3-TOPSHIRIQ Quyidagi keltirilgan fanga doir atamalarga qisqacha ta’rif yozing.
Real sektor - bu…
Real sektor iqtisodiyoti tarkibi bu – milliy iqtisodiyotdagi tovar va xizmatlar ko’rsatuvchi turli tarmoq va sohalar yig’indisidan iborat bo’lib, ular o’zaro aloqada va bog’liqlikda iqtisodiy faoliyatda bo’ladilar. Iqtisodiyotda real sektorning samarali faoliyat yuritishida moliyaviy sektor muhim o’rin egallaydi
Moliyaviy sektor – bu…
Moliyaviy sektor bu – qarz olish va uni qaytarish bilan bog’liq bo’lgan amaliyotni ijro qiladigan vositalar va institutlar to’plamidir. Moliyaviy tizim mulk egaligini kapitaldan ajratish imkoniyatini beradi. Moliyaviy sektorga banklar, sug’urta kompaniyalari, fond birjalari, moliyaviy investitsiya kompaniyalari, lombardlar va boshqa moliyaviy institutlar kiritiladi.
Xususiy investitsiyalar – bular…
Xususiy investitsiyalar — xususiy, korporativ xo’jalik va tashkilotlar, fuqarolar mablag’lari, shu jumladan, shaxsiy va jalb qilingan mablag’lar hisobidan qo’yiladi.