Sonlarning qiymatli raqamlari. Berilgan sonning qiymatli raqamlari - bu nolga teng bo‘lmagan birinchi chapdagi raqamlardan hammasi to o‘ngda yozilgan raqamlarning oxirigacha. Bunda, 10n ko‘paytmadan keyingi nollar hisobga olinmaydi.
Misollar: 1. 12,0 soni uchta qiymatli raqamga ega;
2. 30 soni ikkita qiymatli raqamga ega;
3. 120 103 soni uchta qiymatli raqamga ega;
4. 0,514 10 soni uchta qiymatli raqamga ega;
5. 0,0056 soni ikkita qiymatli raqamga ega.
YAxlitlash qoidasi. YAxlitlash shundan iboratki, unda o‘ng tarafdan boshlab qiymatli raqamdan to aniq raqam razryadigacha tashlab yuboriladi.
Misol: 132,48 soni o‘ngdan to‘rtinchi raqam yaxlitlanadi va u 132,5 bo‘ladi. Agar tashlab yuboriladigan birinchi raqam (chapdan o‘ngga qarab hisoblaganda) 5 ga teng yoki katta bo‘lsa, unda oxirgi saqlanadigan raqam bittaga ko‘paytiriladi.
Misollar: 1. 0,145 soni ikki qiymatli raqamgacha yaxlitlanadi va 0,15 bo‘ladi;
2. 0,156 soni esa 0,16 ga yaxlitlanadi.
Sonlarni qiymatli raqamning istalgan sonigacha bosqichli emas, balki bir yo‘la yaxlitlash kerak.
Misol: 565,46 soni uchta qiymatli raqamgacha bevosita 565 ga yaxlitlanadi. Bosqich bo‘yicha yaxlitlanganda I-bosqichda - 565,5 ga, II-bosqichda esa 566 (xato bilan) ga yaxlitlanishi mumkin edi.
Butun sonlar ham kasr sonlar kabi yuqoridagi qoida bo‘yicha yaxlitlanadi.
Misol. 12456 sonini ikki qiymatli raqamgacha yaxlitlanishi 12103 ni, to‘rtta qiymatli raqamgacha yaxlitlanishi esa 124510 ni beradi.
O‘lchash natijalarini yaxlitlash.O‘lchash natijalari shunday yaxlitlanishi kerakki, o‘lchash natijalarining sonli qiymati, xatolik qiymati kabi o‘nlik razryadidagi raqami bilan tamomlansin.
Misol: 0,000004 xatolikda olingan o‘lchash natijasi 23,45613234 23,456132 gacha yaxlitlanadi.
O‘lchash xatoligini yaxlitlash. Odatda o‘lchash natijasi ikkita, juda kam hollarda uchtagacha qiymatli raqamgacha yaxlitlanadi.