16-ma’ruza asinxron mashinaning vektor diagrammalari va almashtirish sxemasi. Asinxron mashinaning energetik diagrammasi. Elektromagnit (aylantiruvchi) momenti va mexanik tavsifi



Yüklə 30,95 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix25.12.2023
ölçüsü30,95 Kb.
#195440
  1   2
16-ma\'ruza (1)



16-MA’RUZA 
Asinxron mashinaning vektor diagrammalari va almashtirish sxemasi. 
Asinxron mashinaning energetik diagrammasi. Elektromagnit (aylantiruvchi) 
momenti va mexanik tavsifi. 
Reja: 
1.
Rotori aylanayotgan asinxron mashinada elektromagnit jarayon.
Asinxron mashinaning vektor diagrammasi. Almashtirish sxemasi. 
2.
Asinxron mashinaning energetik diagrammasi. Elektromagnit moment.
3.
Mexanik tavsif. Asinxron motorning turg‘un ishlash shartlari. 
Asinxron motorlar AO seriyasida ham ishlab chiqariladi. Agar bunday 
motorning korpusi alyuminiy qotishmasidan tayyorlansa, ular AOL seriyada ishlab 
chiqariladi. 
Hozirgi vaqtda asinxron motorlar asosan A2 (A seriyasi o‘rnida) va AO2 yagona 
seriyada ishlab chiqariladi. Bunda 2 raqam faqat yangi seriyani xarakter-laydi.Uch 
fazali asinxron motorlarning yangi seriyasi A va AO seriyalariga nisbatan quyidagi 
afzalliklariga ega: yangi seriyada nominal quvvati 18 xil bo‘lgan asinxron motorlar 
ishlab chiqariladi, motorlar og‘irligi 25% ga kamaytirilgan: FIK va quvvat 
koeffitsienti oshirilgan, motor o‘lchamlari ixchamlashtirilgan: motorlarda maxsus 
elektrotexnik po‘lat sarfi 10% ,mis sarfi 12% kamaytirilgan, motorlarda xozirgi 
zamon o‘ta chidamli izolyasion materiallar va laklar ishlatilib, mustaxkamligi 
oshirilgan . 
Xozirgi asinxron motorlar, asosan, 9 xil o‘lchamda (gabaritda, stator temir 
o‘zagi diametri 9 xil o‘lchmda) ishlab chiqariladi. Bu o‘lchamlar 1 dan 9 gacha 
bo‘lgan raqamlar bilan belgilanadi. Bundan tashqari, xar bir gabaritda stator pulat 
o‘zagining uzunligi ikki xil o‘lchamga (1va 2 raqam) ega bo‘ladi. SHunday qilib, 
asinxron motorning markasi da uning qaysi seriyaga tegishliligi, gabariti, uzunligi 
va qutblar soni ko‘rsatiladi. Masalan, AO2 – 62 – 4 bo‘lsa : 
AO2- yangi seriya ifodasi, 
6 – motor 6 gabaritga tegishli, 


2 – ikkinchi uzunlik o‘lchamli, 
4 - qutblar soni. 
Quyida yangi yagona seriyada ishlab chiqarilgan asinxron motorlarning 
nominal quvvatlari shkalasi keltirilgan: 0,6; 0,8; 1,1; 1,5; 2,2; 3; 4; 5,5; 7,5; 10; 13; 
17; 22; 30; 40; 55; 75; 100 kvt. YAgona seriyada oddiy qisqa tutashgan rotorli 
asinxron motorlardan tashqari, ularning maxsus xillari ham ishlab chiqariladi, 
masalan, AOP –62-4, AOS2-41-2. Bunda P - xarfi yurgizish momenti , S – xarfi 
sirpanishi kattalashtirilganligini bildiradi. 
To‘qimachilik sanoatida ishlatiladigan maxsus asinxron motorlar markasida 
qo‘shimcha T xarfi yoziladi. Masalan: AOT2- 32-4. To‘qimachilik sanoatiga 
tegishli mashinalar uzliksiz bir xil yuk bilan ishlaydi.SHuning uchun AOT2- 
seriyasidagi motorlar, asosan sutka davomida to‘xtamasdan ishlaydigan 
mexanizmlarda ishlatiladi. Bu motorlarning foydali ish koeffitsienti va quvvat 
koeffitsienti yuqoriroq bo‘ladi.Bunday motorlar ventilyator bilan tahminlangan. 
Uzoq vaqt nominal yuk bilan ishlaganda motorning stator cho‘lg‘amining eng 
yuqori temperaturasi davlat standartida belgilangan qiymatdan yuqori bo‘lmasligi 
lozim. 
AOK2-72-6 da K xarfi faza rotorli asinxron motorlarga tegishli. AO2-72-4T da T 
xarfi tropik iqlimda ishlashga moslangan asinxron motorlarga tegishli, AO2-72-4X 
va X xarfi kimyoviy tahsiriga chidamli motorlarga tegishli. VMT xarflar yozilsa, 
namlik va sovuqqa chidamli motorlarga tegishli, M xarfi yozilsa, shovqinsiz 
ishlaydigan motorlarga tegishli bo‘ladi. 
Sanoatning ayrim sohalarida uch fazali katta quvvatli (200-1000 kvt) asinxron 
motorlar ishlatiladi.Bu motorlar, asosan A,AK,A3,AK3,AP seriyalarda ishlab 
chiqariladi. Aylanish tezligi o‘zgarmaydigan mexanizmlarda (masalan, nasoslarda, 
ventilyatorlarda) A, A3 va AP seriyadagi qisqa tutushgan rotorli motorlar, aylanish 
tezligi o‘zgaruvchan mexanizmlarda AK va AK3 seriyadagi faza rotorli motorlar 
ishlatiladi. Bunda A3-kostruksiyasi yopiq va ichida ventilyator o‘rnatilgan motor, 
AP portlash tahsir qilmaydigan motor, AK-faza rotorli motor.(rasm a). 


AK3-ventilyatorli faza rotorli motor ekanligini bildiradi. Bu motorlar 2 
gabaritda (12 va 13) tayyorlanadi. Masalan:A13-59-4 da : A seriyada, 13 gabaritli 
stator temir o‘zagining uzunligi 59 sm, 4 qutbli asinxron motor. Portlash xavfi 
bo‘lgan joylarda MA36 seriyali maxsus motorlar ishlatiladi; nominal quvvati 22-400 
kvt ga teng bo‘ladi. Motor 5 xil gabaritda tayyorlanadi. Bunday motorlar qisqa 
tutashgan rotorli motorlar bo‘lsa korpusida RV, VTG, V2G va V3G belgilari;faza 
rotorli motorlar bo‘lsa RV, V1G belgilari yoziladi.RV belgili motorlar shaxtalarda; 
V1G, V2G va V3G belgili motorlar kimyo, gaz, neftg‘ va metallurgiya sanoatida 
ishlatiladi. Masalan: MA36-42/4 quyidagicha o‘qiladi: M- mashina, A-asinxron, 36-
seriya belgisi, 4- gabarit, 2-stator uzunliging o‘lchami, keyingi 4-qutblar soni; 
MA36-51/6F da F xarfi faza rotorli motor ekanligini bildiradi. Ko‘tarma kranlarda
va metallurgiyada ishlatiladigan bahzi mexanizmlarda (quvvati 3,2 kvt dan 125 kvt 
gacha) MT seriyali asinxron motorlar keng ishlatiladi.(rasm b).Kimyo va ko‘mir 
sanoatida ( quvvati 4kvt dan 100 kvt gacha ) KO seriyali motorlar ishlatiladi(rasm 
v).Bulardan tashqari sanoatda DPT seriyali asinxron motorlar ham ishlatiladi. 
Masalan:DPT-21/2 DPT- seriya belgisi,2- gabarit,1- birinchi uzunlik o‘lchami, kasr 
tagidagi 2- qutblar soni. Qo‘sh katakli asinxron motorlar DAM- seriyada; chuqr 
pazli (qisqa tutashgan rotorli) motorlar esa GAM-seriyada ishlab chiqariladi. 
Nominal quvvati 50 Vtdan 600 Vt gacha bo‘lgan kichik gabaritli uch fazali 
motorlar AOL-seriyada ishlab chiqariladi. Bu motorlar kichik stanoklarda,turli xil 
xo‘jalik mashinalarda va uy -ro‘zg‘or asboblarida ishlatiladi. 

Yüklə 30,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin