17-Amaliy mashg’ulot.
Neft konlaridagi uskunalarni korroziyadan himoyalash.
Neft va gazlarni tashish va saqlash tizimida ishlatiladigan quvurlar, quvur armaturalari, nasoslar, rezervuarlar, temir yo‘l sisternalari va boshqa metall qurilmalar, asosan uglerodli va kam legirlangan po‘latlardan tayyorlanadi. Bu metall qurilmalar foydalanish jarayonida tashqi muxit (elektrolitlar, atmosfera havosi va boshqalar) bilan o‘zaro kimyoviy va elektrokimyoviy jarayonlar natijasida korroziyalanib, oksid va gidroksidlarini hosil qiladilar. Umuman korroziya so‘zi (termini) lotincha «Corrosio» so‘zidan olingan bo‘lib, metallning zanglashini parchalanishni va zanglashini yemirilishni anglatadi. Metalllarning korroziyalanishini sodir etuvchi sharoit korroziya yoki agressiv muxit deyiladi.
Metallar korroziyasining nazariyasini o‘rganish XVIII- asrdan boshlanadi. 1748 yilda M. V. Lomonosov massalar saqlanish qonunini yaratish bilan bir qatorda, metallar korroziyasi ilmini o‘rganishga asos soldi. Lomonosovning tajriba ishlarini davom ettirib, 1773 yili fransuz kimyogari A. Lavuaze o‘z ishida metallning oksidlanishi, uni kislorod bilan hosil qilgan birikmasi ekanligini ko‘rsatdi.
Metallarning tashqi muhit ta'sirida o'z - o'zidan yemirilish hodisasiga - metallarning korroziyalanishi hisoblanadi.
Shuni unutmaslik lozimki, korroziyalanish faqat metallar uchungina xos bo'lmasdan, nometall materiallar (beton, yog'och, plastmassalar, shisha, sopol, keramika, sirli (glazur) buyumlar ham tabiiy agressiv muhit ta'sirda yemiriladi
Korroziya quyidagi turlarga ajratiladi:
I. Korroziya jarayonlarining mexanizmiga ko’ra: Kimyoviy va elektrokimyoviy korroziya turlariga bo'linadi.
1) Kimyoviy korroziya bu - metallarning turli agressiv gazlar va noelektrolit suyuqliklar ta'siridagi yemirilish hodisasidir.
Korroziyaning bu turi to'g'ridan - to'g'ri korrozion muhit bilan metall o'rtasida oksidlanish - qaytarilish reaktsiyalari tufayli sodir bo'ladi. Masalan:: Cl2, F2, Br2, O2 va H2 O lar ta'sirida metallarning yemirilishi. Fe2O3, Al2O3, ZnO, CuO va boshqalar.
Dostları ilə paylaş: |