rag‘batlantirish xaridorlar e’tiborini ikkilamchi omillarga qaratadi. Ularni suvenirlar yoki
lotereya jalb etishi mumkin, mahsulot sifati emas.
4.Shaxsiy sotuvlar: sotuv maqsadida xaridor bilan suhbatda tovarni og‘zaki taqdim
etish. Xarid jarayonining ma’lum bir bosqichlarida, ayniqsa, afzal ko‘rish, ishontirish va
xarid bosqichlarida shaxsiy sotuvlar eng samarali vositaga aylanadi. Shaxsiy sotuv
texnikasi reklama bilan taqqoslaganda bir nechta noyob xususiyatlarga ega:
• u ikki yoki undan ortiq kishilarning bu paytda qatnashchilar bir-birining
xarakteriga va ehtiyojlariga moslashadigan shaxsiy aloqasini o‘z ichiga oladi.
• shaxsiy sotuv shuningdek, xilma-xil – rasmiy «sotuvchi-xaridor»dan tortib
do‘stona munosabatlargacha bo‘lgan munosabatlar vujudga kelishiga xizmat qiladi.
Professional sotuvchi uchun xaridorning manfaatlari – uzoq muddatli professional
muloqotlar kelib chiqadigan shaxsiy ishtirok predmetidir.
• shaxsiy sotuv xaridorni biron-bir tarzda, hech bo‘lmasa, xushmuomala rad
javobini berib, murojaatga javob qaytarishga majbur qiladi.
Ilgari surish samaradorligini oshirish maqsadida korxonalar doimiy ravishda yangi
kommunikativ vositalar izlaydi, bir vositani boshqasi bilane almashtirish yo‘li bilan
marketing
kommunikasiyalari
kompleksi
samaradorligini
oshiradi.
Marketing
kommunikasiyalaridan eng katta samaraga erishish uchun ularni nafaqat o‘zaro, balki
butun marketing kompleksi bilan ham muvofiqlashtirish zarur.
Mulohaza. Marketing kommunikasiyalari turlarini (ilgari surish turlarini), ya’ni
xaridorlar va boshqa odamlar bilan aloqa shakllarini, korxona o‘tkazadigan yoki ishtirok
etadigan muayyan tadbirlar va aksiyalarni farqlay olish lozim. Bitta tadbir birdaniga bir
nechta kommunikasiya turlarini qamrab olishi mumkin. Masalan, savdo-sanoat
ko‘rgazmasida ishtirok etish to‘rtala kommunikasiya vositalaridan foydalanishni o‘z ichiga
oladi:
— reklama: firmaning ko‘rgazma sektorida plakat o‘rnatilishi, ekranda reklama
roliklari namoyish etilishi yoki yangrashi, reklama bukletlari tarqatilishi mumkin;
— jamoatchilik bilan aloqalar: ko‘rgazmani jamiyat hayotidagi hodisa sifatida
ko‘rib chiqish mumkin, bundan tashqari, OAV yangiliklarda ko‘rgazma va uning
qatnashchilari haqida axborot beradi (bepul);
— sotuvni rag‘batlantirish: ko‘rgazmada xaridorlarni firma mahsulotlari bilan
tanishtirishning turli usullari – mahsulotni degustasiya qilish, bepul namunalar tarqatish,
tovarni ishda ko‘rsatish, kompyuter yoki musiqiy asboblardan iste’molchilar sinov
tariqasida foydalanishi;
— shaxsiy sotuv: firma vakillari ko‘rgazmaga tashrif buyurganlar bilan og‘zaki
suhbatlashadi.
Shunday qilib, ko‘rgazma bu – marketing kommunikasiyalarining alohida bir
beshinchi turi emas, balki marketing kommunikasiyalari to‘rtala turini qamrab oladigan
tadbir.
Korxonalar kommunikasiya turlarini tanlashiga nafaqat ko‘rib chiqilgan turlar
tavsifnomalari, balki ham ichki xarakterdagi, ham bozor bilan bog‘liq boshqa ko‘plab
omillar ta’sir ko‘rsatadi. Bu ham qo‘yilgan maqsadlar, ham mavjud pul mablag‘lari, ham
korxonada yuzaga kelgan an’analar, ham firmaning bozor muhitidagi mavqei va boshqa
ko‘plab narsalardir.
Dostları ilə paylaş: