16 sentyabr «Xalqaro ozon qatlamini himoya qilish kuni» Thu, 16/09/2021 08: 41



Yüklə 32,46 Kb.
tarix24.08.2023
ölçüsü32,46 Kb.
#140311

16 sentyabr – «Xalqaro ozon qatlamini himoya qilish kuni»
Thu, 16/09/2021 - 08:41

Bugun, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari qo‘mitasi, Ekologik partiya fraksiyasi deputatlari hamda Davlat ekologiya qo‘mitasi va O‘zgidromet bilan birgalikda «Xalqaro ozon qatlamini himoya qilish kuni»ga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi. Seminarda ozon qatlami va uni muhofaza qilish masalalari keng muhokama qilindi.
Bugun yurtimizda atmosfera qobig‘ida joylashgan, yerdagi hayot davomiyligini ta'minlashda o‘z hissasini qo‘shadigan, o‘zi yupqagina, biroq tarqalishi yerdan 10 km masofadan 50 km.gacha bo‘lgan oraliqni zabt etgan «ozon qatlami»ni muhofaza qilish bo‘yicha qator tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Xalqaro miqyosda qabul qilingan hujjatlar ichida Ozon qatlamini muhofaza qilish bo‘yicha Vena Konvensiyasi va Ozon buzuvchi moddalar bo‘yicha Monreal' protokolining dunyodagi o‘rni beqiyos. Mazkur hujjatlar Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a'zo davlatlar tomonidan ratifikasiya qilingan va qo‘yilgan talablarga asosan samarali ishlar yo‘lga qo‘yilgan muhim hujjatlar hisoblanadi.
2018 yilning 9 yanvarida Vazirlar Mahkamasining «Ozonni buzuvchi moddalar va tarkibida ular bo‘lgan mahsulotlarning O‘zbekiston Respublikasiga importini tartibga solishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 17-sonli qarori qarori qabul qilindi.
Ushbu qaror bilan ozonni buzuvchi moddalar va tarkibida ular bo‘lgan mahsulotlarni respublikamizga importi respublikamizdan eksportini davlat tomonidan tartibga solishni ta'minlanib kelinmoqda.
Xususan, joriy yilning o‘tgan davrida ozonni buzuvchi moddalar va tarkibida ular bo‘lgan mahsulotlarni O‘zbekiston Respublikasiga importi va O‘zbekiston Respublikasidan eksporti uchun ruxsatnoma olish bo‘yicha 2237 ta elektron arizalar kelib tushgan bo‘lib, ulardan: 9 tasiga ruxsatnoma, 2176 tasiga ruxsatnoma talab etilmasligi to‘g‘risida xulosalar va 52 tasiga rad etish xatlari rasmiylashtirilgan.
2018–2030 yillar davrida ozonni buzuvchi moddalarning O‘zbekiston Respublikasiga importi uchun kvotalar tasdiqlangan bo‘lib, 2018 yilda 58,48 tonna belgilangan bo‘lsa, 2020 – 2029 yillarda 6,8 tonnani, 2030 yilda ozonni buzuvchi moddalarga kvotalar ajratilishi to‘xtatilishi belgilab qo‘yilgan.
2005 yilda ozonni buzuvchi moddalarning O‘zbekiston Respublikasiga importi uchun kvota 883,6 tonnani tashkil qilgan bo‘lib, hozirda ushbu ko‘rsatkich 130 barobarga qisqarganligini ko‘rishimiz mumkin.
Yig‘ilish muhokama va bahs-munozaralarga boy bo‘ldi. Mavjud muammolarga ko‘plab yechim va takliflar berildi.
Yüklə 32,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin