1,Ta’lim tizimi va turlari


Sug’diyona va Baqtriya davlatlarida ta’lim- tarbiyaning o’ziga xosliklarini ochishga doir Venn diagrammasi topshirig’i



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə123/148
tarix05.12.2022
ölçüsü0,99 Mb.
#72435
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   148
1,Ta’lim tizimi va turlari

Sug’diyona va Baqtriya davlatlarida ta’lim- tarbiyaning o’ziga xosliklarini ochishga doir Venn diagrammasi topshirig’i
Quyida keltirilgan diagramma bilan tarnishing. Sug’diyona va Baqtriya davlatlarida ta’lim- tarbiyaning o’ziga xosliklarini diagrammaning kesishmaydigan joylariga yozing. Doiralarning kesishgan joyida ikkita fan uchun ham umumiy ma’lumotni yozing.
Sug’diyona

Eramizdan oldingi birinchi ming yillik o’rtalariga kelib, oromiy yozuvi negizida Avesto, Xorazm, So’g’d, Kushon, Run (Urxun-yenisey), uyg’ur va boshqa yozuvlar paydo bo’ladi va ta'lim-tarbiyaning rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Ana shu davrga kelib, ibtidoiy jamoa bo’lib yashash an'anasi asta-sekin rivojlana bordi, jahon madaniyatida inmoniyat tarixida muhim ahamiyatga ega bo’lgan kashfiyotlar yaratildi. Xitoyda qog’ozning ixtiro etilishi, Hindistonda hisoblash, o’nlik sonlar tizimining paydo bo’lishi, Mesopotamiyada yer kurrasining 154 graduslarga, sutkani soatlarga, minut va sekundlarga bo’lishning o’ylab topilishi, Markaziy Osiyoda O’rta dengiz bilan Hindistonni o’zaro bog’lovchi karvon yo’lining vujudga kelishi, keyinchalik Xitoydan Markaziy Osiyo orqali O’rta dengizga Buyuk ipak yo’lining ochilishi kabi voqyealar mazkur hududlarda yashovchi xalqlar madaniyatining rivojlanishi va yozuvning tarqalishiga sabab bo’ladi. Demak, eramizning boshlarida hozirgi Markaziy Osiyo hududida biz yuqorida sanab o’tgan oromiy, yunon va forsiy mixxat alifbosi asosida shakllangan Xorazm, So’g’d, Baqtriya yozuvlari qo’llanilgan.




Xalq maktablari, san’at maktablari

Eramizdan oldin taxminan 484(480)—431(425) yillarda yashagan yunon tarixchisi Gerodotning Tarix kitobida qadimgi forslar, saklar, massagetlarning ta'lim-tarbiya tarziga oid muhim ma'lumotlar berilgan. Forslarning eng sharaflaydigan narsasi jasurlikdir, - deydi olim. Shunga ko’ra ular ko’proq o’g’il bolalardan faxrlanganlar. Podshoh ham kimning o’g’li ko’p bo’lsa, unga har yili sovg’a-salomlar yuborgan. Bundan tashqari bolalarning yoshiga ham e'tibor berishgan. O’g’il bolalarni besh yoshdan yigirma yoshigacha faqat uch narsaga: otda yurish, kamondan otish, to’g’ri so’zlikka o’rgatilgan. Bolani besh yoshgacha otasiga ko’rsatmaganlar, u ayollar tarbiyasida bo’lgan. Mabodo o’gil bola vafot etsa, otasining qayg’urmasligi uchun shunday qilganlar. O’g’illar hyech qachon ota-onasiga nisbatan hurmatsizlik qilmaganlar. Ular bunday holatni faqat nikohsiz tug’ilgan yoki tashlandiq bolalardangina kutish mumkin, deb hisoblaganlar. Bundan tashqari, Gerodot forslar uchun yolg’onchilik va qarzdor bo’lish sharmandalik hisoblangan, deydi. Ular daryolarni muqaddas sanaganlar. Shu bois daryo suviga tupurmaganlar, hatto qo’l yuvmaganlar1 . Gerodotning ushbu ma'lumotlaridan ko’rinib turibdiki, bizning ajdodlarimiz o’g’il farzandlarini jasoratli, o’z vatanining haqiqiy himoyachisi, kuchli va botir inson etib tarbiyalashga katta e'tibor berganlar. Yigitlar va erkaklargina emas, hatto ayollarning ham jasorat ko’rsatganlari borasidagi fikrlar yunon faylasuflari tomonidan yozib qoldirilgan. Masalan, Plutarx fors ayollari haqida gapirib, shunday voqyeani keltiradi: podshoh Kir forslarni shoh Astiag boshliq midiyaliklarga qarshi kurashga otlantirganda, ular jangda mag’lub bo’ladilar. Fors jangchilari shaharga qarab qocha boshlaydilar. Dushman ularni quvib, shaharga bostirib kirishiga yaqin qolganda, darvozadan ularga qarshi ayollar chiqib keladilar va yoqavayron holda shovqin ko’taradilar: ―Ey, noinsof bandalar, qayoqqa qochmoqchisizlar? Endi siz dunyoga kelgan joyingizga qaytib yashirina olmaysizlar-ku! Forslar ayollarning bu hatti-harakatiga dosh bera olmay, qaytib jangga tashlanadilar va dushmanni orqaga chekinishga majbur etadilar. Bu voqyeaga xotira sifatida Kir shunday qonun ta'sis etadi: Bu shaharga qaysi shoh qadam qo’ysa, har bir ayolga bittadan oltin sovg’a qilsin . Yuqoridagi misollardan ko’rinib turibdiki, mavjud holatlar hamda shart-sharoitning o’zi yoshlarga otda yurish, kamondan otish borasidagi bilimlarni o’rgatish, shuningdek, ularda jasurlik, to’g’rilik va botirlik xislatlarini tarbiyalash lozimligini taqozo etggan. Shu bois qadimgi ajdodlarimiz bolalarni o’z xalqining erki va yurt mustaqilligining himoyachilari etib tarbiyalaganlar. Plutarxning yana bir o’rinda qayd etishicha, Aleksandr Makedonskiy yerli xalqlarga yaqinlashish maqsadida makedoniyaliklar bilan mahalliy xalqlarning urfodatlarini o’zaro uyg’unlashtirishga harakat qilgan. Shu maqsadda u o’ttiz ming bolani ajratib olib, yunon tili va makedoniyaliklarga xos bo’lgan harbiy san'at sirlarini o’rgatishga buyruq bergan. Ana shu maqsadni amalga oshirishga juda ko’p murabbiylar tayinlangan. Yunon alifbosining keyinchalik bu yurtda qabul qilinishi o’sha davrda ko’plab maktablar ochilgani hamda unda yerli aholi farzandlari ham o’qitilganidan dalolat beradi. So’g’d yozma yodgorliklari orasida V.B.Xen tomonidan aniqlangan va Eski xatlar nomi bilan yuritiladigan qimmatli manbalar eramizning boshlarida shakllangan so’g’d yozuvi haqida ma'lumot beradi. Ushbu manbalarni Dunxuan shahri (Sharqiy Turkiston) yaqinidagi savdo qishlog’ida yashagan so’g’dlik tijoratchi (savdogar)larning o’z ona yurtlari Samarqandga yozgan va shaxsiy xarakterga ega bo’lgan xatlar3 tashkil qiladi. Imperator Yan Li (615-617)ning elchisi Vey Szi hisobotlarida ham Samarqand shahrida yo’lga qo’yilgan ta'lim-tarbiya haqidagi ma'lumotlar mavjud. Samarqandning mohir savdogarlari o’g’il bola besh yoshga to’lar ekan, unga savdoni o’rgata boshlaydilar. O’qishni o’rganishi bilan savdo ishlari ham o’rgatilgan. Syuan-Szin nomli boshqa bir Xitoy tarixchisi esa Samarqand aholisining axloq va xulq-odob qoidalariga rioya etishi boshqalarga o’rnak bo’lganligini aytib o’tgan. Bularning barchasi qadimgi davrlarda bolalarning besh yoshidan o’qitilgani, ta'lim jarayonida ularni amaliy hayotga tayyorlash asosiy maqsad qilib belgiligi to’grisidagi ma'lumotlarni beradi.

161. Musulmon maktablarida ta’lim-tarbiya mazmuni





Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   148




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin