17 – Ma`ruza: Reanimasiya asoslari. Reja: Reanimatsiya haqida tushuncha. Terminal holat va uning davrlari



Yüklə 24,53 Kb.
səhifə4/10
tarix12.05.2022
ölçüsü24,53 Kb.
#57729
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
17 – Ma`ruza Reanimasiya asoslari. Reja Reanimatsiya haqida tu

Klinik diagnostikasi. Terminal holatning klinikasi nafas va qon aylanishining bo’lmasligi yoki ulardan birining bo’lmasligi bilan xarakterlanadi. Terida sianoz, lablarning ko’karishi, nafas olish bo’lmaydi yoki yordamchi muskullarning ishtiroki bilan yuzaki nafas harakatlarining kuzatilishi, har zamonda nafas olish akti kuzatilishi mumkin, buni aniqlash uchun bemorni og’iz burnini oldiga fonendaskop yoki qulog’imizni, yoki oynacha qo’yib aniqlash mumkin. Qon aylanishining to’xtashi darakchi belgilari:

  1. Arterial bosimning keskin pasayib borishi

  2. Bradikardiya yoki taxikardiya avj olishi natijasida aritmiyalarning rivojlanishi;

  3. Teri va shilliq pardalarining rangini o’zgarishi, ko’karishi, terining yer rangiga o’tishi kuzatiladi;

  4. Nafas xarakteri o’zgaradi aritmik tipda;

  5. EKGda ekstrasistoliya, qorinchalar taxikardiyasi, bo’lmachalar-qorinchalarning II – III darajali blokadasi.

Yurak to’satdan to’xtaganda kuzatiladi:

  1. Katta arteriyalarda (uyqu, son) pulsatsiyasi aniqlanmaydi;

  2. Nafas olish kuzatilmaydi;

  3. Yurak tonlari yog’iq

  4. Hushi yoqolgan

  5. Ko’zlar qorachiqlari kengaygan va yorg’ulik sezish refleksi aniqlanmaydi.

Pulsning katta arteriyalarda bo’lmaganligi bu qon aylanishni to’xtaganligining erta belgisi hisoblanadi. Ko’zlar qorachig’ining kengayishi miya – gipoksiyasining nisbatan kechgi simptomi hisoblanib qon aylanish to’xtagandan so’ng 30-60 soniyadan so’ng rivojlanadi, shuning uchun reanimatsion yordamni boshlashda bu alomatni kutish kerak emas, chunki vaqt yoqotiladi.

Biologik o’lim belgilari:



  1. 10-15 daqiqa davomida tananing sovishi

  2. Tanada dog’larning 10 daqiqadan keyin paydo bo’lishi

  3. Tana qismlarining qotib borishi


Yüklə 24,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin