Agarchi topmasam bir yaxshi dilbar, yomondur gar sitamkor axtaraylik (Furqat). Hozirgi zmon o‘zbek tilida buyruq-istak fe’llining I shaxs ko‘pligi faqat -aylik formasida qo‘llaniladi.69
XIX asr o‘zbek tilida shart feli faqat -sa, -sa affiksi bilan yasalib, hozirgi o‘zbek tilidan keskin farqlanuvchi xususiyatlar yo‘q. Shrat mayli fe’llari turli manolarni ifodalagan:
1. Irreal shart ma’nosi, -sa erdi.
2.Shart ma’nosi. Bosh omon bo‘lsa do‘ppi topilur.
3.Istak va iltimos manosi. Bizga ijozat bersangiz.
4.To‘siqsizlik manosi agarchi, har necha, harchand kabi to‘siqsizlik bog‘lovchilari va ham yuiklamasi bilan qo‘llangan.
5.Payt ma’nosi ko‘pincha vaqteki, qachonki vaersa so‘zlaq]ri orqali qo‘llangan.
6.Erkan so‘zi bilan kelib gumon, noaniqlik manosini bildiradi.
7.Lozim, kerak so‘zlari bilan qo‘llangan zaruriyat, lozimlikma’nolarini anglatadi.
Aniqlik mayli ish-harakat va holatning uch zamondan birida real sodir bo‘lishini ko‘rsatadi. XIX asr o‘tgan, hozirgi, kelasi zamon formalari xilma-xil bo‘lib, ularning ayrimlari istemoldan chiqib, ayrimlarining esa qo‘llanilish doirasi keskin ravishda toraygan. XIX asr o‘zbek tilida fellar huddi hozirgi zamon o‘zbek tilidagi kabi affiksasiya va kompozisiya usuli bilan yasalib, qo‘shma fellar ot + fel va fe’l + fe’l vositasida yasalgan.
XIX asr o‘zbek tilida edi va erdi kabi to‘liqsiz fe’llar mavjud bo‘lib, ulardan erdi shakli ancha faol bo‘lgan. Ular to‘liq, qisqa va aloxida tuslanish xususiyatiga ega bo‘lgan. Ayrim fe’llar faqat to‘liq formada tuslanib, ayrim fe’llar esa har ikkala variantda tuslangtan. Fe’lning inkor ma’nosi leksik, morfologik va sintaktik usul bilan ifodalanib ular faqat fe’lgagina xos bo‘lmay, boshqa so‘z turkumlariga ham taalluqli bo‘lgan. Bulardan tashqari ne/na yordamchi va nisbiy olmoshlar bilan ham qo‘llanilgan.
XIX asr o‘zbek tilida harakat nomi, sifatdosh, ravishdoshlar turli vositalar orqali qo‘llanilgan. XIX asr o‘zbek tilida oldingi davrlarga nisbatan ravishlar ancha ko‘pva aktiv qo‘llanilgan. Ular kelib chiqishi jihatidan ikki turga bo‘linadi;
1. Asliy o‘zbekcha ravishlar; ko‘p, oz, otru, asru, okush, artыda,qalыn, ichkari,tashqarы, yuqarы, ilgari, burun, keyin, yыraq, yaqыn, allыda, aldыda kabi.
2. Boshqa tillardan kirib o‘zlashgan ravishlar.
a) arab tilidan kirib o‘zlashgan ravishlar asosan, taxminan, filhal,alhal, abas, muntazir, mutlaqa, minbad, ittifaqa, albatta.
b) fors-tojik tilidan kirib o‘zlashgan ravishlar darxol, pinxona, yakbara, tabara, zinhor, ahista, payvasta, hargiz, nagah, hala, hazir, bistar, andak, g‘ayat, baz, hiyla, az tazi dil, mardanavar, sherona kabi.
Morfologik strukturasiga ko‘ra ravishlar soda, qo‘shma, juft xarakterga ega bo‘lgan. Ravishlar oddiy, qiyosiy va orttirma darajalarga ega bo‘lib, semantik nuqtai nazardan holat, miqdor, daraja, o‘rin va payt ravishlaridan iborat bo‘lgan.
XIX asr morfologik strukturasida ravishlar sodda, yasama, qo‘shma va juft shaklda qo‘llangan. XIX asrda bir so‘z turkumidagi so‘zlarning boshqa so‘z turkumiga o‘tishi xos bo‘lib, bu ravish so‘z turkumi uchun ham xosdir. Bunday ko‘chish ravish uchun ham xos bo‘lib (adverbializasiya) ular qatoria yana va birpas so‘zlarini ham keltirish mumkin.
Hozirgi o‘zbek tilida birpas so‘zi ravish vazifasida qo‘llaniladi. Ushbu so‘zning birinchi qismi son bo‘lib, ikkinchi elementi pas hozirda bu so‘z qo‘llanilmaydi. Vaholanki, XIX asrda pas ravishi faol qo‘llanilgan. Shu davrda ravishlarda ham sifatlardagi kabi uch xil oddiy, qiyosiy va orttirma darajalar mavjud bo‘lgan. XIX asrda o‘zbek tilida ravishlar quyidagi semantik turlarga ajratilgan:
1.Holat ravishi: ohista, mardona, piyoda, yayoq, az tahi dil, pinxona, ohista, sekin, zimnan, xob, yashurun, og‘urlukga.
2.O‘xshatish manosidagi holat ravishlari: Bular ko‘proq –ona, -dek, -cha, -vor kabi affiikslar vositasida yasalgan.
3.Ish-harakatning birdaniga, to‘satdan bo‘lganligini anglatuvchi ravishlar: dafatan, birdan (birdan, birdan), nagah, banagah, ittiftraaqa, chust, dast, bot, zud, darhol, filhal, alhal, ildam, tez kabi.
4.Ish-harakatning bajarilish sababini bildiradigan ravishlar: noilaj, lailaj, zaruratdin, zaruratan kabi.
5.Ish-harakatning takroriy bajarilishini anglatuvchi ravishlar: yana, qayta, qaytadin, yanidin, boshqadin, mukarran kabi.
6.Shaxsning psixik holatini ifodalovchi ravishlar: g‘amgin, anduhgin, beihtiyar, bajani dil, shadan kabi.
7.Nutqning qay tarzda ifodalanishini anglatuvchi ravishlar: ozimcha, bilganimcha, oruschasig‘a, abdan kabi.
Miqdor-daraja ravishi:
Miqdor-daraja ravishlari ish-harakatning qanchalik va qay darajada bajarilishini anglatadi. Ular ikki turga bo‘linadi:
a) ish-harakat, ba’zan predmet belgisining ortiqchaligini, kuchli ekanligini ko‘rsatuvchi ravishlar: ko‘p, ziyada, bisyar, artuksi, abadan, asru, g‘ayat, nihayat, nihayasiz, bag‘ayat, benihayat, base, tamoman, tola, hiyla, tabara kabi.
XIX asrda eng, juda kabi daraja ravishlari uncha faol qo‘llanilmagan. O‘z navbatida ayrim juft otlar miqdor-daraja ravishi vazifasida qo‘llanadi alam-alam, guruh-guruh, tob-tob kabi.
b) ish-harakat yoki predmetning miqdorini qiyoslab, chog‘ishtirib ko‘rsatuvchi ravishlar. Bular ot va olmoshlarga –cha affiksining qo‘shilishidan hosil bo‘lgan. Masalan, qiyamatcha, meningcha, ulcha, ancha, shuncha kabi.
O‘rin ravishi mano jihatidan uch guruhga bo‘lingan:.
1. O‘rin-joy manosini bildiruvchi ravishlar; ost, ust, o‘za, tashra, tashqarы, ichkari, qoshыda, allыda, aldida, arqada, atra, arasida, anda, munda, andыn, bunda kabi.
O‘rin-joy manosidagi ravishlarning ba’zilari-cha affiksi yordamida yasalgan: sonыncha, atыncha, yolcha kabi.
2. Masofa ma’nosini anglatuvchi ravishlar; uzoq, yыraq, yaqыn kabi
3. Tomon ma’nosini ifodalovchi ravishlar; oq. chap, sag‘, sol, atrru, keyin, soq, ilgari, yuqarы, uchak, ataq, allыda, aldыnda, arqasыda, ul yan, bu yan, bu yaq, tegra kabi.
Payt ravishi: XIX asrda payt ravishi qo‘llanilioshi jihatidan o‘ta maxsuldor bo‘lgan. Ular mano jihatidan uch turni tashkil etgan;
1.Umumiy payt ma’nosini anglatuvchi ravishlar;
a)avvalgi payt ma’nosini ifodsalovchi avisdhlar: avval, avvalin, burun, sobiqon, ul chog‘ kabi.
b) Hozirgi payt ma’nosini ifodalovchi ravishlar: hala, hanuz, alhal kabi.
Alhal, alvaqt so‘zlari arabcha bo‘lib, hozir, shu paytda manolarini anglatgtan. Hala so‘zi XIX asrda hozir, hozircha, shu choq kabi manolarda qo‘llangan.
Bu so‘z keyinchalik forma va mano jihatdan o‘zgarishi tufayli og‘zaki so‘zlashuv nutqida hali shaklida qo‘llana boshlagan. Hozirgi zamon o‘zbek adabiy tilida bu so‘z faqat hali shaklida qo‘llanib, bir oz avvalroq, hozircha, bir ozdan keyin kabi uch zamonga ham xos bo‘lgan payt manolarini ifodalaydi.
XIX asrda qo‘llanilgan badaz, an, axirul amr, minbad, aknun kabi ravishlar keyinchalik istemoldan chiqib ketgan.
v) doimiy payt manosini ifodalovchi ravishlar: daim, daima, har gah, har chag‘, hamisha kabi.
g) ish-harakat, voqyea-xodisaning bazan ro‘y berishini anglatuvchi ravishlar: bazan, gaha, gah-gah kabi.
d) ish-harakat, voqyea-hodisaning yaqinda, birdaniga yuz berganligini anglatuvchi ravishlar: yana, hamana, filhal, nogoh kabi.
Haftaning kunlarini ifodalovchi avishla: bugun, erta, ertasi, tangla, taqlasы, tuna kun kabi
3.Sutkaning turli vaqtlarini ifodalovchi ravishlar:
a) ertalabki paytni anglatuvchi ravishlar; erta, ertaq, sahar, tan atarda, subh vaqtinda, alsabah kabi.
b) kunduz vaqtini ifodalovchi ravishlar kundsz, chashtgahda, peshinda kabi.
v) kechasi va kechki payt manosini ifodalovchi ravishlar: namoz zigar, asir, nomoz, shom, kech, oqshom, kechqurun, kechalab, shabana kabilar.
XIX asr o‘zbek tilida ravishlarning miqdori va qo‘llanilish darajasi ancha keng bo‘lib, ularning miqdori yuzdan ortiq bo‘lib, yasama ravishlar keng istemolda bo‘lgan
Shu davrda affiksasiya va kompozisiya usuli bilan ravish yasalishi keng tarqalgan. Shu bilan bir qatorda o‘zbek tilida juda ko‘plab o‘zlashma ravishlar ham keng istemolda bo‘lgan. Yuqorida ko‘rsatilganidek, ayrim ravishlar fonetik o‘zgarishlarga uchragan.
Tilshunos olim A.Matg‘oziyev XIX asrda yordamchi so‘z turkumlari to‘g‘risida fikr yuritganda asosan, yordamchi so‘z turkumlari to‘g‘risida olimlarning fikriga tayanib ular to‘g‘risida quyidagi malumotlarni beradi. Biz ushbu berilgan qaydlarni aynan berishni lozim topib, bu to‘g‘ridagi fikrlarimizni kelgusi bobda ko‘rsatib o‘tishni lozim topdik.70
… Ko‘p tilshunoslarning qayd etishicha, yordeamchi so‘zlar tarixan mustaqil so‘zlardan kelib chiqqan. Bu xodisa grammatikalizasiyada birdaniga yuz bermaydi:
a) mustaqil so‘z o‘z leksik manosidan tashqari formal ko‘rsatkich vazifasida ham keladi: mening yonimda…
b) yordamchi so‘z kelib chiqqan mustaqil so‘z (protatip) bilan semantik aloqasini yo‘qotmagan xolda kontekstda o‘zining material (leksik) manosini butunlay yo‘qotadi, Masalan, ko‘ra ko‘makchisi shu formadagi ravishdosh bilan semantik aloqador bo‘lsa ham, konseptda bu mano umuman sezilmaydi;
v) o‘zining leksik manosini yo‘qotgan so‘z bazan fonetik o‘zgarishga ham uchrab, shakl va mano tomondan to‘lasincha yordamchi so‘zga aylanadi. Masalan, ila < bila < birla\\bir+la.71
XIX asr o‘zbek tilida birlan, uchun, kabi, ara, sayin,uza, uzra kabi sof ko‘makchilar hamda bir qancha funksional ko‘makchilar aktiv qo‘llanilgan. Hozirgi zamon o‘zbek tilida uning semantik hamda funksional doirasi yanada kengaygan. Mazkur ko‘makchining qo‘llanilishida hozirgi zamon o‘zbek tilidan farq qiluvchi bazi xususiyatlai seziladi:
XIX asda qo‘llanilgan tegri, atru, tanibig‘a, sayi, uza ko‘makchilari hozirgi o‘zbek tilida qo‘llanilmaydi.
Tilshunos olim A.Matg‘oziyevning tariflashicha XIX asr o‘zbek tilida sof o‘zbekcha hamda arab va fors-tojik tillaridan kirib o‘zlashgan bog‘lovchilarning miqdori ellikdan oshadi.72 Ular asosan teng, ayiruv, ergashtiruvchi bog;lovchilariga ajratilgan
O‘z navbatida egashtiruvchi bog‘lovchilar quyidagi guruhlarga ajratilgan:
Aniqlov-izohlov bog‘lovchilari: kim, ni, ya’ni.
Shart bog‘lovchilari: agar, gar, ar, vagarka, garna, varna, arna, mabada, basharti.
To‘siqsizlik bog‘liovchilari: agarchi, garchi, archi, garchand, harchand, bavujudikim, bavujudi, ulkim.
Sabab bog‘lovchilari; chunki, chun, chu, zeraki, charaki, aniq, uchunki, negaki, shuning uchun.
Maqsad bog‘lovchilari: ta, deb.
Payt bog‘lovchilari: chunki, chun, chu, ta, taki, vaqtiki, hamonaki.
O‘xshatish-qiyoslash bog‘lovchilari: chun, chu, aylakim, boylakim, go‘yo, go‘yoki.
XIX asrda qo‘llanilgan juda ko‘p bog‘lovchilar hozirgi o‘zbek tilida istemoldan chiqib ketgan. XIX asrda qo‘llanilgan yuklamalar ikki guruhga ajratilib, ular so‘z-yuklamalar va affiks yuklamalariga ajratilgan.
So‘z yuklamalarining aksariyati fors va arab tillariga xos bo‘lib, ular bugungi kunda qo‘llanilmaydi. Affiks yuklamalarining deyarli barchasi o‘zbekcha bo‘lib, miqdori unchalik ko‘p emas.
Hozirgi o‘zbek tilida –oq, -yoq, -ku, -u, -yu, -da, -a, -ya kabi bir qancha affikslar keyinchalik paydo bo‘lgan yuklamalardir. Shuningdek, hozir -gi, -gina yuklamalarining qo‘llanilash darajasi olodingiga nisbatan ancha kengaygan. Nutqning emotsional bo‘yoqdorligini taminlovchi eng muhim hisoblangan undovlar XIX asrda asosan quyidagilarbo‘lgan: ey, hoy, hay-hay, hayu-hu, haya, ah, eh, vay-vay kabi. Ular asosan vokativ va emosional undovlardir. XIX asrda imperativ undovlar deyarli uchramaydi. XIX asrda qo‘llanilgan mimemalar hozirgi o‘zbek tilida qo‘llanilayotganlardan deyarli farq qilmaydi. Umuman olganda, o‘zbek tili tarixida XIX asr aloxida bir davr sanaladi. Bu davrda o‘zbek xalqining siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayotida o‘zgarishlar yuz berdi. Bularning hammasi o‘zbek tilining taraqqiy etishiga, shu jumladan grammatik qurilishining takomillashuvida ijobiy tasir ko‘rsatdi. Rus madaniyati, tilining o‘zbek tiliga ta’siri kuchaya bordi.
Tilshunos olim A.Matg‘oziyev XIX asr morfologiyasining o‘zgarib, rivojlanish jarayonlarini quyidagi guruhlarga ajratadi:
a) qo‘llanilish darajasi jihatidan, malum bir davrda aktiv qo‘llanilgan so‘z yoki forma keyinchalik passivlashadi yoki faollashadi.
b) material jihatidan o‘zgarish, ilgari qo‘llanilmagan forma vujudga keladi, istemolda bo‘lgan ayrim affikslar istemoldan chiqib ketadi.
v) formal-struktural jihatdan o‘zgarish, bunda ayrim so‘z, grammatik forma va konstruksiya keyinchalik turli shakliy o‘zgarishga uchraydi. Masalan, XIX asrda chiqish kelishigi qo‘shimchasi din, din shaklida bo‘lsa keyinchalik -dan shaklida qo‘llanila boshlagan.
g) semantik jihatdan o‘zgarish, bunda so‘z ma’nosining kengayishi, torayishi, qayta manolanishi, differensiasiyasida yuz beradi. Masalan, ag‘ыr, ko‘p manosida qo‘llangan bo‘lsa, bu hozir qo‘llanilmaydi.
d) funksional jihatdan o‘zgarish ham o‘ziga xos xususiyatlarga ega, bu yozma manbalarda uchraganligini ko‘rish mumkin, og‘zaki nutqda esa butunlay boshqa vazifada ko‘rish mumkin.73
Tabiyki, har bir til o‘z ichki imkoniyatlari asosida immonental rivojlanishi bilan birga, turli faktlar asosdida, yani boshqa tillarning ta’siri natijasida ham rivojlanib boradi. Yuqorida ta’kidlanganidek XIX asrdan boshlab rus tiliga xos leksik va morfologik elementlar o‘zbek tilida qo‘llanila boshlagan.XIX asrning elliginchi yillaridan boshlab Rossiya Turkistonni zabt etgandan boshlab maxalkliy axolini tutqunklikda tutish uchun uning tilini amaliiy jihatdan bilish ehtiyoji tug‘ildi. Ana shu ehtiyoni qondirish maqsadida bir qator asarlar maydonga keldi. Masalan, M.Nalivkinning xotini M.Nalivkina bilan hamkorlikda “Russko-sortovskiy i sortovsko-russkiy slovar’ obsheu po trebitel’nыx slov s prilojeniyem kratkoy grammatiki narechiyem Namanganskogo uyezda. (Kazan’.1884 ikkinchi nashri. Toshkent 1912) asarini yozib, o‘rislarning o‘zbek tilini va ayni paytda o‘zbeklarning rus tilini o‘rganishi uchun imkoniyat yaratadi. 74 Xulosa qilib aytganda XIX asrning ikkinchi yarmida yaratilgan o‘zbek tilshunosligiga oid tadqiqotlarda morfologiyaga ancha jiddiy e’tibor berganligini yuqorida ko‘rsatilganlar kafolat beradi.
Dostları ilə paylaş: |