1.”Demokratiya” tushunchasi.
2.Demokratiyaning amal qilish mexanizmlari.
3. O’zbekiston Respublikasida demokratlashtirish jarayonining xususiyatlari
4. Ommaviy axborot vositalarining jamiyatni demokratlashtirishdagi roli
1. Demokratiya (yunoncha demos – xalq va kratos – hokimiyat) –
1) fuqarolar erkinligi va tengligi tamoyili asosida Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlangan xalq hokimiyatining shakli;
2) amalda o‘rnatilgan va yuzaga chiqarilgan erkin, adolatli jamiyat va davlatni anglatuvchi siyosiy tushuncha.
Tarixiy taraqqiyot jarayonida “demokratiya” tushunchasi shaklan va mazmunan boyib, takomillashib kelgan. Bu jarayon bugungi kunda ham davom etmoqda. Zero, demokratiya eng rivojlangan davlatlarda ham yuqori takomil nuqtasiga, ideal darajasiga yetgani yo‘q. Chunki demokratiya bosqichma-bosqich rivojlanadigan jarayon bo‘lib, har bir millat va jamiyat, har bir davrda uni tushunish, talqin etish va amaliyotda qo‘llashda o‘ziga xos xususiyatlar namoyon bo‘ladi. Bu o‘ziga xoslik xalqning bosib o‘tgan tarixiy yo‘li, milliy mentaliteti, an’analari, amaldagi ijtimoiy munosabatlarning xarakteri kabi omillar bilan belgilanadi. Demokratiya xarakterini belgilovchi umumiy mezonlar ham bor. Bu demokratiya tamoyillariga rioya qilinishi, demokratik qonunlarning mavjudligi va ular asosidagi demokratik institutlar faoliyati bilan bog‘liqdir.
2.
Demokratiya, mohiyatan, insonning har tomonlama kamol topishi uchun berilgan imkoniyat, shaxs bilan jamiyat manfaatlari o‘rtasidagi uyg‘unlikni ta’minlovchi omildir. Ayni paytda demokratiya qabul qilingan qonunlar, amaldagi tartib-qoidalar yordamida shaxs hayoti va faoliyatini tartibga soluvchi mexanizm hamdir. Bugungi kunda ko‘plab mamlakatlarda demokratiya jamiyatning yashash tarziga aylanib qolgan. Odatda, vakillik demokratiyasi va bevosita demokratiya bir-biridan farqlanadi. Vakillik demokratiyasida fuqarolar qonunchilik, ijroiya va boshqa funksiyalarni bajaruvchi organlarni saylaydi, ammo bu funksiyalarni amalga oshirishda bevosita ishtirok etmaydi. Bevosita demokratiya shaklida esa fuqarolar turli masalalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘zlari hal qilish huquqiga ega bo‘ladi. Saylovlar bevosita demokratiyani yaqqol namoyon etuvchi muhim siyosiy tadbir sanaladi. Demokratiya asosida qiziqish, intilish manfaatlarni muvofiqlashtirish, murosaga keltirish va kelishish siyosati yotadi. Shu ma’noda, demokratiya jamiyatdagi kuchlarni birlashtirishga, uni mamlakat taraqqiyoti uchun safarbar qilishga xizmat qiladi. Demokratiya insoniyat bugungi kungacha qo‘llab kelgan, ijtimoiy muammolarni hal etishning eng oqilona yo‘li sifatida e’tirof etilgan. Tarixiy jihatdan demokratiyaning boshlanish nuqtasi ham, tutash nuqtasi ham yo‘q. Kishilik jamiyati paydo bo‘lganidanoq, demokratiya kurtaklari paydo bo‘lgan, hatto, eng taraqqiy etgan mamlakatlarda ham u o‘zining ideal darajasiga yetgani yo‘q. Demokratiyani bo‘g‘ish, unga raxna solish mumkin, lekin butunlay yo‘q qilib bo‘lmaydi. Har qanday davrning, har qanday jamiyatning va har qanday xalqning o‘ziga xos demokratiyasi bo‘ladi. Ya’ni, demokratik tamoyillarni belgilashda jamiyatning obyektiv va subyektiv shart-sharoitlari asosida shakllangan, xalqning, millatning ijtimoiy ongi va psixologiyasi hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.
2.Demokratik davlat xalq hokimyatchiligini amalga oshirishning real mexanizmi hisoblanadi.Bu Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyaysi qoidalarida ham o’z ifodasini topgan.Chunonchi ,mazkur muhim xalqaro hujjatning 21-moddasida Xalq irodasi hukumat hokimyatining asosi bo’lishi, bu iroda davriy va soxtalashtirilmagan,yalpi va teng saylov huquqidan, yashirin ovoz berish yo’li bilan yoki ovoz berish erkinligini ta’minlaydigan boshqa teng qiymatli shakllar vositasida o’tkaziladigan saylovlarda o’z aksini topishi lozimligi belgilab qo’yilgan
3. )0 'zbekiston Respublikasida demokratlashtirish
jarayonining xususiyatlari.
Mustaqillik qo'lga kiritilgach, otish davrida bajarilishi zarur bo'lgan vazifalami hayotga tatbiq etishda
ko'pgina ijobiy ishlar qilindi. Biroq tadqiqotchilarning
qayd etishlaricha, bu masalada hali yechimini kutayotgan muammolar to 'la bartaraf etilgani yo'q.
Jumladan, «Demokratiya boshqaruv tizimi bilan xalq
o'rtasida vertikal emas, balki gorizontal munosabatlar bo'lishini, m a'muriy shaxsning oddiy fuqaro bilan
muloqoti konstitutsiyaviy asosda va maqomda
bo'lishini taqozo etadi. Boshqaruv tizimidagi
byurokratiya, m a' muriy-buyruqbozlik o'z-o' zidan
emas, balki muayyan ijtimoiy muhit zaminida shakllanadi. Shuning uchun byurokratiya, m a'muriy buyruqbozlikning saqlanib qolishida faqat boshqaruv
tizimi xodimlar-ini —hokimlar, vazirlar va boshqa ijro
hokimiyati namoyandalarinigina qoralash insofdan
bo'lmaydi. Fuqarolar siyosiy ongining nochorligi,
huquqiy madaniyat va bilimdonlikning zaifligi ham
bunda muayyan rol o'ynamoqda. Buning real sabablari mavjud. Birinchidan, sobiq tuzum ko pchilik ongida
davlat xalqdan ustun turuvchi, xalq taqdirini
belgilovchi benuqson kuch, degan tushunchani shakllantirgan edi. Ikkinchidan, davlat idoralarida ishlash moddiy va m a'naviy jihatdan imtiyozlarga ega
bo'lis imkoniyatlarini yaratgandi. Mansabparastlik
mutasaddi qatlamlarda tarbiyaning o'zak prinsiplaridan
biriga aylangan edi. nmoqda. Demokratik davlat
boshqaruvi talablari parlamentning roli va ta'sirini kuchaytirishni, hokimiyatning qonunchilik, ijro va sud
tarmolari o rtasida yanada mutanosib va barqaror
muvozanatga erishishni, nodavlat tashkilotlari va
uyushmalari mavqeyining oshib borishini,
davlatchiligimiz rivojlana borgan sari boshqaruvning
turli xil vazifalarini bevosita xalqqa topshirish
4. Mustaqillikka erishgandan so’ng ijtimoiy hayotning ijtimoiy hayotning boshqa sohalari qatoriommaviy axborot vositalariga ham yangicha munosabat vujudga keldi. Buning boisi shunda ediki, o’ziga xos, o’ziga mos yangi jamiyat ommaviy axborot vositalari oldiga yangi vazifalarni qo’ymoqda edi.
Bular yangi jamiyatning mohiyati, yuz berayotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlar mazmuni haqida ommaga toliqroq tushuncha berish, istiqloldek muqaddas ne’matning olamshumil ahamyatini adolatli va demokratik jamiyat qurish hamda uning ravnaqi uchun kamarbasta bo’lish zarurligini har bir fuqaro onggiga yetkazishdan iborat edi. Yangilanayotgan ijtimoiy- siyosiy, madaniy-ma’naviy jarayonlarni hayotga tatbiq etishda faol ishtirok etishga da’vat qilish, ularni ommaviy safarbarlikka chorlash darkor edi.
Mustaqillikning milliy qadiryat sifatida e’zozlanishi, uni yangidan yangi mazmun bilan boyitish uchun keng jamoatchilik fikrini uyg’otish tub islohotlar samarasini oshirishning yetakchi omillaridan biridir.
Ma’lumki, matbuot hamma vaqt rivojlanishning har bir bosqichida o’zi yashab turgan jamiyatning manfaati uchun xizmat qilgan, uning maqsadi va intilishlarini targ’ib qilgan, yoqlab chiqqan, Zotan, haqiqiy xalqchil matbuotning vazifasi ana shundan iborat bo’lmog’I lozim. Afsuski, sho’rolar tuzumi davrida matbuot yakkayu yagona kommunistik mafkura g’oyalarini targ’ib qilgan, uning rahnomalari yol-yoriqlar asosida ish tutgan, ular topshirig’ini bajargan
Dostları ilə paylaş: |