mahsulotlar, tovarlarning haqiqiy tannarxini faqat TMZ inventarizatsiya
qilingandan so‘ng aniqlash mumkin. 9150 “Davriy hisobda TMZ bo‘yicha
tuzatishlar”hisobvarag‘i - hisobot davrining oxirida
inventarizatsiya natijasida
TMZning mavjudligini aks ettirish uchun foydalaniladigan vaqtinchalik
hisobvaraq. Ko‘rsatilgan hisobvaraqning debeti bo‘yicha TMZning kamayishi,
krediti bo‘yicha TMZning o‘sishi TMZni hisobga oluvchi hisobvaraqlar (1000 -
2900) bilan bog‘langan holda aks ettiriladi.
9150 “Davriy hisobda TMZ bo‘yicha tuzatishlar”hisobvarag‘ining qoldig‘i 9910
“Yakuniy moliyaviy natija”hisobvarag‘iga o‘tkazilishi orqali yopiladi.
Quyida sotilgan mahsulot (ish, xizmat)larning tannarxini harakati to‘g‘risida
namunaviy
xo‘jalik
operatsiyalarni
hisobga
oluvchi
hisobvaraqlarning
bog‘lanishini ko‘rib chiqamiz:
1)
Sotilgan tayyor mahsulotlarning tannarxi hisobdan chiqarildi:
D 9110 “Sotilgan tayyor mahsulotlarning tannarxi”
K 2810 “Ombordagi tayyor mahsulotlar”.yoki
K 2820 “Ko‘rgazmadagi tayyor mahsulotlar” yoki
K 2830 “Komissiyaga berilgan tayyor mahsulotlar”.
2)
Chiqib ketayotgan hayvonlarning tannarxi hisobdan chiqarildi:
D 9110 “Sotilgan tayyor mahsulotlarning tannarxi” K 1110
“O‘stirishdagi hayvonlar”yoki K 1120 “Bo‘rdoqidagi
hayvonlar”.
3)
Sotilgan o‘zida ishlab chiqarilgan yarim tayyor
mahsulotlarning tannarxi
hisobdan chiqarildi:
D 9110 “Sotilgan tayyor mahsulotlarning tannarxi”
K 2110 “O‘zida ishlab chiqarilgan yarim tayyor mahsulotlar”.
4)
Sotilgan tovarlarning tannarxi hisobdan chiqarildi:
D 9120 “Sotilgan tovarlarning tannarxi”
K 2900 “Tovarlarni hisobga oluvchi hisobvaraqlar”.
5)
Asosiy, yordamchi ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jalik
sexlarining bajargan ishlari va ko‘rsatgan xizmatlarining tannarxi hisobdan
chiqarildi:
D 9130 “Bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlarning tannarxi”
K 2010 “Asosiy ishlab chiqarish” yoki K 2310
“Yordamchi ishlab chiqarish” yoki K 2710 “Xizmat
ko‘rsatuvchi xo‘jaliklar”.
6)
Tovar-moddiy zahiralarni sotib olish (TMZni davriy hisobga olish uslulida):
D 9140 “Davriy hisobda TMZ sotib olish/xarid qilish”
K 6010 “Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to‘lanadigan
hisobvaraqlar”.
D 9150 “Davriy hisobda TMZ bo‘yicha tuzatishlar” K 9910
“Yakuniy moliyaviy natija”.
10) Sotilgan mahsulot (ish, xizmat)larning tannarxini hisobga oluvchi
hisobvaraqlar (9100)ning yopilishi:
D 9910 “Yakuniy moliyaviy natija”
K 9110 “Sotilgan tayyor mahsulotlarning tannarxi” yoki
K 9120 “Sotilgan tovarlarning tannarxi” yoki
K 9130
“Bajarilgan ish va ko‘rsatilgan
xizmatlarning
tannarxi”.
Dostları ilə paylaş: