18-ma’ruza Xususiy kapital hisobini tashkil etish va uning vazi
Aktsiyadorlik jamiyatlarida ustav kapitalini shakllantirishni hisobi. Aktsiyadorlik jamiyatlarida aktsiyadorlik sarmoyasi buxgalteriya hisobda ro’yxatga olingan hajmda, biroq hali tugallanmagan emissiya sifatida aks ettiriladi.
1-misol. «Navoiazot» AJ ustavida 100 so’m nominal qiymatga ega bo’lgan 20000 dona oddiy aktsiyalar chiqarish nazarda tutilgan. Aktsiyalarni sotishdan emission daromad 200000 dona. E’lon qilingan aktsiyadorlik kapitaliga quyidagicha provodka beriladi:
Debet 5010-«Milliy valyutadagi pul mablag’lari» yoki Debet 5110-«Hisob-kitob schyoti»-2200000 so’m.
Kredit 4610-«Ustav kapitaliga qo’yilmalar bo’yicha ta’sischilarga qarz»-2000000 so’m.
Kredit 8410-«Emission daromad»-200000 so’m.
Aktsiyalarga to’lovlar aktivlarni berish yo’li bilan ham uzilishi mumkin.
2-misol. Ta’sischi aktsiya qiymati evaziga avval foydalanishda bo’lgan «Lasetti» rusumli sedan avtomashinasini ustav kapitaliga hissa tariqasida kiritdi. Ta’sischilar o’zaro kelishib, aktsiyadorga ushbu transport vositasi uchun 1000 ta oddiy aktsiya berishdi, aktsiyalarning nominal qiymati 200 so’m, bozor qiymati 250 so’m.
Mazkur holatda aktsionerlik jamiyati hisobidagi transport vositasining qiymati-250000 so’m (250 x 1000) bo’ladi.
Aktsionerlik jamiyati mol-mulkidagi aktsiyador ulushi-200 x 1000 = 200000 so’mga teng bo’ladi. Aktsiyalarning bozor va nominal qiymatlari orasidagi 50000 (250000-200000) so’m farq emission daromadni tashkil qiladi. Ushbu xo’jalik muomalasiga quyidagicha provodka beriladi:
Debet 0160-«Transport vositalari»-250000 so’m
Kredit 4610-«Ustav kapitaliga qo’yilmalar bo’yicha ta’sischilarga qarz»-200000 so’m
Kredit 8410-«Emission daromad»-50000 so’m
Aktsiyalar nominal qiymatini oshirish yoki qo’shimcha aktsiyalarni joylashtirish yo’li bilan aktsionerlik jamiyati ustav kapitalini oshirish, aktsiyalar nominal qiymatini kamaytirish yoki ularning umumiy sonini qisqartirish, shu jumladan, aktsiyalarning ma’lum qismini so’ndirish yo’li bilan aktsiyadorlik jamiyatning o’zi sotib olishi orqali ustav kapitalini qisqartirish amalga oshiriladi.