16-ma’ruza Mavzu Avtomatlashtirilgan loyihalashning ta`minot tu
ALTda texnikaviy vositalar funktsiyalarini bajarishini boshqaruvchi monitor tizimlari. Monitor tizimlarining asosiy funktsiyalari:
talab qilinadigan va mavjud resurslar masalalari paketini nazorat qiluvchi topshiriqlarni ustuvorligi va navbat nomeri o‘rnatilgan holda ma’lumotlar bazasiga kirish huquqini shakllantirish;
topshiriqlar va masalalarni boshqarish tillarining yo‘riqlariga ishlov berish hamda uzilishlarga boshqarishni ilib olib, uzilish sababini tahlil qilib va uni loyihalovchiga tushunarli terminlarda izohlab reaktsiya (sezib ta’sir) qilish;
nimtizimlar parallel ishlagan sharoitlarda dialogli va interaktiv-grafik hamrohligini tashkil qiluvchi masalalar oqimiga xizmat ko‘rsatish;
avtomatik rejimlarda loyihalash operatsiyalarining bajarilishi sifatini tahlil qilgan, bosqichning yoki marshrutning davom etishi mezonlari tekshirilgan, marshrutning alternativ qaytarilishi variantlarini tanlagan holda loyihalashni boshqarish;
tizimni ekspluatatsiya qilish statistikasini olib borish va optimallashtirish;
topshiriqlar masalalar va nimtizimlar, rejali topshiriqlar va joriy ko‘rsatmalar va so‘rovlar ustuvorligini hisobga olgan holda ALT resurslarini taqsimlash;
resurslar va ma’lumotlarni ruxsat etilmagan kirishdan va nazarda tutilmagan ta’sirlardan himoya qilish.