15-mavzu. Yong‘in xavfsizligi choralari. Reja: 1. Umumiy tushunchalar. YOng‘in ofati, turlari, uning kelib chiqish sabablari va oldini olish chora-tadbirlari, yonish fazalari va ularning xususiyatlari. 2.Iqtisodiyot ob’ektlari va qurilish materiallarining yong‘inga bardoshlik darajalari. 3.Elektr qurilmalarida sodir bo‘ladigan yong‘inga qarshi qo‘yiladigan talablar. 4.O‘t o‘chirish vositalari, moddalari va ularning xossalari. O‘t o‘chirishda innovatsion texnologiyalarni qo‘llash. 5.Qishloq xo‘jaligida yong‘inlarni o‘chirishning o‘ziga xos xususiyatlari. 6.YOng‘in xavfsizligi talablarini buzganlik uchun javobgarlik.
Mavzuga oid tayanch tushuncha vaiboralar: Statik zaryadlar, qisqa tutashuv, elektr tarmoqlar zo‘riqishi, yonish, chaqnash, alangalanish, portlash, o‘z-o‘zidan alangalanish, yonish sharti, yong‘inga xavflilik darajasi, birlamchi OXP, OU, OVP o‘t o‘chirish vositalari, yong‘indan xabar bergichlar, sprinkler va drencher qurilmalari, davlat yong‘in nazorat organi.
Darsning tarbiyaviy maqsadi: Talabalarda ongli intizom va yaxshi xulq; ta’lim olishga ijobiy yondoshish; ma’naviy, ma’rifiy va estetik qarashlarni mustahkamlash; hayot faoliyati xavfsizligi faniga qiziqish va qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishida yong‘indan muhofazalanishga ongli munosabatda bo‘lish; xalqparvarlik, iymon-e’tiqodlilik, halollik, axloqiy poklik, odillik, do‘stlik, vatanga sadoqat fazilatlari ruhida tarbiyalash.
Darsning ta’limiy maqsadi:Talabalarga qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishida yong‘indan muxofazalanish asoslarini tushuntirishda texnik, tashkiliy tadbirlar xamda vositalar tizimini ishlab chiqish va ushbu ma’lumotlarni talabalar ongiga singdirish. Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: Dars jarayonida talabalarning diqqat, tafakkur, xotira kabi psixologik sifatlari va mustaqil bilim olish qobiliyatlarini shakllantirish, o‘qitish jarayonini fan tarmog‘i erishgan yutuqlar, ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalari asosida tashkil etish.