatlari sog’ish qurilmalarining asosini tashkil etadi va quyidagilardan tashkil topgan: sog’ish chelagi, pulьsator, kollektor, sog’ish stakanlari, vakuum va sut shlangalari. Sutni quvurga sog’ishda sog’ish chelagiga hojat qolmaydi.
Sog’ish apparatlari quyidagilarga ko’ra tavsiflanadi:
Sigirlarning elinidan sutni sog’ib olayotgan kuchning turiga qarab; siquvchi, so’ruvchi.
Ta`sir qilish principiga qarab; uch taktli, ikki taktli va doimiy so’ruvchi. Ular juftlab sog’uvchi yoki bir vaqtda ta`sir qiluvchi bo’lishi mumkin.
6.2-rasm. İkki taktli sog’ish apparatining sxemasi:
a)-so’rish takti; b)-siqish takti:
1-doimiy bosim kamerasi; 2,4-o’zgaruvchan vakuum kameralari; 3-doimiy atmosfera bosimi kamerasi; 1,9,10,12-rezina shlanglar; 2-rezina qistirma; 3-chelak; 4-drosselь; 5-membrana; 6-vakuum quvuri; 7-klapan; 8-kanal; 11-stakan korpusi; 13-qaytish klapani; I k-sut kamerasi; II k-kollektor taqsimlagichidagi P-sog’ish stakanining pastki so’rish kamerasi; M-stakanning devorlararo kamerasi
Sutni yig’ish usuliga ko’ra apparatlar sutni ko’tarib yuriladigan yoki osib qo’yiladigan chelakka sog’ishga, ko’chma sig’imga yig’ishga, suv quvuriga yig’ishga va elinning har bir choragi sutini alohida yig’ishga (choraktalab sog’ish usuli) mo’ljallangan bo’lishi mumkin. Bundan tashqari, sog’ish paytida mastitni davolovchi sog’ish apparatlari ham yaratilgan.
Shuni ta`kidlash lozimki, hozirgi vaqtda to’xtovsiz so’rishga asoslangan sog’ish apparatlari ishlab chiqarilmaydi va qo’llanilmaydi.
Dostları ilə paylaş: |