171 Biologiya darslarida elektron darsliklardan foydalanish



Yüklə 275,22 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/6
tarix23.06.2023
ölçüsü275,22 Kb.
#134601
1   2   3   4   5   6
biologiya-darslarida-elektron-darsliklardan-foydalanish

175 
ta’limning barcha xususiyatlarini aniqlab bermaydi. Ta’lim sohasidagi aql-idrokka mos 
keladigan turli xil texnologik yechimlarni tahlil qiladigan bo‘lsak, biz Smart texnologiyalari 
deganda quyidagilarni inobatga olamiz: aqlli-doskalar, aqlli-o‘quv qo‘llanmalari, aqlli- 
proyektorlar, interfaol va kommunikativ xatakterdagi o‘quv materiallarini yaratish va 
tarqatishning dasturiy ta’minotlari. Facebook ijtimoiy xizmatlar, Google xizmatlari va 
vositalari, Wiki vebsayti, internetda ovozli fayllar yoki videolarni tarqatish uchun 
podkastlar, bloglar, YouTube video xosting, bulutli texnologiyalar - bularning barchasidan 
ta’lim olishda foydalanish mumkin. Bloglar o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasida qaytar aloqa 
vositasi sifatida ta’limga qo‘shildi. YouTubeda siz video ma’ruzalarni o‘rnatishingiz va 
namoyish qilish, Google xizmatlaridan foydalanib, o‘quv jarayonini moslashuvchan va 
qiziqarli qilish mumkin. Smart-ta’limning keng tarqalishi, birinchi navbatda, internet 
texnologiyalarini takomillashtirish, ikkinchidan, Wi-Fi, 3G, 4G kabi simsiz 
texnologiyalarning rivojlanishi va uchinchidan, internetda onlayn ta’lim resurslarining keng 
tarqalganligi bilan bog‘liq. Interfaol jihoz, masalan, Smart boards interfaol doskasi 
yordamida axborotlarni uzatish ma’ruzachiga quyidagi imkoniyatlarni yaratadi: maxsus 
rangli markerlar bilan yozish, o‘quv materialini namoyish qilish, ekrandagi tasvir ustiga 
yozma sharh berish va h.k. Shu bilan birga, Smart boards interfaol doskasida yozilgan 
hamma narsa o‘quvchilarga berilishi, ma’lumotlarni saqlashning turli vositalarida 
saqlanishi, chop etilishi, darsda qatnashmagan o‘quvchilarning elektron pochtasiga 
yuborilishi mumkin. Smart boards interfaol doskasida ma’ruza davomida yaratilgan o‘quv 
materiallari doska ichida o‘rnatilgan video yozuvchi moslama yordamida yozib olinishi, 
saqlanishi va qayta-qayta namoyish etilishi mumkin. Smart Classroom Suite interfaol o‘quv 
dasturi kompyuterlashtirilgan sinflarda o‘qituvchilar va o‘quvchilar uchun mo‘ljallangan 
maxsus dasturiy paket hisoblanadi. Ushbu paket quyidagilarni o‘z ichiga oladi: Smart 
Notebook™ - hamkorlikda ta’lim olish dasturiy ta’minoti; Smart Notebook™ CE 
o‘quvchilar uchun dasturiy ta’minoti; Smart Sync™ sinfni boshqarish dasturiy ta’minoti; 
Smart Response™ -interfaol so‘rovlarni amalga oshirish dasturiy ta’minoti. Smart 
Classroom Suite dasturi bilan o‘qituvchilar sinfda o‘rganish jarayonini samarali 
boshqarishlari va darslarni o‘tkazishlari mumkin. Foydalanish oson bo‘lgan vositalar 
o‘qituvchilarga qiziqarli multimedia darslarini tayyorlashga yordam beradi. Asboblar 
panelini ishlatish orqali o‘qituvchilar bir tegish bilan Smart Exchange™ veb-saytiga boshqa 
o‘qituvchilar tomonidan yaratilgan darslarni topishlari yoki o‘z tajribalarini boshqalar bilan 
baham ko‘rishlari mumkin. Elektron darsliklarni ishlab chiqishga quyilgan talablar. XXI 
аsrgа kеlib insоniyat hаmmаgа birdеk ахbоrоt оlish imkоniyatini bеruvchi оchiq ахbоrоt 
jаmiyatini shаkllаntirish tоmоn jаdаl bоrmоqdа. Elеktrоn hukumаt, elеktrоn uy, elеktrоn 
tijоrаt, elеktrоn tа’lim kаbi rаqаmli bоrliq elеmеntlаri hаyotimizgа kirib ulgurdi vа оdаtiy 
hоl bo‘lib qоldi. Endilikdа insоniyat elеktrоn rеsurslаrdаn shunchаki ахbоrоt mаnbаsi 
sifаtidа emаs, bаlki intеrfаоl muhitdа ulаrdаn аql bilаn fоydаlаnishni mаqsаd qilib 
qo‘ymоqdа. Bu jаdаl yangilаnib bоrаyotgаn ахbоrоt kоmmunikаtsiya tехnоlоgiyalаri 
imkоniyatlаridаn mulоqоt dаrаjаsidа fоydаlаnish, mа’lumоtlаrni qаytа ishlаsh vа qаysidir 
mа’nоdа оdаm o‘rnidа o‘ylаshgа mаjbur qilishni tаlаb qilаdi. Bundаy аqlli, insоn bilаn 
mulоqоt qiluvchi vа o‘rgаtuvchi elеktrоn rеsurslаrni ishlab chiqish o‘tа dоlzаrb vа 


176 
mаshаqqаtli ish bo‘lib, virtual o’quv laboratoriya, elektron darslik asosida darslarni tashkil 
etish darslar samaradorligini ta’minlash omili hisoblanadi. Agar o‘qituvchi dоimiy ravishda 
Intеrnеtdan fоydalanib bоradigan bo‘lsa, u bugungi kundagi eng yangi ma’lumоtlarni 
tarmоqdan оlib, shu asоsida ma’ruzani tayyorlab, dars o‘tishi mumkin. Elеktrоn darslik 
o‘qitish va nazоratga asоslangan, DTS talablari asosida tayyorlangan qo‘llanmadir. Chunki 
o‘quvchiga tushunarli bo‘ladigan aхbоrоt bеrishdan tashqari, tеst savоllari, o‘zini-o‘zi 
tеkshirish uchun barcha tоpshiriqlar kiritiladi. Elektron darslik quyidаgi tаlаblаr аsоsidа 
ishlab chiqiladi. Ta’limiy maqsadlar uchun ishlanmaning amaliy muhimligi. Resursning 
davlat ta’lim standartlariga muvofiqligi, taqdim etilayotgan materialning ilmiy 
asoslanganligi, zamonaviy qarashlarga mosligi, nazariy xatolikka yo‘l qo‘yilmaganligi va 
mukammal shakllantirilganligi. Matnning to‘liqligi, Grammatik va orfografik xatolardan 
xoliligi. Resursning uslubiy ishlab chiqilganlik darajasi (uslubiy maqsadlarni amalga 
oshirishga imkon berishi). Ilg‘or pedagogik texnologiyalarning qo‘llanilganligi. Milliy 
g‘oya va qadriyatlarga mosligi. Bilimlarni mustahkamlash uchun mashqlarning mavjudligi. 
Nazorat materiallarining to‘liqligi (topshiriqlar, mashqlar, test savollari, jumboq va 
o‘yinlar). Statik va dinamik tasvirlar, illyustrativ (foto, video, animatsiya va boshqa) 
materiallarning yetarliligi. O‘quvchilar yoshining psixologik va pedagogik xususiyatlarini 
hisobga olinganligi. Rang, shrift, monitor ekrani va shu kabilarga qo‘yilgan talablarga 
mosligi. Elektron darslikni kompyuterga o‘rnatishning qulayligi. Elektron darslikni 
boshqarishning qulayligi. Misol uchun quyida 8-sinf odam va uning salomatligi darsligidan 
ba’zi ko‘rinishlarini keltiramiz: Ko‘rib turganingizdek quyidagi rasmda 8-sinf odam va 
uning salomatligi darsligining mundarijasi berilayapti. Darslikning boblariga kirish uchun 
sichqoncha kursorini kerakli bob nomi ustiga olib kelib chap tugmasini bir marta bosish 
etarli. Elektron darslikdan foydalanish affzalliklari. Elektron darslik o‘zlashtirish 
imkoniyatini kengaytiradi. O‘qituvchilarning asosiy vazifalaridan biri har bir o‘quvchiga 
rejalashtirilgan o‘quv materiallarini yetkazib berish va uni o‘zlashtirish darajasini 
oshirishdan iborat. Ta’lim tizimini takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan 
islohatlarning asosiy yo‘nalishlaridan biri ta’lim jarayoniga zamonaviy axborot va 
pedagogik texnologiyalarni tatbiq etish bilan bog‘liq. Biologiya darslarini loyihalashda 
zamonaviy pedagogik texnologiya va axborot texnologiyalaridan foydalanish, unga 
muvofiq ta’lim vositalarini qo’llashni taqazo etadi. Biologiya darslarida mavzu mazmuniga 
muvofiq, og‘zaki (audiovizual, dasturli multimediali, gipermediali) ta’lim vositalaridan 
foydalaniladi. Ma’lumki, ta’limning zamonaviy vositalari deganda, o‘quv matni, axborot 
tashuvchilar, qog‘oz, slayd, disk apparat va ta’limni amalga oshiruvchi vositalar (proyektor, 
magnitofon, EHM) va hakazolar tushuniladi. Demak, matn tashuvchi apparat ayni vaktda 
har qanday darajadagi o‘quvchi uchun ta’lim vositasi hisoblanadi. Biologiya ta’limi 
jarayonida intellektual ta’lim tizimining imkoniyatlari chegaralanmagan. O‘quvchilar bilan 
suhbat, ular bilimlarini taqqoslash, o‘quvchilar faoliyatining tahlili, to‘plangan 
ma’lumotlarni o‘quvchilarga yetkazish (ommaviy ta’lim), gipermatnli ko‘rinishdagi 
darslarni tashkil etish, ma’lumotlar ta’minoti manbaini belgilash va boshqalarning 
ahamiyati shundaki, ular intellektual ta’lim vositalari muammosini hal etadi. Biologiya 
ta’limi vositalari sifatida o‘quv matnlari asosiy o‘rinni egallaydi. O‘quv matnlari ayni 



Yüklə 275,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin