1–ma’ruza. Elektr tokining inson organizmiga ta’siri


Elektr tokining inson organizmiga ta’sirining xilma-xilligidan kelib



Yüklə 1,18 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/8
tarix16.10.2023
ölçüsü1,18 Mb.
#156391
1   2   3   4   5   6   7   8
RDxeL3n0xau56D8eftJLfqEpZjdINNSbxqRTGHII

Elektr tokining inson organizmiga ta’sirining xilma-xilligidan kelib
chiqib, umuman elektr toki ta’sirini ikki guruhga bo‘lib qarash mumkin:
mahalliy elektr tok tasiri va urishi.

Mahalliy elektr toki ta’siriga: elektr toki ta’siri natijasida kuyib qolish,
elektr belgilari hosil bo‘lishi terining metallanib qolishini ko‘rsatishi
mumkin. Elektr toki ta’siridan kuyish, asosan organizm bilan elektr
o‘tkazgichi o‘rtasida volta yoyi hosil bo‘lganda sodir bo‘ladi. Elektr
o‘tkazgichdagi kuchlanishning ta’siriga qarab bunday kuyish turlicha bo‘lishi
mumkin. Engil kuyish pufakchalar hosil bo‘lishi, og‘ir kuyish hujayra va
terilarning ko‘mirga aylanishi bilan o‘tib, og‘ir asoratlarga olib kelishi
mumkin. Elektr belgilari bu terining ustki qismida aniq kulrang-och-sarg‘ish
rangli 1-5 mm dimetrdagi belgi paydo bo‘lishi bilan bog‘liq. Bunday belgilar
odatda xavfli emas. Terining metallanib qolishi ham odatda erib mayda
zarrachalarga parchalanib ketgan metall teri ichiga kirib qoladi. Bu holat ham
elektr yoyi hosil bo‘lganda ro‘y beradi. Ma’lum vaqt o‘tgandan keyin bu teri
ko‘chib tushib ketadi va hech qanday asorat qoldirmaydi.



I - muskullar keskin qisqarilishi natijasida odam tok
ta’siridan chiqib ketadi va hushini yo‘qotmaydi;

II - muskullar keskin qisqarishi natijasida odam hushini
yo‘qotadi, ammo yurak va nafas olish faoliyati ishlab turadi;

III - muskullar keskin qisqarishi natijasida odam hushini
yo‘qotib, nafas olish tizimi yoki yurak urishi to‘xtab qoladi.

IV - klinik o‘lim holati, bunga insonga hech qanday
hayot alomatlari ko‘rinmay qoladi.


Klinik o‘lim holati

B
u hayot bilan o‘lim orasidagi ma’lum oraliq bo‘lib, ma’lum vaqtgacha
inson ichki imkoniyatlar hisobiga yashab turadi. Bu vaqtda unda hayot
belgilari: ya’ni nafas olish, qon aylanish bo‘lmaydi, tashqi ta’sirlarga farqsiz
bo‘ladi, og‘riq sezmaydi, ko‘z qorachug‘i kengaygan va yorug‘likni
sezmaydi. Ammo bu davrda hali undagi hayot butunlay so‘nmagan,
hujayralarda ma’lum modda almashinuv jarayonlari davom etadi va bu
organizmning minimal hayot faoliyatini davom ettirishga etarli bo‘ladi,
buning
uchun
tashqi
ta’sir natijasida hayot faoliyatini yo‘qotgan
organizmning bazi bir qismlarini tiklash natijasida uni hayotga qaytarish
imkoniyati bor.


Yüklə 1,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin