Davlat ta’lim muassasalari bilan bir vaqtda nodavlat ta’lim muassasalarining faoliyat ko’rsatishi ham ta’limni boshqarishning jamoatchilik xarakterini ifodalaydi
Davlat ta’lim muassasalari bilan bir vaqtda nodavlat ta’lim muassasalarining faoliyat ko’rsatishi ham ta’limni boshqarishning jamoatchilik xarakterini ifodalaydi.
4.Pedagogik Kengash ta’lim muassasasining boshqaruv organi sifatida. Pedagogik Kengash - ta’lim muasasasasining boshqaruv organi. Ta’lim muassasalarida o‘quv-tarbiya jarayonini rivojlantirish, takomillashtirish, muassasa faoliyati bilan bog‘liq barcha tashkiliy masalalarni muvofiqlashtirish, o‘qituvchi va tarbiyachilarning kasbiy mahorati va ijodkorliklarini o‘stirish maqsadida pedagogik xodimlarni birlashtiruvchi pedagogik Kengash faoliyat ko‘rsatadi. 4.Ta’lim muassasasi Metodik Kengashi va uning vazifalari. Ta’lim jarayonining sifati har jihatdan o‘qituvchilarning g‘oyaviy- nazariy jihatdan tayyorgarligi, pedagogik va metodik mahorati darajasiga bog‘liqdir. Ana shu maqsadda ta’lim muassasasida metodik Kengash va fan metodik birlashmalari ish olib boradi. Metodik Kengash ta’lim muassasasida ta’lim jarayonining sifatini ta’minlash, o‘qituvchilarning g‘oyaviy-nazariy jihatdan tayyorgarligi hamda pedagogik va metodik mahoratlarini takomillashtirilib borishiga nazariy-metodik jihatdan rahbarlik qiluvchi organdir.
6.Metodika birlashmalari va ularning faoliyatini tashkil etish yo‘llari. Ta’lim muassasasida fanlar yoki bir-biriga yaqin bo‘lgan fanlar turkumlari bo‘yicha Metodika birlashmalari faoliyat ko‘rsatadi. Metodika birlashmalarining maqsadi o‘qituvchilarning metodik va kasbiy mahoratlarini takomillashtirish, o‘quvchilarga ta’lim-tarbiya berishga qo‘yilgan hozirgi zamon talablarining bajarilishini ta’minlash borasida o‘zaro yordamni tashkil etish, ijodiy tashabbuslarni uyg‘unlashtirish va ta’lim-tarbiya berishning zamonaviy usullarini ishlab chiqishdan iborat.
6. Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish. Yosh o‘qituvchilar bilan ishlash. Fan-texnika taraqqiy etib, ijtimoiy munosabatlar mazmuni axborotlarga tobora boyib borayotgan, fan olamidagi yangiliklar, psixologiya-pedagogika fani rivoj topayotgan bir davrda o‘qituvchilarning o‘z ustida mustaqil ravishda ishlashlari, malakalarini oshirib borishlari, mustaqil izlanish ko‘nikmasiga ega bo‘lish va ijodkor bo‘lishlarini talab qiladi.
Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishdan maqsad o‘qituvchilarning ijodiy imkoniyatlarini rivojlantirish, ularning kasbiy bilimlarini takomillashtirish, natijada esa o‘quvchilarga ta’lim-tarbiya berish sifatini keskin oshirishdan iboratdir.