Balansning aktiv va passiv qismlari bo‘limlarga, bo‘limlari guruhlarga, guruhlari esa moddalarga bo‘linadi. Buxgalteriya balansining moddalari korxonaning ayrim mulk turi, uning tashkil topish manbai va majburiyatlarni tavsiflovchi satr ko‘rsatkichidir. Balansning aktiv va passiv qismlari ikkitadan bo‘limdan iborat.
Moliyaviynatijalarxaqidahisobotqandaytuziladi?
Moliyaviy natijalar – xo’jalik yurituvchi subyektning foyda yoki zarar shaklida ifodalangan faoliyatining pirovard iqtisodiy yakunidir. Aktivlar, xususiy sarmoya va majburiyatlar buxgalteriya balansida xo’jalik yurituvchi subyektning moliyaviy natijalarini aniqlash bilan bevosita bog’liq bo’lgan elementlaridir. Daromadlar va xarajatlar faoliyat natijalari to’g’risidagi hisobotda xo’jalik yurituvchi subyektning ko’rsatkichlarini aniqlash bilan bevosita bog’liq bo’lgan elementlaridir.