17-mavzu. Ontogenizning ilk bosqichlarida insonning psixik rivojlanishiga xos xususiyatlar



Yüklə 21,5 Kb.
səhifə2/2
tarix08.04.2023
ölçüsü21,5 Kb.
#94871
1   2
17-mavzu

Yosh davrlari

Erkaklarda

Ayollarda

Chaqaloqlik

1-10 kun

1-10 kun

Emizaklik davri

10 kundan 1 yoshgacha

10 kundan 1 yoshgacha

Ilk bolalik

1-2 yosh

1-2 yosh

Bolalikning 1- davri

3-7 yosh

3-7 yosh

Bolalikning 2-davri

8-12 yosh

8-11 yosh

O’smirlik davri

13-16 yosh

12-15 yosh

O’spirinlik davri

17-21 yosh

16-20 yosh

O’rta yetuklik davri:







Birinchi bosqich

22-35 yosh

21-35 yosh

Ikkinchi bosqich

36-60 yosh

36-55 yosh

Keksalik davri

61-75 yosh

56-75 yosh

Qarilik davri

76-90 yosh

76-90 yosh

Uzoq umr ko’ruvchilar

90 yoshdan ortiq

90 yoshdan ortiq

Taraqqiyot yosh davrlarga bo’lishda o’ziga xos klassifikasiyalar ham bor. Masalan, E.Eriksonda shaxs “Men”ning rivojlanish bosqichlariga tayangan klassifaksiyasi ham mavjud bo’lib, unda har bir taraqqiyot davrida alohida ahamiyat kasb etadigan sifatlar ham salbiy jihatdan ajratilgan.
1-bosqich (ishonch-ishonchsizlik) – bu hayotning 1-yili.
2-bosqich (mustaqillik va qat’iyatsizlik) – 2-3 yoshlar.
3-bosqich (tadbirkorlik va gunoh hissi) – 4-5 yoshlar.
4-bosqich (chaqaloqlik va yetishmovchilik) – 6-11 yoshlar.
5-bosqich (shaxs identifikasiyasi va rollarning chalkkashligi) – 12-18 yoshlar.
6-bosqich (yaqinlik va yolg’izlik) – keksalik.
7-bosqich (umuminsoniylik va o’ziga berilish) – yetuklik davri.
8-bosqich (yaxlitlik va ishonchsizlik) – keksalik.
Erikson klassifikasiyasining o’ziga xos qimmati shundaki, unda shaxsning o’zi to’g’risidagi tasavvurlarning jamiyat ta’sirida o’zgarishi nazarda tutiladi. Shunga o’xshash bosqichlarga bo’lishlar oxirgi paytda yana ko’plab mualliflar tamonidan taklif etilmoqda (G.Grimm, D.Bromley va boshq.). ularning barchasidagi umumiy mezon shuki, har bir taraqqiyot davri shaxs rivoji uchun nimani taklif etadiyu, shaxs unda qanday rivojlanish ko’rsatkichlariga ega bo’ladi. Ularni tabiiy o’zgarishlarda bilish va shpganish kerak, chunki busiz shaxs tarbiyasini to’g’ri yo’lga qo’yib bo’lmaydi. Masalan, maktab yoshidagi bolalarga qo’yilgan talablar katta odamlar jamoasiga to’g’ri kelmaydi, yoki bog’cha yoshidagi bola bilan til topishish bilan talaba bilan til topish o’ziga xos pedagogik taktni va o’sha yosh sohasidagi bilimdonlikni talab qiladi.
1. Bola 3 oylik davridan 1 yoshgacha zarur ruhiy xususiyatlarni egallay boshlaydi. Muloqatga intiladi, bolalarning tili yoki nutqi qanchalik erta chiqsa, imo-ishoralarga tez ko’nika boshlaydi. Qancha tez muloqotga kirishsak, shuncha tez, rivojlanadi. Muloqot qancha kam bo’lsa, bolaning o’sishi sust kechadi.
2. Ikki yoshdan bola tub ma’noda so’zlashish malakasini to’la egallaydi. Shu yoshdan odob-axloq qoidalarini o’rgatish zarur. Ayni chog’da bolani ozodlikka sarishtalikka o’rgatish ijodiy natija beradi. Bu yoshda o’jarlik alomatlari paydo bo’ladi, sababi esa ruxiy dunyosida ro’y berayotgan o’zgarishlardir. «Men o’zim» degan tushuncha ustunlik qiladi. Irodasi o’sa boshlaydi. Maqtov va olqishga ehtiyoj tug’iladi.
3. Uch yoshdan bola serg’ayrat, tinib-tinchimas bo’ladi, irodasi, diqqat, xotirasi o’sa boshlaydi. Bola organizmi jadal suratlar bilan o’sishi boshlaydi. Muloqotda ota-ona bilan bola o’rtasidagi keskin kelishmovchiliklar boshlanadi. Kuzatuvchanlik, bilimga intilish kuchli bo’ladi.
4. To’rt yoshdan bola mustaqillikka intila boshlaydi. Ovqatlanish, kiyinish vujudga keladi. Xotira, diqqat iroda, idrok o’sadi, tafakkur qila boshlaydi.
5. Besh yoshdan bolaning ruhiy xususiyati, jarayon va xolatlari o’sib kelayotganligi (diqqat, iroda, idrok, xotira, tafakkur) sababli o’z xulq-atvorini idora qilish, bilimlarni egallash malakasini shakllantirish maqsadga muofiq.
6. Bola olti yoshga tulganda o’sish tezlashib, u ko’proq bo’yiga o’sadi, kiyim tanlashga e’tibor beradi, ishchanlik qobiliyati o’sadi. Ish qurollaridan foydalanish, uquvi paydo bo’ladi. Javobgarlik xissi paydo bo’ladi. Bu yoshda nutq jadal suratlar bilan o’sib so’z boyligi 2500 ga yetadi. Gap tuzish, suxbat ko’rishni uddasidan chiqadi, til qoidalarini bilmasdan unga amal qiladi. Nutqni o’qib olish, sezgisi va shu orqali so’z boyligi oshadi.
7. Yetti - o’n yosh oraligida ancha og’ir tartib o’sish jadalashadi. Bu asosan yangi davr maktab xayoti boshlanishi bilan bog’liq, oila tarbiyasi maktab tarbiyasiga zid bo’lib qolmasligi kerak. Ota-ona, o’qituvchilar bilan suhbatlashib, bolaning uydagi va maktabdagi qat’iy harakatlarini taqqoslab qurishlari, biror-bir ziddiyat paydo bo’lsa, tezda bartaraf etilishi zarur. Bu davrda bolani ruhan qo’llab-quvvatlab, ko’klarga ko’tarib turish lozim, chunki maktab hayotiga o’rganish yangi ko’nikmalar oson kechmaydi.
8. O’n-o’n to’rt yoshdagi bolalarning gap so’zlari, xatti-harakatlari avvalgidan ham jiddiyroq tusga kiradi. Endi ular maktab hayotga to’la moslashib olgan, mustaqil bo’ladilar. Bu behad nozik davr hisoblanadi. Ya’ni o’g’il –qizlar vujudida balog’at, jinsiy uyg’onish fasli boshlanadi. Allaqanday noxush kayfiyatlarga berilib ketmasliklari qalblaridan go’zal tuyg’u fazilatlari chuqur joy olishi uchun ularga ko’maklashish kerak bo’ladi.
9. O’n to’rt-o’n sakkiz yosh esa farzandlarning yetuklikka erishish davri xisoblanadi. Ular endi to’la mustaqil bo’lishga harakat qiladilar. Ularning o’zlariga nisbatan kattalardek munosabatda bo’lishlarini, o’z fikr-mulohaza va rejalari xisobga olinishini talab qilishadi. Bu davrda ota-ona va bolalar, o’rtasida kelajak rejalari borasida jiddiy ziddiyatlar chiqib turadi. Endi muhimi ota-ona o’z farzandi yurak dardlarini tinglashi, bola haq bo’lsa uni qo’llab-quvvatlashi lozim.
Keyingi yillarda pedagogik, sosiologik, psixologik, tibbiiy tadqiqotlar genetika fani natijalari sog’lom avlodni yuzaga keltirish borasida ko’pgina ishlar qilingan.
Hozirgi kunda ta’lim-tarbiya jarayonida o’qituvchi tomonidan har bir o’quvchi shaxsini ruhiy holatini o’rganish, yakka holda mustaqil fikrlash qobiliyatini shakllantirishni talab qiladi. Bu borada har bir o’qituvchi o’z ustida mukammal psixologik bilimlarga ega bo’lmog’i lozim.Insonning ehtiyojlari uning huquqini belgilabgina qolmay, balki faoliyatini ham, shaxsini ham rivojlantiradi.Aynan ehtiyojlar xarakteridagi shaxs mohiyatini tashkil qiluvchi ijtimoiy munosabatlar sistemasi aks etadi.
Shuning uchun ham shaxs sifatlari ma’lum ehtiyojlar va ularni realizasiya qilish usullari majmuasi sifatida qaraladi.Shuningdek, psixologik tadqiqotlar, natijasidan kelib chiqqan quyidagi fundamental faktlar tarbiya mohiyatini yanada tushunish uchun imkon berdi. Ma’lum ehtiyojlarni qondirish uchun namoyon qilingan hulq shakli o’zi ehtiyojga aylanib qolishi mumkin. Yangi ehtiyojni yuzaga kelishi yangi axloqiy sifatlarni shakllanishiga olib keladi.
Ta’lim-tarbiya bola shaxsini shakllanishiga uch xususiyatini o’zida mo’jassamlashtirgan holda ta’sir o’tkazadi:
1.Tashqi muhit bola shaxsida qanday aks etganidek, qanday bo’lsa shundayligicha aks etmaydi, balki bola ham faol mavjudot sifatida tashqi muhit ta’siriga o’zini aks ta’sirini o’tkazadi, o’zaro ta’sirlardan so’ng o’ziga xos ravishda bola shaxsida namoyon bo’ladi.
2.Tashqi muhit ta’siri bolaning ichki dunyosiga singib o’tib, undan keyin o’ziga xos ravishda uning shaxs xususiyatlarida namoyon bo’ladi.
3.Inson shunday faol mavjudotki va tashqi muhit shunday kuch qudratga egaki, u tashqi muhit ta’sirida o’zidagi ma’lum tug’ma xususiyatlarini o’zgartira olish imkoniga ega.
Tashqi muhit mana shu uchta xususiyatni o’zida mujjasamlashgan holda bola shaxsiga ta’sir etganligi uchun bir oilada bir ota-onaning tarbiyasini olgan, bir xil muhitda katta bo’lgan bolalar turlicha kamolot darajasiga, individual psixologik xususiyatlarga ega bo’laveradilar. Tarbiya jarayonini to’g’ri tashkil qila olish uchun esa ichki va tashqi omillarning yuqoridagi o’zaro munosabatlarni bilish muhim va jiddiy ahamiyatga egadir.
Tarbiya jarayonning to’g’ri boshqara olish uchun uni natijalarini baholay olish ham talab qilinadi. Buning uchun biz bolani tarbiyalanganlik darajasini aniqlash o’lchoviga ega bo’lishimiz, kuchlarini bilishimiz zarur.
O’sib va rivojlanib boruvchi inson tarbiya obyekti hisoblanadi. Butun hayoti davomida insonning rivojlanish jarayoni davom etaveradi. Bu jarayonda u turli o’zgarishlarni, jismoniy, psixik, miqdor va sifat o’zgarishlarni o’z boshidan kechirib boradi. Insonda bo’ladigan jismoniy o’zgarishlarga uning bo’yini o’sishi, vaznini og’irlashib borishi, suyak va mushak sistemalarini, ichki organlari va asab sistemasini o’zgartirib borishi kiradi. Psixik o’zgarishlar esa, uning aqliy rivojiga aloqador bo’ladi va insonda shaxsning psixik sifatlarini shakllantirib borishi, unda hayot uchun zarur bo’lgan ijtimoiy sifatlarni tarkib topishi hisoblanadi. Odam bolasini rivojlanishi bu muhim jarayon sanaladi. Ma’lumki, hayot davomida inson jismoniy psixik tomonidan o’zgarib boradi. Lekin bolalik, o’smirlik va o’spirinlik davrida rivojlanish nihoyatda kuchli bo’ladi. Bola mana shu yillarda ham jismoniy, ham psixik jihatdan o’sishi, o’zgarishi tufayli shaxs sifatida kamolga yetadi, bunda berilayotgan tarbiya maqsadga muvofiq ta’sir etishi natijasida bola jamiyat a’zosi sifatida kamol topib murakkab ijtimoiy munosabatlar sistemasida o’ziga munosib o’rin egallaydi.
Odamning munosabatlari doirasiga kishilar bilan aloqasigina emas, balki tabiatga, jamiyatga, hayotga bo’lgan munosabatlari ham kiradi. Mana shu ko’p qirrali aloqalar va munosabatlar zaminida har bir shaxs o’z qobiliyati va qiziqishini o’z bilimi va o’quvini namoyon qiladi, o’z ishiga, vazifasiga, burchiga, xalqiga, vataniga, o’z-o’ziga bo’lgan munosabatlarini ifodalaydi. Tabiiyki, shaxsdagi bu fazilatlar faqat tarbiyaning maxsulidir.
Shaxsning kamol topishida va uning xulqiga ijtimoiy va biologik omillarning ta’sir kuchi hamisha bir hil bo’lavermaydi. Sababi odamning xulqiga, munosabatiga va aloqalariga yoshi, bilim, hayotiy tajribasi, odatlari va nihoyat, vaziyat ham ta’sir etadi. Shaxsning fazilatlarini to’g’ri aniqlash va behato uchun uni turli munosabatlar doirasiga, turli vaziyatlarda kuzatib turish lozim. Ana shundagina shaxsning ijtimoiy xulqi, ma’naviy qiyofasi, insoniy fazilatlari ruyobga chiqadi. Demak, shaxsni rivojlantirish vazifasini to’g’ri hal qilish uchun uning hulqiga ta’sir etuvchi omillarni, bu omillarning tabiatini, shaxsning xususiyatini yaxshi bilmoq kerak.
Yüklə 21,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin