1,Adabiyot (Bolalar adabiyoti) fanining maqsad va vazifalari


,Alisher Navoiy va Gulxaniy ijodida ta'lim-tarbiya masalasi



Yüklə 124,17 Kb.
səhifə9/27
tarix03.02.2023
ölçüsü124,17 Kb.
#82720
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   27
1,Adabiyot (Bolalar adabiyoti) fanining maqsad va vazifalari

4,Alisher Navoiy va Gulxaniy ijodida ta'lim-tarbiya masalasi
ALISHER NAVOIY
(1441-1501)
O`zbek xalqining ulug` mutafakkiri, ma’rifatparvari va buyuk shoiri Alisher Navoiy yoshlarni tarbiyalash ishiga alohida e’tibor berdi. U bolalarni ilm-hunarni, mehnatni sevishga undab, o`rganilgan ilm va hunarni xalq, vatan yo`lida sarf qilish zarurligini uqtiradi.
Alisher Navoiy ilm, ma’rifat haqida ajoyib fikrlarni olg’a surdi. U aql, ilm-insonning eng go`zal va zaruriy fazilatlaridan biri, har bir kishining eng muhim burchi ilm olishdir, deb hisoblaydi. Navoiyning fikricha, ilm-fanni egallash uchun yoshlikdan boshlab astoydil o`qish-o`rganish kerak. “Yoshligingda yig’gil bilimni, qarigach sarf qilg`il ani”, - degan shoirning o`zi ham juda yoshligidan ta’lim oladi, o`qishga beriladi. U yoshligidanoq ko`p she’rlarni yod bilgan, jumladan, Farididdin Attorning “Mantiq ut-tayr” (“Qush nutqi”) asarini bolalik chog`laridayoq qayta-qayta o`qib, yod olgan. Alisher Navoiy Astrobodda surgunda yurganida, podsho Husayn Boyqaroga yozgan xatida o`g`il va qiz bolalar uchun maktablar ochishni talab qiladi, shaxsan o`zi madrasalar qurishda tashabbus ko`rsatgani buning yaqqol dalilidir. Navoiyning fikricha, maktab xalqqa nur keltiradi, unga to`g`ri yo`l ko`rsatadi, bolalarni bilimli qiladi. U o`zining “Ixlosiya” madrasasi yonida maktab ochib, bolalarni o`qitish va tarbiyalash uchun zarur sharoit yaratib, buning uchun lozim bo`lgan mablag` ajratadi.
Navoiy dars beruvchini quyoshga o`xshatadi va bu quyosh o`z atrofidagi yulduzlarga nur sochadi, ya’ni mudarris «abjadxonalar»ga, hali ilmdan bexabar bo`lgan toliblarga ilm nurini sochadi, ma’rifat beradi, deydi.
Alisher Navoiy ta’lim-tarbiya to`g`risidagi fikrlarini o`zi yaratgan badiiy asarlarida ko`proq barkamol insonni ifodalovchi ijobiy obrazlar yaratish orqali bayon qiladi. Ilm-ma’rifat, axloq-odob masalalariga doir fikrlarini esa ilmiy-falsafiy va didaktik asarlarda bayon qiladi. Navoiy aql kuchiga cheksiz ishonadi, komil ishonch bilan ilm-fanning xislati juda katta, deb hisoblaydi.
Buyuk so`z san’atkori va mutafakkiri o`zining bir qancha asarlarida bolalar tarbiyasiga oid fikrlarini aytish bilangina kifoyalanib qolmasdan, balki “Hayratul-abror”, “Farhod va Shirin”, “Layli va Majnun” kabi dostonlarining ayrim boblarini shu masalaga bag`ishlaydi. “Hayratul-abror” (“Yaxshi kishilarning hayratlanishi”) falsafiy-ta’limiy dostondir. Navoiy bu asarida o`zining falsafiy, ijtimoiy-siyosiy hamda kishilarga ta’lim - o`git berish masalalariga katta e’tibor beradi. Dostonda zolim hukmdorlarni qoralab, ikkiyuzlamachi, riyokor ruhoniylarning sir-asrorlarini keskin fosh etadi. Xususan, shoir saxiylik, odob va kamtarlik, ota-onaga hurmat, rostgo`ylik va to`g`rilik, ilmning foydasi va kambag’al bu yo`lda chekkan azoblari haqida batafsil to`xtalib o`tadi.
“Hayratul-abror” asarining bir necha boblari odob-axloq va ta’lim-tarbiya masalasiga bag`ishlangan. Navoiy bu dostonning oltinchi maqolatida odob va kamtarlikni ulug`lab, ta’lim-tarbiyaga doir qimmatli fikr-mulohazalarini bayon qilishi bilan birga takabbur va odobsiz kishilarni qattiq qoralaydi. Shoir dostonning bu maqolatida bola tarbiyasi, uni o`stirish, o`qitish va balog`atga etkazish hamda bu borada ota-onalarning vazifalari haqida batafsil fikr yuritadi. Shoir yoshlarni ota-onaning xizmatini bajarishga, ularni hurmat qilishga, ularga nisbatan hamisha mehr-muhabbatli bo`lishga chaqiradi, ota-onani oy va quyosh, deb ta’riflaydi:
“Hayratul-abror”ning o`ninchi maqolati rostgo`ylik, halollik va to`g`rilikka bag`ishlangan. Navoiy to`g`rilik va rostgo`ylikni ulug`lash bilan kishilarni rostgo`y va to`g`ri bo`lishga chaqiradi, yolg`onchilik va egrilikning zararli oqibatlarini keskin fosh etadi. Shoir yolg`on so`zlashning yomon oqibatini “Sher bilan Durroj” masalida ovchining tuzog’iga tushgan Durroj obrazi orqali bayon qiladi.
Dostonning o`n birinchi maqolatida Navoiy ilm-fanga, ilm ahliga yuksak baho beradi, kishilarni ilm olishga, olimlarni izzat-hurmat qilishga chaqiradi. Shu bilan birga shoir o`sha davrda mehnatkash va musofir talabalarning ilm olish yo`lida chekkan azoblaridan, ilm-fan egalarining muhtojlikda yashaganlaridan afsus-nadomatlar chekadi.
Navoiy ilmdan amaliy ishlar uchun foydalanish zarurligini ta’kidlaydi:
Navoiyning yaramas odat va xulq-atvorlarni shafqatsiz qoralashi, olijanob insoniy fazilatlarni qadrlashi, bolalarni o`qish, o`rganish va yuksak odobli, a’lo xulqli bo`lishga chaqirishi katta ahamiyatga ega bo`lib, bolalar adabiyotining shakllanishida juda muhimdir. Uning bir qator axloqiy-ta’limiy qarashlari hozirgi kunda ham o`z qadr-qimmatini saqlab kelmoqda.
“Farhod va Shirin” dostonida shoir chin sevgi va vafo, do`stlik va sadoqat, mehnat va ijodkorlik, vatanparvarlik hamda qahramonlik g`oyalarini tarannum etadi. Doston yoshlar va bolalarga atab yozilmagan, lekin asarning ko`pgina boblari bolalar va yoshlar hayotiga, ularning tarbiyasiga bag`ishlangandir. Shoir dostonda Farhodning bolalik chog`laridanoq ilm-hunarga, mehnatga bo`lgan muhabbatini zo`r mahorat va chuqur samimiyat bilan tasvirlagan. Bu Navoiyning bola tarbiyasiga va uning bilim olishiga katta e’tibor bilan qaraganligini ko`rsatadi.
Farhod yoshlik chog`idanoq juda aqlli, zehnli bola bo`lib o`sadi. U maktabda zo`r havas va qunt bilan o`qiydi. Tabiiyot, matematika, mantiq kabi fanlarni tez orada o`rganib oladi. Yosh Farhodning ilmga bo`lgan havas va muhabbatini sezgan ota-onasi unga bilim berishni munosib ko`radi. Jahonning mashhur olimlari Farhodga turli fanlardan saboq beradilar. Natijada eng murakkab va pinhoniy ilmlar unga o`z sir-asrorini to`liq namoyon etadi. U qunt va chidam bilan o`qib, bilimdon va zukko inson bo`lib yetishadi. Shoir Farhod hayotini bunday jonli lavhalarda tasvirlash orqali bolalar tarbiyasiga alohida e’tibor berishga chaqiradi, ularni yoshligidan boshlab o`qitish zarurligini, bunda ota-onaning roli nihoyatda katta ekanligini, bolalarga dunyoviy ilmlarni berish muhimligini ta’kidlaydi.
Farhod qaysi fanni o`qimasin, uni darrov tushunib oluvchi qobiliyat egasi sifatida tasvirlanadi:
yoqlash bilan boshqa navkarlarni ham ana shunday ish ko`rishga da`vat etadi:

Yüklə 124,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin