1.2.1-jadval
Rivojlangan mamlakatlarning 2006 yilda iqtisodiyotida Biznes va
xususiy korxonalarning hissasi
Mamlakatlar
Kichik va o’rta korxonalar
soni
Kichik va o’rta korxonalar xis-
sasi
(% hisob ida)
Miqdor
hisob ida
(ming)
1000 aholi
soniga
nisbatan
Mehnat bilan
band
bo’lganlar-
ning umumiy
sonida
Yalpi ichki
maxsulotda
Buyuk britaniya
2930
46
49
50-53
Fransiya
1960
35
54
55-62
Italiya
3920
68
73
57-60
Yaponiya
6450
49,6
78
52-55
Kishlok xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlovchi korxonalar ishlab
chiqarish hajmi hamda texnologik jihatdan yirik bo’lganligi sababli hissador-
lik jamiyalartiga aylantirildi. Mazkur sohada faqat meva-sabzovot
mahsulotlarini qayta ishlovchi kichik tadbirkorlik subyektlari shakllandi
Tadbirkorlik
shakllari
Tadbirkorlik so-
halari
Tadbirkorlik
subyektlari
Mulkchilik
shakllari
Xussiy-yakka
Qishloq
xo’jalik
maxsulotlari ishlab
chiqarish:
• fermer
• dexqon xo’jaliklari.
Xususiy mulk
Xizmat ko’rsatish:
• madaniy-maishiy
xizmat
ko’rsatish
kichik korxonalari;
Xususiy mulk
• savdokorxonalari;
• pullik
xizmat
ko’rsatish
shox-
obchalari.
Qayta ishlash:
•
meva-sabzavotlar-ni
qayta ishlovchi kichik
korxonalar;
•
yakka tartibda donni
qayta ishlovchi kichik
korxonalar.
Xususiy mulk
Xususiy
Qishloq
xo’jalik
mahsulotlari ishlab
•
jamoa(shirkat)
xo’jaliklari;
Jamoa mulki
korporativ
Xizmat ko’rsatish:
• Mashina
traktor
parklari(MTЩ
Mukobil
mashina
traktor
parkla-
ri(MMGP);
• uruglik
bilan
ta’minlovchi korxon-
alar;
• O’g’it
bilan
ta’minlovchi korxon-
alar;
• suvdan
foyda-
lanuvchilar
uyush-
masi;
• yoqilgi moylash ma-
teriallari
bilan
ta’minlash korxonala-
ri.
Jamoa mulki
Qayta ishlash:
• donni kayta ish-
lovchi korxonalar:
• paxta tozalash za-
vodlari;
•
qishloq xo’jaligi
mahsulotlarini sanoat
asosida
qayta ish-
lovchi
kichik,korxonalar;
Jamoa mulki
1.2.3 - rasm. Agrosanoat majmuida faoliyat ko’rsatayotgan tadbirkorlik
subyektlarining mulkchilik shakllari tizimi.
Argrosanaot majmui sohalaridagi turli mulkchilikka asoslangan tad-
birkorlik subyektlarining bir-biriga bog’liq holdagi faoliyati agrar munosaba-
tlarni vujudga keltiradi.
Agrar munosabatlar bu - qishloq xo’jaligi maxsulotlarini ishlab
chiqarish, qayta ishlash, sotish va qishloq xo’jaligi vositalarini ishlab
chiqarish bilan beg’liq bo’lgan turli-tuman subyektlar o’rtasidagi munosaba-
tlardir. Agrar sohadagi barcha iqtisodiy subyektlarning faoliyati agrotad-
birkorlikning shakllanishiga olib keladi, zero agrotadbirkorlik boshqa tar-
moqlardagi tadbirkorlik harakatidan farq qiladi.
Rivojlangan davlatlarda Biznesni xar tomonlama qo’llab- quvvatlash
siyosati izchil ravishda o’tkaziladi. Buning sababi, Biznesning rivojlanishida
ikki jihatining mavjudligidir. Birinchidan, Biznesning bozor iqtisodiyotida
bajaradigan iqtisodiy va ijtimoiy vazifalari bilan bog’liq bo’lib, bu vazifalar
uning ahamiyatini aks ettiradi. Ikkinchi ji- hati esa, Biznes subyeklariga xos
bo’lgan kamchiliklar va muaiyan davlatda shu kamchilliklar tufayli uni rivoj-
lanishi sust borayotganligi bilan bog’liq.
O’zbekistonda Biznesni rivojlantirish muhim ijtimoiy- iqtisodiy
ahamiyatga ega. Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek: "Biznes
– jamiyatda ham, iqtisodiyotda ham siyosiy vaziyatni mutadil-lashtirishga
yordam beradigan o’rta tadbirkorlar sinfining paydo bo’lishi demakdir. Bu -
respublika bozorini zarur iste’mol tovarlari va xizmatlari bilan boyitishdir.
Bu yangi ish o’rinlaridir” .
PrezidentI.A. Karimov "dunyodagi ko’pgina taraqqiy topgan, bugungi
kunda barkaror va badavlat yashab kelayotgan davlatlar tajribasi shundan
dalolat beradiki, avvaolo o’zining xususiy mulkiga ega bo’lgan shaxs va
bunday shaxslardan iborat bo’lgan toifa, bu boylikni yanada ko’paytirishga,
o’zini va oilasini boqishga, shu bilan birga, davlat va jamiyat zimmasida
bo’lgan ko’pgina vazifalarni amalga oshirishda o’z xissasini ko’shadi. Va eng
muhimi, o’z yurtida tinchlik va osoyishtalikni saqlash va himoyalashda
astoydil jon kuydiradilar."
Biznesning iqtisodiyotdagi ahamiyatini u bajaradigan iqtisodiy va
ijtimoiy vazifalar tulicha ko’rsatib beradi. Ushbu vazifa-larni ikki guruhga
ajratish mumkin. Birinchi gurux-individual vazifalar bo’lib, ular tadbirkorlik
subyektining ochiqdan-ochiq, e’lon qilingan maqsadlari va vazifalarini aks
ettiradigan vazifalardir. Ikkinchi gurux, - latent (yashirin) vazifalardir. Ular
vaqt o’tishi bilan o’zini namoyon etib, faoliyat qatnashchilarining e’lon qilin-
gan maseadlaridan ozmi-ko’pmi farq qiladilar.
A.Smitning ta’kidlashi bo’yicha: "Biz ovqatlanayotgan paytda
qassob, oshpaz yoki nonvoyning saxiyligiga ishonmaymiz, biz ular xususiy
manfaat-larini amalga oshirishga harakat qilishlariga ishonamiz, ular o’z
manfaatlarini orqasidan quvib va "ko’rinmas qo’l" nazorati ostida o’zlarning
xayollariga kelmagan natijalarga erishadilar" .
Bu shuni anglatadiki, tadbirkor nafaqat boyishga qaratilgan individual
vazifalarni, balki yashirin tabiatga ega bo’lgan, ijtimoiy xarakterdagi
funksiyalarni ham bajaradi.
Biznes ishsizlik muammosini hal qilishda juda muhim rol uynaydi.
Masalan AKSh da o’tgan asrning 80- yillarda yangi ish joy- larining 80
foizi kichik firmalar tomonidan yaratilgan. 100 mln.dan ko’proq;
amerikaliklar Biznes orkali yashash uchun mablag’ top- ganlar. Davlat
esa ulardan soliq, undirish orqali byudjetni to’ldirgan.
Etakchi olimlar va xalqaro forum va tashkilotlar ekspertlari, o’sayotgan
ishsizlikni bartaraf etishning yagona usuli-yangi korxonalar va ish joy-
larini barpo etish degan xulosaga kelishgan. Shuni alohida ta’kidlab o’tish
kerakki, Biznes aholining ijtimoiy zaif qatlamlarining (ayollar, in- validpar,
qochoqlar va boshqalar) mexnatidan foydalanadi, ular yirik korxon- alarda
ish topa olmaydilar. Bundan tashqari kichik firmalar amaliy o’qitish, yosh
kadrlarni tayyorlashning o’ziga xos "poligoni" hisoblanadi.
Prezident I.A, Karimov "bir so’z bilan aytganda - Biznes va xususiy
tadbirkorlik bugungi kunda aholi bandligini taminlaydigan va un- ing asosiy
daromad manbai bo’lgan muhim bo’g’inga aylanmoqda",deb ta’kidlaydi.
Respublikamiz qishloq xo’jaligida Biznesni rivojlantirish bo- rasida
ulkan imkoniyatlar mavjud: mevaning atigi 15 foizi, sabzovotning 10 foizi,
poliz maxsulotlarining 5 foizi, uzumning 23 foizi, terining 26 foizi, junning
25 foizi, sutning 5 foizi qishloqlarda qayta ishlanmoqda .
Biznes moddiy resurslardan foydalanishni ham ta’minlaydi, ya’ni xom
ashyoning mahalliy manbalari va yirik ishlab chiqarish chiqindilaridan keng
foydalanadi.
AKSh Milliy Ilmiy Fondining ma’lumotlari bo’yicha ITTKIga sar-
flangan har bir dollarga 100 kishigagacha ega bo’lgan firmalar 100-1000 ki-
shigagacha xodimlarga ega bo’lgan firmalarga nisbatan to’rt marta, 1000 ki-
shidan ko’prok; ishchiga ega bo’lgan firmalarga nisbatan esa 24 marta ko’p
ixtiro qiladilar .
Ularda yangiliklarni ishlab chiqarishga joriy qilish sur’ati yirik firmalarga
nisbatan 30 foizga yuqori va o’zining ixtirosi bilan kichik firmalarga jahon
bozoriga chiqish uchun 2,2 yil kerak bo’lsa, yirik kompaniyalarga 3,05 yil
kerak bo’ladi.
Biznesning keyingi vazifasi, kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni
yuqori mobilligini va bozor iqtisodiyotini (egiluvchanligini ta’minlash
funksiyasi. Iqtisodiyotning Globallashuvi jarayonida jahon bozor- ida raqobat
yanada kuchayadi. 'Bunday sharoitda aynan kichik va o’rta biznes yirik ishlab
chiqaruvchilarga nisbatan kapital mablag’ sarfini kam talab qi- lishi,
ixchamligi, zarur tamoyilga tez moslasha olishi tufayli o’zi ishlab
chiqarayotgan mahsulotlar turlarini tez o’zgartira olish, ishlab chiqarish
quvvatlarini jadal modernizasiya qilish imkoniyatiga ega. Shu tariqa Biznes
bozor kon’yunkturasining o’zgaruvchan talablariga hamda vaqti-vaqti bilan
sodir bo’ladigan iqtisodiy inqirozlarga tezroq moslasha oladi.
Hozirgi zamon bozor iqtisodiyoti sharoitida Biznesni asosiy afzalligi -
bu paydo bo’ladigan extiyojni "ushlab olish" va mavjud bo’lgan resurslar va
imkoniyatlarni jamlab, bu o’zgarishlarga javob berish qobiliya- tidir. Bunday
qobiliyat Biznes xususiyatlaridan kelib chiqadi: ko’p sonli personal va
boshqarish uchun murakkab bilimni talab qilinmaydi; aksionerlar oldida
moliyaviy majburiyatlarning yo’qligi; o’zining bozor strategiyasini qayta
qurish yengilligi va o’z mahsulotining narxini boshqarish mumkinligi. Undan
tashqari kichik ishlab chiqarish iqtisodiy tejamlirokdir.
Biznesning yettinchi vazifasi tadbirkorlik muhitini va kayfi- yatini
shakllantirish vazifasidir. Yirik biznesga qaraganda Biznes subyekti sifatida
faoliyatni bohlash aholi uchun engilroq hisoblanadi, chunki u katta xajmdagi
kapitalni talab qilmaydi. Biznesni yirik biznes bilan solishtirganda kapital
qurilish muddati kamrok, Biznes subyektining faoliyat boshlashi uchun katta
xajmdagi boshlang’ich kapital talab qilin- maydi. Mablag’larning aylanishi
Biznesda 2-2,5 barobar tezroq, bu yuqori foyda normasini ta’minlashga
yordam beradi. Kichik korxonalar o’z kapitalini, jixozlarini va ishlab
chiqarish maydonchalarini samarali ishlata- dilar va katta hajmdagi
zaxiralarni to’plamaydilar.
Prezidentimiz I.A.Karimov "men o’rta sinf haqida gapirganda ayrim
ko’shni davlatlardagi kabi turli g’irrom va nopok yo’llar bilan behisob mol-
dunyo orttirgan o’ta boylarni emas, balki o’zining xalol mexnati, aql za-
kovati, kuch-g’ayrati bilan daromad topayotgan million-million tadbirkor va
ishbilarmonlarni tasavvur qilaman" , - deb ta’kidlagan, Darhaqiqat tadbirkor
va ishbilarmonlar mamlkatimizda shakllanayotgan o’rta mulkdorlar sinfin-
ining muhim qatlamini tashkil etadi.
Biznesning sakkizinchi funksiyasi bu jamiyatda siyosiy va ijtimoiy
barkarorlikni ta’minlash vazifasidir. Bunga davlatda siyosiy va ijtimoiy
barqarorlikni ta’minlash, yangi ish joylarini yaratish va mulkdorlar katlamini
kengaytirish orqali erishiladi.
Biznesning to’qqizinchi vazifasi maxalliy byudjetlarning daromad
qismini to’ldirish vazifasidir. Chunki ko’pgina rivojlangan davlatlarda
soliqqa tortish munisipal darajada amalga oshiriladi. Rivojlangan davlatlarda
Biznesni soliqqa tortishdan tushgan daromad davlat byudjeta daromad
qismining asosiy manbalardan biri hisoblanadi, ammo o’tish sharoitida, hali
bozor munosabatlari to’ligicha shakllanmagan davrda, Biznes sektorida
soliqqa tortishning to’g’ri me’yorlarini belgilash alox-
ida ahamiyatga ega. Chunki noto’g’ri siyosat yuritish salbiy
holatlarga olib kelishi mumkin.
Yuqorida aytilgan fikrlarni umumlashtirgan holda quyidagi,
xulosaga kelish mumkin. O’zbekistonda Biznes nafaqat yalpi milliy
mahsulotni shakllantirishda, iqtisodiyotimizning ishonch poydevori
va tez sur’atlar bilan o’sishini ta’minlashda mustahkam omil, balki
shu bilan birgalikda aholi bandligi va daromadi manbaining,
farovonlikka erishishning muhim omili ham bo’lishi darkor. Biznes
muhim vazifalarni bajaradigan, obyektiv jihatdan zurur bo’lgan
milliy iqtisodiyotning o’ziga xos sohasi bo’lib qoladi.
Dostları ilə paylaş: |