17-Mavzu: Grafik axborotlarni kiritish qurilmalari Reja: Skaner va uning turlari


yorug‘lik diodli lazerli proyeksion



Yüklə 0,86 Mb.
səhifə2/4
tarix23.05.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#120480
1   2   3   4
17-Mavzu Grafik axborotlarni kiritish qurilmalari Reja Skaner

yorug‘lik diodli lazerli proyeksion

17.1-rasm. Qo‘l skanerlarining turlari.


Planshetli skanerlarning asosiy farqi shundaki, skanerlovchi moslama qog‘ozga nisbatan qadam dvigiteli yordamida harakat qiladi. Tasvirni skanerlash uchun skaner qopqog‘ini ochib, skanerlanayotgan varaqdagi tasvirni pastga qaratgan holda shisha plastinaga qo‘yiladi, so‘ngra qopqoq yopiladi. Barcha keyingi skanerlash jarayonini boshqarish bu skaner bilan birga taqdim etiluvchi maxsus dasturda ishlash bilan kompyuter klaviaturasi yordamida amalga oshiriladi. Bu turdagi skanerlarning ommaviylashgan turiga Hewlett Packard firmasi ishlab chiqargan model kiradi.




barabanli skaner ofislar uchun skaner


17.2.-rasm. Rulonli (o‘rama) skaner turlari.
Stol usti skanerlarining uchinchi turi – proeksion skanerlar bo‘lib, ular ko‘proq o‘ziga xos bo‘lgan proeksiyalash apparatini (yoki foto kattalashtirgichni) eslatadi. Kiritilayotgan hujjat tasviri yuqoriga qaragan holda qo‘yiladi, bunda skanerlash bloki ham yuqorida joylashgan bo‘ladi. Faqat skanerlovchi qurilma harakatda bo‘ladi. Ushbu skanerlarning asosiy xususiyati uch o‘lchamli proeksiyalarni skanerlash imkoniyatining mavjudligidir.
Planshetli skanerlarning konstruksiyasi. Planshetli skaner- larni ishlash tamoyilini ko‘rib chiqamiz. Skanerlanuvchi obyekt oyna ustiga skanerlanuvchi yuzani pastga qaratgan holda qo‘yiladi. Oyna tagida harakati qadamli divigatel tomonidan boshqariladigan surilma lampa joylashgan .
Obyektdan qaytgan nur ko‘zgu tizimi orqali o‘ta ta’sirchan matritsaga tushadi (CCD – Couple-Charged Device), so‘ngra ARO‘ga va kompyuterga uzatiladi. Dvigatelning har bir qadamida obyektning bir qismi skanerlanadi, so‘ngra dasturiy ta’minot yordamida umumiy tasvir ko‘rinishiga keltiriladi.
Ofis uchun mo‘ljallangan zamonaviy skanerlarning ko‘pchiligi ikki turdagi matritsalarga: CCD (Charge Coupled Device)ga yoki CIS (Contact Image Sensor)ga asoslangan bo‘ladi. CIS-skanerining g‘ilofi CCD – apparatiga qaraganda yassi bo‘ladi (uning balandligi, odatda, 40–50 mm atrofida bo‘ladi). Ushbu skanerlar asosiy afzalliklari va kamchiliklari quyidagi 1-jadvalda keltirilgan.
17.3-rasm. Skaner ishlashining sxematik ko‘rinishi.


17.1-jadval

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin