15-mavzu: Hujayraning qayta tiklanishi va umrining davomiyligi


Plazmatik membrananing komplement tuzilishining buzilishi



Yüklə 157,5 Kb.
səhifə2/3
tarix05.05.2023
ölçüsü157,5 Kb.
#107715
1   2   3
15-mavzu; Hujayraning qayta tiklanishi va umrining davomiyligi

Plazmatik membrananing komplement tuzilishining buzilishi.

Plazmatik membranada passiv bo’lgan oqsillar guruhi bo’lib, ular aktivlashishi natijasida membrana fermentativ yemiriladi.


Bu fermentlar sog’lom hujayralarda, tashqaridan kelgan yod moddalarini parchalash vazifasini bajaradi.
Plazmatik membrananing fermentlar ta’sirida lizislanishi.
Kasallangan hujayralarda ortiqcha fermentlarning sintezi natijasida membrana nekrozga uchraydi.
Plazmatik membrana hujayraga kirgan viruslarning ta’siri natijasida lizislanadi.
Kimyoviy va fizik omillar ta’sirida plazmatik membrana turli darajada o’zgarishlarga uchrashi mumkin.
Plazmatik membrana shikastlanishining oqibatlari:
- shikastlanish natijasida strukturaviy butunligining buzilishi. Uncha katta bo’lmagan o’zgarishlar qayta tiklanishi mumkin, biroq plazmatik membrananing yuzasi kamayadi. To’siq vazifalarini to’liq bajaraolmasligi natijasida, hujayra ichiga ortiqcha suv to’planishiga olib keladi.
Plazmatik membrana shikastlanishining quyidagi turlarini kuzatish mumkin.
- membrana o’tkazuvchanligining buzilishi;
- membrana transport funksiyasining buzilishi;
- membrananing harakati va hujayra shaklining o’zgarishlari;
- almashinish va sintez jarayonlarining izdan chiqishi;
Mitoxondriyalarning shikastlanish sabablari:
Mitoxondriyalar shikastlanishining eng asosiy sabablaridan biri, bu ATF sintezining buzilishi bilan bog’liq. Glyukoza miqdorining o’zgarishi energiya ta’minotining buzilishiga olib kelishi mumkin.
Mitoxondriyalar shaklining o’zgarishlari:
- mitoxondriyaning ichiga suv kirishi natijasida shishadi;
- mitoxondriyaning hajmi kattalashib, megamitoxondriyalardan farq qiladi;
- mitoxondriyalarning och qolishi;
- mitoxondriyalarga kislorod yetishmasligi, gipoksiya;
- organizmning zaharlanishi, intoksikatsiyasi.
Agar mitoxondriyalarning shishish holati kichik darajada bo’lsa, suv sekinlik bilan tashqi membranadan o’tib, kristalarda saqlanib va mitoxondriya oldingi holatiga qaytadi. Katta miqdordagi shish bo’lganda mitoxondriya kristalarining tashqi va ichki membranalarining yorilib ketishiga olib kelishi mumkin.
Mitoxondriya kristalari strukturalarining buzilishi ular sonining kamayishi va faoliyatining susayishiga sabab bo’ladi.
Mitoxondriyalar alkogol, serroz, kimyoviy zaharlanish natijalarida uning shakli kattalashishi mumkin. Bu intoksikatsiyalar bartaraf etilganidan keyin, o’z shaklini va faoliyatini tiklaydi.
Endoplazmatik to’rlar ham turli shikastlanish sabablariga ko’ra, vakuolizatsiyaga uchraydi, ya’ni mayda pufakchalarga ajraladi. Membrana yuzasida ribosomalar soni kamayadi. Bu esa o’z navbatida oqsil sintezining pasayishiga olib keladi. Sisternalar yuzasining kengayishi natijasida, sintezlanib tayyor bo’lgan mahsulotlarning Golji apparatiga chiqarilishining buzilishiga olib keladi.
Patologik ta’sirlar natijasida Golji apparatining sisternalari alohida vakuolalarga ajralib qolishi mumkin, bu esa ular tarkibida sekret mahsulotlarining to’planib qolishiga sabab bo’ladi.
Lizosomalarda yuzaga keladigan patologik jarayonlar natijasida, tarkibidagi fermentlarning yetishmasligi yoki membranasi uzilib, fermentlari gialoplazmaga quyilib ketishi natijasida bunday hujayralar avtolizisga uchrashi mumkin.
Ribosomalar patologik jarayonlar natijasida o’z shakllarini o’zgartirib, spiral shaklga kirib qolishi mumkin.
Mikronaychalardagi dupletlar orasidagi aloqaning uzilishi natijasida sitoskelet yoki kipriklar va xivchinlarning harakati susayadi. Masalan, chekuvchi odamlarda, bronxlar shilliq qavatidagi kipriklarning harakatlanishi pasayganligi kuzatilgan.
Hujayra faoliyatidagi patologik jarayonlar, ularning mitotik faoliyatiga ham salbiy ta’sir etishi mumkin, bunday holatda mitozning fazalarida yoki interfaza bosqichlari sekinlashib yoki to’xtab qolishi mumkin.
Hujayra komponentlarida ro’y beradigan salbiy oqibatlar, hujayraning barcha strukturalari bilan bog’liq holda amalga oshadi.
Bu esa hujayra sitoplazmasida turli salbiy reaksiyalarga qaratilgan, yagona maxsus molekulyar mexanizm mavjudligidan dalolat beradi. Bu mexanizm paranekroz deb ataladi. Bunday paranekroz reaksiyasiga, oqsillarda ro’y beradigan denaturatsiya jarayoni misol bo’ladi. Natijada ularning ikkilamchi va uchlamchi strukturalari o’zgarib, oqsilning fizik va kimyoviy o’zgarishga olib keladi.
Hujayradagi patologik jarayonlarning salbiy omillari olib tashlanganda, patologik jarayon to’xtab, hujayra o’zini qayta tiklab oladi. Masalan, mitoxondriyalarning shishishi yoki endoplazmatik to’rning fragmentasiyasi hujayraning qayta tiklanadigan jarayonlardir.
Hujayra reproduksiyasi bilan bog’liq, salbiy oqibatlar to’liq yoki qisman bo’lishi mumkin.
Qisman reproduksiyada hujayra qayta tiklanadi, biroq biroz vaqt o’tishi bilan nobud bo’lishi mumkin. Albatta, bu holat yadroning faoliyati bilan bogliq. Masalan, infuzoriyalarni ultrabinafsha nurlar bilan nurlantirilganda biroz vaqtdan so’ng, o’zini tiklab, harakati tiklangan, lekin yadro strukturasi shikastlanganda ular baribir nobud bo’lgan.
Qaytmas jarayonlar natijasida hujayra o’ladi. Hujayra ichidagi gidrolitik fermentlar aktivlashib, gialoplazmadagi oqsillarni, lipidlarni emiradi, buning natijasida sitoplazmadagi membrana strukruralari yemiriladi. Jumladan, lizosoma membranalari ham yemirilib, hujayrani avtolizisga olib keladi, hujayra erib nobud bo’ladi.
Hujayradagi patologik jarayonlar ta’siri natijasida boshqaruv jarayonlari ham buzilishi mumkin. Ayniqsa, almashinuv jarayonlarining buzilishi va turli moddalarning to’planishiga sabab bo’ladi. Masalan, distrofiyalar, jumladan, yog’ distrofiyasida yog’ kiritmalar, tomchilar shaklida to’planib qoladi. Bunday hujayralar yog’larni eritib utilizatsiya qilaolmaydi. Natijada sitoplazmada yog’ to’planib qoladi. Shuningdek, hujayralarda pigmentlar yoki glikogenning ko’p miqdorda to’planishi.
Hujayralarda boshqaruv jarayonlarining, potologiyasida differensiatsiya jarayoning buzilishi ham kuzatiladi. Masalan, shish hujayralarining hosil bo’lishi. Shish hujayralari doim to’xtamasdan bo’linadi, boshqaruvdan chiqib ketib, hujayra differensirovkani ta’minlamay qo’yadi.
Hozirgi paytda odam o’limiga olib keladigan asosiy kasalliklar qatoriga yurak-qon tomir kasalliklari va saraton (rak) kasalliklari kiritilgan.
Rak kasalliklariga olib keladigan omillar;
- tashqi ekologik muhutning ifloslanishi;
-radiatsiya miqdorining oshishi; tarkibida konserogen (rak yaratuvchi) moddalari bo’lgan oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilish;
- gipodinamika, kam harakat qilish;
- surunkali asabiylashish va hakazolar.
Normal hujayralar shish hujayralarga aylanishining ikki bosqichi tafovut qilinadi.
Birinchi bosqichda hujayralar onkogen ta’sirida to’xtovsiz bo’linadi. Bunda organizmga organizmga zarar yetkazmasligi mumkin. Ikkinchi bosqichda rak hujayralarning morfologik va strukturaviy shakli o’zgaradi. Bu hujayralarda yadro ancha kattalashib ketadi. Hujayra differensirovkasi izdan chiqib, faqat bo’linib, rak o’smalarini hosil qiladi.
Hujayraning patologik jarayonlariga, DNK reproduksiyasi jarayonida DNK yoki gen mutatsiyalari ham katta sabab bo’ladi. DNK sintez jarayonida DNK segregatsiyasi o’z o’zini tiklab borishini ta’minlaydi. Biroq, turli stress ta’sirlar va boshqa omillar natijasida DNK ning uzulgan iplarni bog’lay olmasligi ham mumkin. Ular tiklanmasdan, hujayralarda mutant onkogenlar paydo bo’ladi.

Yüklə 157,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin