3. Resurslar tejamkorligi strategiyasi va taktikasi
Ma’lumki, har bir davlat va xo‘jalik yurituvchi sub’ekt uchun resurslar tekin
emas. Ular o‘z maqsadlariga erishishda strategiya va taktikadan foydalanadilar.
Bundan ko‘zlangan maqsad, ishlab chiqarish uchun
sarflanadigan xomashyo
xarajatlarini kamaytirish va shu orqali foydani ko‘paytirishdir. Izlanishlar
qo‘llanilgan strategiya va taktikaning xomashyo xarajatlarini kamaytirishdagi
so‘nggi bosqichi va muqobil yo‘li resurslar tejamkorligi ekanligini ko‘rsatmoqda.
Resurslarni tanlash muqobilligi undan foydalangan sohalarda quyidagi
vazifalarni hal qiladi:
-xarajatlarning kamayishi va ishlab chiqarilgan mahsulot sifatining oshishi;
-alohida tovarlar va mahsulotlar assortimenti bilan bozorga kirib borish va o‘z
o‘rnini egallash;
-mahsulot sifatida aniq ustunlikka erishish;
-iqtisodiyotdagi kabi texnologiyada ham peshqadamlik mavqeining o‘sishiga
intilish;
-dinamikani hisobga olgan holda mavjud resurslardan yaxshiroq foydalanish va
xo‘jalik faoliyatidan foydaolish.
Muqobillik (bir-biriga zid ikki yo‘ldan birini – yo unisini, yo bunisini tanlab
olish zaruriyati)
shuningdek, resurslardan foydalanish strategiyasi va taktikasining
tarkibiy qismi hisoblanib, ishlab chiqarishda iqtisodiy tejamkorlik va samaradorlik
oshishiga olib keladi.
Modomiki, strategiya va taktika har qanday ishda, shuningdek, moddiy,
moliyaviy va boshqa resurslardan foydalanishda birinchi navbatda, xodimlardan
tegishli bilim va ish malakani, resurslardan foylanishda mas’ullikni, bozor
iqtisodiyoti sharoiti shartlarini va fan-texnika
yangiliklaridan voqiflikni, ilmiy
tadqiqot va ularning yechimlarini teran anglashni talab qiladi.
Rejali iqtisodiyot sharoitida resurslar davlatga qarashli bo‘lib, ularni bepul va
qaytarib olmaslik qoidasi asosida hududlarga, tarmoqlarga va korxonalarga
taqsimlanardi. Bozor iqtisodiyoti sharoiti resurslarga va ulardan foydalanishga
bo‘lgan talab kuchayayotganligi bois bunday vositalarni
tejamkorlik bilan
ishlatishni taqozo etmoqda.
Sobiq ittifoqda barcha resurslar davlat tomonidan bepul taqsimlanganligi uchun
resurslar amaliyotda emas, balki hujjatlarda «tejalardi». Endilikda bu masala
oldingidek, “yuqori”ning ko‘rsatmasi bilan emas, har bir xo‘jalik yurituvchi
sub’ektning samaradorlikni oshirishga bo‘lgan qiziqishi asosida hal etilmoqda.
Hozirgi
sharoitda qaysi mahsulotni, qancha va kimga ishlab chiqarishgina
emas, shu bilan birga bu mahsulotni ishlab chiqarishga qancha resurs va mablag‘
talab qilinishi ham ko‘pgina korxonalar uchun asosiy masalaga aylanmoqda. Bu har
bir korxonani bir tomondan, talabni qondirish, ikkinchi tomondan esa,
resurslar
xarajatining kam chiqimli yo‘llarini axtarishga undaydi. Bulardan tashqari, har bir
korxona uchun xarakterli bo‘lgan normalashtirish va resurslarning pulliligi ham
aynan shuni taqazo etadi.
Xom ashyodan ratsional foydalanish sanoat xom ashyo bazasini kengaytirish
va mustahkamlashning muhim manbaidir. Iqtisodiy nuqtai nazardan xom ashyodan
maqsadga muvofiq va ratsional foydalanishda ko‘p jihatdan qayta ishlovchi sanoat
tarmog‘I yoki korxona uchun xom ashyoni to‘g‘ri tanlash katta ahamiyatga ega.
Xom ashyo mahsulot xususiyatini va sifatli texnologik jarayonni tanlashga va
uning progressivlik darajasiga, mashinalardan va vaqtdan foydalanish darajasiga,
ishlab chiqarish tsiklining uzunligi va umuman ishlab chiqarishning barcha texnik-
iqtisodiy ko‘rsatkichlariga ta’sir ko‘rsatadi.
Hozirgi paytda har bir sanoat tarmog‘ida bir necha turdagi xom ashyo
qo‘llaniladi. Ayrim tarmoq uchun qaysi xom ashyoni
tanlash maqsadga muvofiq
ekanligini aniqlash uchun turli xom ashyolarni quyidagi ko‘rsatkichlar bo‘yicha
solishtirmoq zarur: solishtirma kapital xarajatlari; mehnat unumdorligi; mahsulot
tannarxi; mahsulot sifati; mahalliy xom
ashyodan maksimal foydalanish; kamyob
bo‘lmagan xom ashyodan foydalanish; ishlatilmaydigan chiqindilardan foydalanish
mumkinligi; sun’iy materiallardan foydalanish mumkinligi; xom ashyoning
progressiv texnologiya talablariga javob berishi; xom ashyoning bo‘lg‘usi
tayyor
mahsulot sifat ko‘rsatkichlariga javob berishi; ma’lum davrda muayyan tarmoqda
qo‘llashning iqtisodiyot nuqtai nazaridan maqsadga muvofiqligi; ayrim
hududlarning o‘ziga xos xususiyatlari; ayrim tarmoqlardagi texnika taraqqiyoti va
innavatsion faoliyat.
Xom ashyodan to‘liq va har tomonlama foydalanib, uning turli qismlaridan turli
xil mahsulotlar olish uchun undan kompleks foydalanmoq kerak.
Xom ashyo resurslarini kengaytirish va tejashning yana bir yo‘li xom ashyo va
materaillardan qayta foydalanishdir. Masalan, yedirilgan mashinalar, binolar va eski
texnikalarning metall qismlari, qog‘oz materiallari va boshqalardan sanoatda qayta
foydalanish mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev tomonidan qabul qilingan
“O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi
to‘g‘risida”gi Farmonida tasdiqlangan 2017 - 2021 yillarda O‘zbekiston
Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha
Harakatlar
strategiyasida «yuqori texnologiyali qayta ishlash tarmoqlarini, eng avvalo, mahalliy