1918 – 1939-YILLARDA
YAPONIYA
Reja:
1. Iqtisodiy va siyosiy rivojlanishi
.
2. Tashqi siyosat.
Tayanch iboralar
• Militarizatsiya – jamiyatning iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotini
harbiy maqsadlarga bo‘ysundirish.
• Byurokratiya – xalqdan ajralib qolgan, hukmron guruh manfaatlarini
himoya qiluvchi ma’muriyatchilik boshqaruv tizimi
.
Yaponiya
• Yaponiya (yaponcha 日本 Nippon,
Nihon) — Sharqiy Osiyoda, Tinch
okeandagi
orollarda
joylashgan
davlat.
Yaponiya
hududida
6,8
mingga
yaqin
orol
boʻlib,
shimolisharqdan
janubigʻarbga
qariyb 9.13ming km ga choʻzilgan;
eng
yirik
orollari:
Hokkaydo,
Honshu,
Sekoku
va
Kyushu.
Shimolidan Oxota dengizi, sharq va
janubi-sharqdan
Tinch
okean,
gʻarbdan Yapon va Sharqiy Xitoy
dengizlari bilan oʻralgan.
• Maydon 377,8 ming km². Poytaxti
— Tokio shahri Yaponiya maʼmuriy
jihatdan 47 prefekturaga boʻlinadi.
Iqtisodiy va siyosiy rivojlanishi.
• XX asr boshlarida Yaponiya
jahonning yetakchi davlatlariga
qaram bo‘lib qolmagan, nisbatan
yuqori darajadagi iqtisodiy va
harbiy
rivojlanishga
erishgan
Osiyo
mintaqasidagi
yagona
davlat edi.
• Birinchi
jahon
urushining
yakunlanishi Yaponiyada oziq-
ovqat
mahsulotlarining
qimmatlashuvi,
oddiy
kishilarning hayotiga katta ta’sir
ko‘rsatdi.
Norozilik
kuchayib
bordi.
Yaponiya harbiy kemalari
Yaponiyaning
hududlari
Iqtisodiy va siyosiy rivojlanishi.
• 1920-yillar o‘rtalariga kelib
mamlakatda sanoat to‘ntarishi yuz
berdi. 1925-yili sanoat
mahsulotlari ishlab chiqarish
darajasi 1919-yilgi darajasidan
oshib ketdi.
• Konsentratsiyalash jarayoni davom
etdi.
• Monopolistik kapital xalq xo‘jaligi
egalladi.
• Og‘ir sanoatda «Mitsubisi» va
«Sumitomo» konsernlari o‘z
pozitsiyasini mustahkamlab oldi.
Iqtisodiy va siyosiy rivojlanishi.
• 1929 – 1933-yillardagi jahon iqtisodiy inqirozi
yapon iqtisodiyotiga katta zarar keltirdi:
• Ish haqining pastligi tufayli ichki bozor juda sust,
tashqi bozorda esa yapon mahsulotlari sifatining
pastligi tufayli ular raqobatbardosh emasdi.
Katsura_Taro – imperator armiyasi
generali, bosh vazir
imperator
Iqtisodiy va siyosiy rivojlanishi.
• Yaponiya hukumati inqirozdan chiqishning
yo‘li sifatida iqtisodni militarizatsiyalash va
tajovuzkorlikni
tanladi. Yaponiya
Xitoyni,
Uzoq Sharqni, keyin esa butun Osiyoni bosib
olishni,
Tinch
okeani
havzasida
o‘z
hukmronligini o‘rnatishni rejalashtirayotgan
edi.
Iqtisodiy va siyosiy rivojlanishi.
• 1920-yillarda yangi siyosiy partiyalarning paydo bo‘lishi hamda saylovchilar
sonini asta-sekin oshirib borgan qator islohotlar bilan xarakterlanadi.
• 1925-yildan
sovet-yapon
munosabatlari
yo‘lga
qo‘yilib,
bu
iqtisodiy
hamkorlikning rivojlan ishida va yapon qo‘shinlarining Shimoliy Saxalindan olib
chiqib ketilishida aks etdi.
• 1920-yillar oxiriga kelib hukumatda harbiylarnng roli kuchaydi va so‘l kuchlar
quvg‘in ostiga olindi. Mamlakatda harbiylar, ayniqsa, «Yosh ofitserlar» deb
ataluvchi radikal kayfi yatdagi guruhlar ta’siri keskin kuchaydi.
Iqtisodiy va siyosiy rivojlanishi.
• ko‘ppartiyali parlament tizimidan voz kechildi,
mamlakatda diktatura o‘rnatildi, tashqi siyosiy
ekspansiyani kuchaytiridi
• Hukumat boshlig‘i general Giiti Tanaka ham ular
tomonida bo‘ldi va bu 1920-yillar oxiri 1930-
yillar boshlarida «Yosh ofitserlar» tomonidan bir
qator siyosiy terrorlar amalga oshirilishiga va,
hatto, 1932-yil mayda isyon ko‘tarilishiga olib
keldi. Isyon muvaffaqiyat qozonmadi, ammo
Yaponiya
«Yosh
ofitserlar»
ta’siri
ostida
bosqinchilik yo‘lidan jadal ketdi.
Iqtisodiy va siyosiy rivojlanishi.
• «Yangi siyosiy tizim» deganda, jamiyat ustidan
harbiy-davlat byurokratiyasining qattiq siyosiy
nazorati tushunilar edi.
Yaponiyadagi totalitar tuzumqaror topdi:
• parlament demokratiyasi bekor qilindi
• iqtisod to‘liq davlat nazorati ostiga o‘tdi
• yapon millatining buyukligi to‘g‘risidagi g‘oyalar
singdirildi.
Vashington konferensiyasi
Tashqi siyosat.
• Yaponiyada totalitar rejim 1931-yili Xitoyning
Manchjuriya provinsiyasining bosib olinishiga va bu
yerda yaponlar tomonidan Man chjouGo qo‘g‘irchoq
davlatining tuzilishiga olib keldi. Yaponiya 1933-yili
Millatlar Ligasidan chiqdi.
Manchjuriya
davlat ramzari
Tashqi siyosat.
• 1936-yil noyabrda Yaponiya va Germaniya antikomintern pakti deb
ataluvchi hujjatni imzoladi va 1937-yili unga Italiya ham qo‘shildi.
Shu tariqa «Berlin
– Rim – Tokio» uchburchagi deb ataluvchi
tajovuzkor davlatlar ittifoqi vujudga keldi. 1937-yil yozida yaponlar
Xitoyga qarshi urush boshlab yubordi. 1938-yili general Fumimaro
Konoe hukumati mamlakatning vazifasi Sharqiy Osiyoda yangi tartib
o‘rnatish ekanligini e’lon qildi.
Tashqi siyosat.
• 1938-yil iyul – avgust oylarida SSSRning Uzoq Sharqdagi Hasan ko‘li atrofida
sovet-yapon chegara mojarosi keng ko‘lamli urush harakatlariga aylanib ketdi.
yaponlar SSSR hududidan quvib chiqarildi.
• 1939-yil mayda yaponlar Xalxin-Gol daryosi yonida Mo‘g‘uliston hududiga
bostirib kirdi.
• 1939-yil sentabrgacha davom etgan urush ham yaponlarning mag‘lubiyati bilan
tugadi.
• 1941-yil 5-aprelda Yaponiya SSSR bilan neytralitet haqida paktni imzoladi.
Uyga vazifa
• 1. Birinchi jahon urushi Yaponiya uchun qanday natijalar bilan yakunlandi?
• 2. Yaponiyadagi «Yosh ofitserlar» isyoni siyosiy rejim va tashqi siyosatda
qanday o‘zgarishlarga olib keldi?
• 3. Yaponiyadagi totalitar rejimning o‘ziga xos jihatlari nimalardan iborat
edi?
• 4. Birinchi jahon urushi Yaponiyaning iqtisodiy rivojlanishiga, urushdan
keyingi iqtisodiy inqirozga va 1920-yillar o‘rtalaridagi sanoat to‘ntarishiga
qanday ta’sir ko‘rsatdi?
• 5. Nima uchun Yaponiya tashqi siyosatda tajovuzkorlik va Yevropadagi
fashistik davlatlar bilan yaqinlashish yo‘lidan bordi?
• Xaritadan Yaponiyaning Xitoyga qo‘shin kiritish yo‘nalishini aniqlang va
izoh yozing.
Dostları ilə paylaş: |