17 -ma’ruza. Simsiz sensor tarmoqlari. Ularni qurishda qo’llaniladigan texnologiyalar, sensor tarmoqlariga qo’yiladigna talablar, sensor tarmoqlarining standartlari sst tipik arxitekturalari va topologiyalari



Yüklə 0,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/6
tarix16.12.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#183795
1   2   3   4   5   6
17-MA\'RUZA (2)

SST ning ishlash rejimlari. 
Simsiz muhitga ma‟lumotlarni uzatish, sensor 
tugunlar uchun energiyaning sarf bo„ladigan operatsiyalari hisoblanadi. Uzatishda 
energiyaning tejalish shakllari sensorlarning xizmat qilish muddatlarini 
uzaytirishning asosiy ta‟siri hisoblanadi, chunki ushbu holatda xizmat muddati 
to„lig„i bilan batareyaga bog„liq. SST ma‟lumotlarni yig„ish, aniq tarmoqning 
maqsadi yo„nalishiga bog„liq bo„lgan har hil usulda amalga oshiriladi. Tarmoq 
resruslarining har hil usullarini e‟tiborga oladigan bo„lsak, SST ning harakatlanish 
turi va maqsadli qo„llanilishi bo„yicha guruhlarga ajratish mumkin: 
1. Proaktiv tarmoqlar.
Bunday tarmoq tugunlari, o„z sensorlari va 
uzatkichlarini davriy tarzda qo„shadi, ko„rsatkichlarni oladi va ularni bazaviy 
stansiyaga uzatadi. Shu tariqa, ular ba‟zi davriylikda o„z aylanasining “tezlikli 
tasvirin” oladi va ba‟zi ko„rsatkichlarni bir tartibda nazorat qilishni talab qiladigan, 
ilovalar uchun qo„llashadi. 
2. Reaktiv tarmoqlar. 
Reaktiv tarmoqlarning tugunlari muntazam o'qishlar 
olib boradi, ammo olingan ma'lumotlar normal o'qishning ma'lum bir sohasiga 
tushib qolsa, ularni uzatmaydi. Shu bilan birga, datchiklarning o'qishlaridagi 
kutilmagan va keskin o'zgarishlar yoki ularning normal qiymatlar diapazonidan 
oshishi haqidagi ma'lumotlar darhol asosiy stansiyaga uzatiladi. Ushbu turdagi 
tarmoq real vaqtda amaliy dasturlar bilan ishlash uchun mo'ljallangan. 
3. Gibrid tarmoqlar.
Bu yuqoridagi ikki turning kombinatsiyasi bo'lib, unda 
sensor tugunlari nafaqat olingan ma'lumotlarni vaqti-vaqti bilan yuboribgina 
qolmay, balki qiymatlarning keskin o'zgarishiga ham munosabat bildiradi. 
Simsiz sensor tarmoqlarida marshrutizatsiyalash protokollari. 
SST oqirgi 
tugundan koordinator-tugungacha, shu bilan birga oraliq tugunlar orasidagi 
ma‟lumotning yo„nalishini aniqlash uchun marshrutizatsiyaning maxsus 
protokollari qo„llaniladi. SST marshrutizatsiya protokollari quyidagi masalalarni 
yechadi: 
1. Tarmoq tugunlarining o„zidan tashkil qilinishi (o„zidan konfiguratsiyalanishi, 
o„zidan qayta tiklanishi, o„zidan optimizatsiyalanishi). 
2. Ma‟lumotlar paketlari marshrutizatsiyasi va tugunlarning manzillashtirilishi. 
3. Tarmoq tugunlarining energiyani sarflanishining minimallashtirilishi va 
tarmoq hayotiy davomlanishining umuiy vaqtin orttirish. 
4. Ma‟lumotlarni yig„ish va agregatsiya. 
5. Uzatish tezligini va tarmoqda ma‟lumotlarning qayta ishlanishini 
tartiblashtirish. 
6. Tarmoqning qoplanishi zonasin maksimizatsiyalash. 
7. Xizmat ko„rsatish sifatini ta‟minlash. 


8. Ruxsatsiz kirishdan himoyalanish. 
Tarmoqda ma‟lumotni uzatish yo„nalishini tanlashda quyidagi parametrlar 
o„lcham sifatida qo„llanilishi mumkin: 

yo„nalish uzunligi (ma‟lumotni qayta qabul qilish uchastkalari soni); 

ishnochlilik; 

kechikish; 

o„tkazuvchanglik qobiliyati; 

yuklama; 

trafikni uzatish bahosi va boshqalar. 
SST marshrutizatsiya protokollari tarmoqda marshrutlarning ta‟minlanishiga 
javob beradi va qat‟iy noqulay sharoitlarda ishonchli aloqaga kafolat beradi. 
Marshrutizatsiyaning ko„plab protokollari, ozuqlanishni boshqarish, ma‟lumotlarni 
tarqatish, energiyani tejash masalasi ahamiyatli bo„lgan va va o„ning yechimiga 
yo„naltirilgan protokollar, SST uchun maxsus ishlab chiqilgan. SST uchun 
marshrutizatsiya protokollarini har hil belgilar bo„yicha tasniflash mumkin (25.4-
rasm). Ma‟lumotlarni tugunlardan uzatish zarurligiga asoslangan, tarmoqning 
ishlashida qo„llaniladigan rejimiga ko„ra, marshrutizatsiyaning barcha 
protokollarini proaktiv (barcha yo„nalish oldinnan, talab qilingungacha aniqlanadi), 
reaktiv (yo„nalishlar talab bo„yicha aniqlanadi) va gibridli (birinchi ikkalasining 
kombinatsiyasi). 
24.4-rasm. SST marshrutizatsiya protokollarining tasniflanishi 
Tarmoq tuzilishini hisobga oladigan, protokollar, quyidagicha ajraladi: 
1) bir sathli 
(flat-based)
marshrutizatsiya protokollari – SST barcha tugunlari 
birdek funksionallikga ega, masalan: SPIN (Sensor Protocols for Information via 
Negotiation), Direct Diffusion, Rumor Routing;
2) ierarxik 
(hierarchical-based)
marshrutizatsiya protokollari – tarmoq 
tugunlari har hil funksiyani bajaradi, ular fizik jihatdan har hil bo„lishi mumkin, 
masalan: LEACH (Low-Energy Adaptive Clustering Hierarchy), PEGASIS 
(Power-Efficient GAthering in Sensor Information Systems), TEEN i APTEEN 
(Threshold-sensitive Energy Efficient Protocols), SOP (Self-Organization 
Protocol); 
3) tugunning joylashuv o„rni haqidagi ma‟lumot asosidagi 
(location-based)
marshrutizatsiya protokollari, protokolga misollar: GAF (Geographic Adaptive 
Fidelity), GEAR (Geographic and Energy Aware Routing). 
Marshrutizatsiya protokolining ishlashi har hil tamoyilga asoslanadi: 
SST marshrutizatsiya protokollari tasnifi 
Yo„lni o„rnatish 
Tarmoq tuzilishi 
Protokollar 
Aloqa initsiatori 
Proaktiv 
Reaktiv 
Gibrid 
Tekis 
Ierarxik 
Joylashuv 
asosida 
Yo„l asosida 
So„rovlar asosida 
“So„zlashuvlar” 
asosida 
QoS asosida 
Kogerent va 
nokogerent 
Chiquvchi tugun 
Kiruvchi tugun 


1) marshrutizatsiya protokollari ko„plab marshrutlar bilan (multipath routing) 
– manbadan yetib boruvchi nuqtagacha bir nechta marshrut qo„llaniladi, va bu 
bog„lanish ishonchligini yuqorilatish bilan birga, sarf xarajtni va energiya 
xarajatini orttiradi; 
2) «so„rov bo„yicha» (query-based) marshrutizatsiya protokollari – tugun 
tarmoqga va boshqa tugunga ma‟lumotlarga so„rov jo„natadi; 
3) tugunlar orasida «so„zlashuvlarga» asoslangan (negotiation routing), 
marshrutizatsiya protokollari; 
4) xizmat ko„rsatish sifatini hisobga oladigan, protokollar (QoS-based), 
tarmoqda xizmatlarning belgilangan daradjasin ta‟minlaydi. 
Ma‟lumotlar agregatsiyasiga yo„naltirilgan, protokollarda, bazaviy stansiya 
(BS) xabarlari manbasi orasida joylashgan, oraliq tugunlar, ma‟lumotlar 
agregatsiyasini amalga oshirishi va BS ga kiritilgan ma‟lumotlarni jo„natishi 
mumkin. Ushbu jarayonda sensor tugunlarda energiyani tejash imkoni yaratiladi. 
Marshrutizatsiyaning barcha protokolini ikki turga ajratish mumkin- birida 
bog„lanish asoschisi xabar manbasi hisoblansa, boshqalarida – qabul qiluvchi 
hisoblanadi. Tugun turlari asosida SST marshrutizatsiya protokollarining tasnifi 
24.5-rasmda ko„rsatilgan. 
24.5-rasm. Tugun turlari asosida SST marshrutizatsiya protokollari tasnifi 

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin