1,Ta’lim tizimi va turlari


Mustaqil O‘zbekistonda pedagogik fikrlar rivoji



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə56/148
tarix05.12.2022
ölçüsü0,99 Mb.
#72435
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   148
1,Ta’lim tizimi va turlari

77. Mustaqil O‘zbekistonda pedagogik fikrlar rivoji
Kadrlar tayyorlash tizimning demokratik o'zgarishlar va bozor islohatlari talablariga muvofiq emasligi, yuqori malakali pedagog kadrlarining etishmasligi, sifatli o'quv-uslubiy va ilmiy adabiyot hamda didaktik materiallarning kamligi, ta'lim tizimi, fan va ishlab chikarish o'rtasida puxta o'zaro foydali integrasiyaning yo'qligi kadrlar tayyorlashning mavjud tizimidagi jiddiy kamchiliklar sirasiga kiradi.
Ta'lim-tarbiya va o'quv jarayonlarining tarkibini, bosqichlarini bir-biri bilan uzviy boglash, yagoni uzluksiz ta'lim-tarbiya tizimini tashkil qilish muammolari hal qilingan emas. Amaldagi ta'lim tizimi zamonaviy, taraqqiy topgan demokratik davlatlar talablariga javob bera olmayotir...
Mutaxassislar tayyorlash, ta'lim-tarbiya tizimi jamiyatda bo'layotgan islohot, yangilanish jarayonlari talablari bilan boglanmagan.
Maktabgacha ta'lim-tarbiyaning ahvoli qoniqarsizligichi qolmoqda.Bog'cha yoshidagi bolalarning 25 %gini maktabgacha tarbiya muassasalariga qamrab olingan, xolos. Maktabgacha bolalar muassasalaridan va oiladan maktabga kelgan bolalarning tayyorgarlik darajasi urtasida sezilarli tafovut mavjud.
Maktablarda va boshqa o'quv yurtlarida ta'lim jarayonining o'zidagi va o'qitish uslubiyotidagi xar-xil kamchiliklar oqibatida bilim berishda yuzaga kelgan nodemokratik hamda jamiyat uchun zararli muhit shunga olib keldiki, talabalarda mustaqil fikrlash rivojlanmay qolyapti, oqilona hayotiy echimlar qabul qilish uchun etarli tayyorgarlik yo'q. 9-11 sinflarni tamomlagan yoshlar mustaqil hayotda o'z o'rnini aniqlay olmaydi.Ularda o'zlariga ishonch shakllangan emas. O'rta maktab bitiruvchilarining 10% gina oliy o'quv yurtlariga kirmoqda, xolos.
Majburiy 9 yillik ta'limga asoslangan 11 yillik o'rta ta'lim ilmiy asoslanmagandir, u talabalarda kasbga yo'naltirish va ta'limning amaliy yunalganligi etarli darajada bo'lishi hamda mustakil fikr yuritish, mexnat faoliyati ko'nikmalari shakllanishini tahminlamayapti. Har yili tayanch maktablarining 100 ming nafarga yakin bitiruvchisi ishlab chiqarish sohasida hamda kasb-hunar ta'limini davom ettirish uchun talab etilmay qoldirilmoqda.
Ta'lim tizimidagi mavjud umum ta'lim va kasb-hunar dasturlari o'rtasidan uzviylik va vorislikning yo'qligi sababli tayanch va o'rta maktab bitiruvchilari kasbga yo'naltirilganlik va mehnat faoliyati ko'nikmalari shakllanmay qolmokda.Natijada yigit kizlar o'z qobiliyatlari, istaklari, ijodiy va mehnat moyilliklariga monandhayot yo'lini belgilab olishda jiddiy qiyinchiliklar sezmoqdalar.
O'quv jarayoni bilim darajasi o'rtacha bo'lgan talabalarga mo'ljallangan bulib, ta'limning iktidorli yoshlar bilan yakka tartibdagi o'quv dasturlari buyicha ishlash kabi mexanizmlaridan yaxshi foydalanilmayapti.
O'quv dasturlari mafkuraviy sarkitlardan tula xoli bulganicha yo'q, ualrda mahnaviyat va axloq asoslarini urgatuvchi, iktisodiy, huquqiy, estetik bilimlarni beruvchi fanlarga etarlichaurin berilmayapti.
Hunar- texniki bilim yurtlaridan yangi tipdagi ta'lim muassasalariga utish kuprok ogizda bulib, amalda esa ularda ta'lim eskirib kolgan moddiy texnika va o'quv uslubiy bazasida, tegishli kayta tayyorgarlikdan utmagan o'qituvchi kadrlar bilan amalga oshirilokda.
Bir bosqichli oliy ta'lim mehnat bozori ehtiyojlarini, ishlab chiqarishdagi tarkibiy o'zgarishlarni va ilg'or xalqaro tajribani to'liq hajmda hisobga olmayotir.O'quv tarbiya jarayonini tashkil etishda o'quv yurtlari etarlicha mustakillikka ega emas, ular kasbiy mexnat bozorining uzgaruvchan sharoitlariga yaxshi moslashib bormayapti.
Ilmiy muassasalar, ishlab chikarish va ijtimoiy institutlar kadrlarni tayyorlash jarayoniga etarli darajada kushilganlari yo'q. Davlat ta'lim standartlarini ishlab chikish va joriy etish, ta'lim muassasalarini davlat attestasiyasi va akkreditasiyasidan utkazish vazifasi belgilab olinmagan. Talabalarning bilim darajasini baxolash tizimi ob'ektivlik va tezkorlikni tahminlamaydi.
Kasb-hunar ta'limining obrusi hamda o'qituvchilar, tarbiyachilar va murabbiylarning, ilmiy va pedagog kadrlarning ijtmoiy makomi pasayib bormokda. Ta'lim xizmati kursatish va kadrlar tayyorlash soxasida marketing mavjud emas, ta'lim tizimini kup variantli moliyalash sxemasi ishlab chikilmagan. Oliy malakali mutaxassislardan samarali foydalanilmayapti. Kadrlar bilimi va ular tayyorlarligining sifatini nazorat qilish hamda baxolash tizimi konikarsiz ishlamokda.
O'qituvchilar, pedagoglar va murabbiylarning kupchilik kismi yaxshi tayyorgarlik kurmaganliklari, ularning bilim va kasb saviyasi pastligi jiddiy muammo bulib kolmokda, maktabgacha ta'lim soxasidagi jahmi tarbiyachi va pedagoglarning atigi 20 % oliy maolumotlidir. Maktablarning o'qituvchilar bilan tahminlanganligi urtacha 93% tashkil etgan xolda, bu kursatkich ayrim viloyatlarda 77-80% dan, Muayyan fanlar buyicha esa 50% dan oshmaydi.
Ilmiy va ilmiy pedagog kadrlarning urtacha yoshi «ulgayib» bormokda, respublika oliy o'quv yurtlarida 40 yoshga tulmagan fan doktorlari jahmi fan doktorlarining 0,9%ini, 50 va undan katta yoshdagilar esa 79 % ni tashkil etadi. Fan doktorlari ilmiy darajasigi tasdiklanganlar urtacha 50, fan nomzodlari esa 36 yoshdadir.

www.arxiv.uz

Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   148




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin