O‘qituvchining o‘quvchilar bilan o‘zaro yaqin muloqotidan asosiy maqsad:
salbiy holatlarni vujudga keltiruvchi barcha jarayonlarga barham berish;
o‘quvchilarda mustaqil fikr yuritish ko‘nikmalarini hosil qilish;
o‘quvchilarni faollikka, erkin fikrlashga, o‘z fikr mulohazalarini cho‘chimasdan bayon qilib unga tayanishga o‘rgatish;
o‘quvchilarning yashirin qobiliyatlarini rivojlantirish;
dars va darsdan tashqari jarayonlarda quvonch va shodlik kayfiyatini paydo qilish.
A.S.Makarenkoning fikricha, o‘qituvchi muloqoti hypmat va talabchanlikka asoslangan munosabat shaklida bo‘lishi lozim.
V.D.Suxomlinskiy o‘qituvchining "…maktab hovlisida gapirgan har bir so‘zi puxta o‘ylangan, aql va mulohazalarga boy, ma’lum bir tarbiyaviy maqsadga qaratilgan bo‘lishi kerak" deb ta’kidlaydi. O‘qituvchining har bir so‘zi olimning fikricha, nafaqat o‘quvchi qulog‘iga aytiladi, balki uning qalbiga ham qaratilgan bo‘lishi shart. Umuman ilg‘or o‘qituvchilarning fikricha, ta’lim va tarbiya faqat o‘qituvchi va o‘quvchining o‘zaro hamkorlik pozitsiyasi asosidagi muloqot jarayonida quriladi.
O‘qituvchining pedagogik muloqoti ijtimoiy-psixologik jarayon bo‘lib, quyidagi funksiyalar bilan xarakterlanadi:
o‘quvchilarning psixik holatini mukammal bilish;
o‘zaro axborot almashishni yo‘lga qo‘yish;
ta’lim-tarbiyaviy faoliyatni birgalikda tashkil etish;
o‘quvchilarni erkin fikr-mulohaza yuritishga o‘rgatish;
salbiy holatlarni sinf jamoasi bilan birgalikda bartaraf etish;
do‘stlar uchun qayg‘urish va ularga yordam berishga o‘rgatish;
o‘zligini anglash, o‘quvchilar bilan muloqotda qoniqish his etish.
199. Pedagogik texnikaning tarkibiy qismlari
ozirgi zamon pedagogika fani pedagogik mahorat tizimida pedagogik texnikaning roli beqiyos deb qayd etadi. Chunki u o‘qituvchiga o‘z gavdasini tuta bilish (mimika, pantomimika), his-tuyg‘ularini (emotsiyasini) boshqara olish, ishtiyoq, qobiliyatlar, nutq texnikasini egallash va ularni o‘quv faoliyatida, o‘qishdan tashqari ishlar jarayonida qo‘llash yo‘llarini tushuntirishda dasturamal bo‘lib xizmat ko‘rsatadi.
Demak, pedagogik texnika shunday kasbiy va shaxsiy malakalar yig‘indisidirki, u o‘qituvchining pedagogik faoliyatini yo‘lga qo‘yish, o‘quvchi – yoshlarga ta’sir ko‘rsatish, tashkil qilish va boshqarishda asosiy omil bo‘lib xizmat qiladi.
Xo‘sh! O‘qituvchining pedagogik texnikasi deganda nima tushuniladi?
O‘qituvchining pedagogik texnikasi qanday malakalardan iborat?
U o‘qituvchining o‘quv ishlarini tashkil qilish, amalga oshirish va tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatishida qanday rol o‘ynaydi?
Ilg‘or va novator pedagoglarning ish tajribalarini kuzatish ilg‘or tajriba maktablari faoliyatini o‘rganish shundan dalolat bermoqdaki, pedagogik texnikani to‘liq egallash, uning malakalarini o‘zida shakllantirish ta’lim – tarbiya samaradorligini oshirishga, o‘quvchi-yoshlar tarbiyalanganligini yuksaltirishga va shu asosda pedagogik mahorat pillapoyalari sari ko‘tarilishga sabab bo‘ladi.
O‘qituvchining pedagogik faoliyat madaniyati tizimida pedagogik mahoratning tarkibiy qismlari pedagogik texnika, pedagogik odob, pedagogik muloqot madaniyatining roli katta ekanligi e’tirof etilgan. Mazkur muammoni ham pedagogik, ham psixologik jihatdan ilmiy –nazariy, uslubiy –tashkiliy hamda amaliy jihatdan tadqiq qilgan YU.P.Gonobolin, N.V.Kuzmina, A.N.Sherbakov, V.A.Selastenin, L.I.Ruvinskiy, V.N.Kuxarev, I.A.Zyazyun N.N. Tarasevich, M.G.Davletshin, K.Zaripov S.Rajabova, B.Xo‘jaev va boshqalar o‘qituvchining kasbiy tayyorgarligida pedagogik texnikaning muhim ahamiyat kasb etishini alohida e’tibor bilan qayd qiladilar.
L.I.Ruvinskiy o‘qituvchining pedagogik mahorati tizimida pedagogik texnikaning alohida ahamiyatga ega ekanligini qayd qilar ekan, shunday yozadi:
“O‘qituvchining pedagogik texnikasi – bu shunday bir malakalar yig‘indisidirki, u pedagogga tarbiyalanuvchilar ko‘rib va eshitib turgan narsalar orqali ularga o‘z fikrlari va qalbini etkazish imkonini beradi”
N.N. Tarasevich esa o‘zining “Pedagogicheskaya texnika – kak element» nomli risolasida pedagogik texnika to‘g‘risida fikr yuritar ekan, shunday deydi: O‘qituvchi faoliyatining ichki va tashqi ko‘rinishlarini izohlaydigan usullar, hissiyotlar, psixik holatlar yig‘indisidan iborat mahorat –pedagogik texnikadir”.
Darhaqiqat usta pedagogik topshiriqlarni oliy darajada bajaradigan pedagoglar faoliyatini kuzatish shuni ko‘rsatadiki, o‘quvchilar bilish faoliyatlarini tashkil etish va ularga tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatishda pedagogik texnika muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki, u o‘qituvchiga o‘z gavdasini tuta bilish his-tuyg‘ulari (emotsiyasi) ni boshqara olish, ishtiyoq, qobiliyatlar, nutq texnikasini egallash va ularni o‘quv faoliyatida, ishlash jarayonida qo‘llash yo‘llarini o‘rgatadi.
Shunday qilib, pedagogik texnika ma’lum kasbiy va shaxsiy malakalar yig‘indisidirki, u o‘qituvchining pedagogik faoliyati jarayonida ta’sir ko‘rsatish, o‘quv –tarbiya ishlarini tashkil qilish va boshqarishda etakchi omil bo‘lib xizmat qiladi.
Pedagogik mahorat nazariyasini o‘rganuvchi va tadbiq qiluvchi olimlar
(N.N. Tarasevich, N.V. Kuxarev)ning fikrlaricha pedagogik texnika malakalari ikki guruhga bo‘linadi:
Dostları ilə paylaş: |