18-mа’ruza: Okean va suv oqimlari energiyasi



Yüklə 0,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/9
tarix06.05.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#108542
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
18-mа’ruza Okean va suv oqimlari energiyasi



18-MА’RUZA: Okean va suv oqimlari energiyasi. 
REJА: 
18.1. Dengiz va okeanlar energiyasi 
18.2. Tо‘lqinlar energiyasi 
18.3. Suvning qalqib kо‘tarilish energiyasi 
18.4. Dengiz oqimlarning energiyasi 
18.5. Okeanning issiqlik energiyasi 
18.1. Dengiz va okeanlar energiyasi 
Dunyo okeanga kelib tushadigan energiyaning asosiy ulushi – uning quyosh nurlanishni yutish 
natijasidir. Bundan tashqari, kosmik jismlar bilan planetaning suv massasi gravitatsiyali о‘zaro ta’siri, 
suvning qalqib kо‘tarilishi, planeta chuqurligidan chiqadigan issiqlik hisobidan okeanga energiya о‘tadi. 
Planetaning butun yuzasidan dunyo okeanning yuzasi 70%-ga yaqin bо‘lib, 360 mln km
2
-ni tashqil 
etadi. Bu yuzaning katta qismi muzdan doimo ozod va quyosh nurlanishni samarali yutib turadi. 
Birinchi metr suvning qalinligida okean suvda quyosh nurlanishdan taxminan 65% yutiladi va 90%-
gacha - un metrli qatlamda yutiladi. Quyi kengliklarda kunduz vaqtida, issiqlik о‘tkazuvchanligi, hamda 
turbulent aralashish jarayonlar hisobidan, suv taxminan 10 m-gacha va bundan qо‘p chuqurligida 
qizdiriladi (quruqlikda qattiq yuzalarda chuqurligi 0,5 m-dan oshmasdan qizdiriladi).
Okeanda tо‘plangan energiyaning bir qismi uzun tо‘lqinli nurlanishlar kо‘rinishda teskari nurlanib 
qaytariladi, chegara qatlamning issiqlik о‘tkazuvchanligi orqali va bug‘lanish tufayli qisman 
atmosferaga о‘tadi. 
Umumiy quyosh nurlanishdan taxminan 2/3 qismi okeanda va quruqlik yuzalarda turli xil 
о‘zgarishlarga uchraydi: 43% issiqliqka aylanadi; 22% bug‘lanishga va yog‘inlarni hosil qilishga 
sarflanadi; daryo, shamol, tо‘lqin, okeandagi turli xil oqimlar harakatiga 0,2% energiya uzatiladi. Qabul 
qilingan umumiy energiyadan taxminan 0,02% fotosintez maxsulotni va qisman qazilma yonilg‘ilarni 
hosil qilishga sarflanadi.

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin