45. O’quvchilarning reproduktiv va ijodiy bilish faoliyati.
O’qitishning reproduktiv metodi.
Bu usullar o’quvchilarning yangi tushuncha, hodisa va qonunlarni bilishdagi ijodiy faolliklari darajasini baholash asosida qismlarga ajratiladi. Reproduktiv usullar o’quvchilarning o’quv materiallarini mustahkamroq eslab qolishlarini ta’minlash, bilishga doir faoliyatni bevosita boshqarish, kamchiliklarni tez aniqlash uchun amaliy ko’nikma va malakalarni tarkib toptirish maqsadida qo’llaniladi.
Reproduktiv usullar - o’quv materialining mazmuni asosan axborot xarakterida bo’lsa, amaliy harakatlarning usullarini ta’riflasa, o’quvchilarning bilimlarini mustaqil qidirib ola bilishlari uchun juda yangi hisoblansa, vaziyatlarni hal qilish uchun tayyor bilimlar yo’q bo’lsa samarali qo’llanadi.
Bu usulda tafakkur qilish katta samara beradi.
Samara (1936-91-yillarda Kuybishev "Куйбышев") - Samara (rus. Самара) Rossiya Federatsiyasidagi shahar, Samara viloyati markazi. Volga daryosining chap sohilidagi port shahar. Volgaga Samara daryosi quyilgan joyda joylashgan.
Reproduktiv usulda o’quvchilar ilgari yoki yaqinda egallagan bilimlarini qo’llaydi.
Muammoli ta’lim.Muammoli deb, o’quv materialini o’quvchilar ongida ilmiy izlanishga o’xshash, bilish vazifalari va muammolari paydo bo’ladigan qilib o’rganish tushuniladi.O’quvchilarning fikrlash faoliyatida mantiqiy to’g’ri, ilmiy xulosalarni izlash va o’zlashtirishga rag’batlantiradigan muammoli vaziyatlar vujudga keladi. Mutafakkir Abu Rayxon Beruniy (937-1048) didaktik qarashlarida o’quvchilarni o’qitish hamda tarbiyalash jarayonida birinchidan turli mavzularda mulohazalar yuritishni, o’quvchining zerikmasligini, zo’riqmasligini ta’kidlagan.
Muammoli vaziyatda:
o’quvchi uchun bilish qiyinchiligiga ega, ya’ni o’rganilayotgan muammo ustida fikr yuritish;
o’quvchilarda bilishga qiziqish o’yg’otish;
tahlil jarayonida o’quvchilarning avvalgi tajribasi va bilimiga suyanish.
Ta’lim jarayonida muammoli vaziyatni vujudga keltirish, undan foydalanish usullarini yaratish, ta’lim tizimining har bir bosqichida o’rganiladigan fanlarga xosdir.
Muammoli vaziyat fanning mazmuni o’ziga xos xarakter xususiyatlari, uni o’rganish usullarini hisobga olgan holda yaratiladi.
Ta’lim jarayonida o’qitishning induktiv va deduktiv usullari.
Ayniqsa deduktiv o’qitishga talab va e’tibor kuchaydi. Bu usulda tafakkur qilish katta samara beradi. Induktiv yoki deduktiv usullarni qo’llash o’rganilayotgan mavzu mazmunini ochishning ma’lum mantiqini - xususiydan umumiyga yoki umumiydan xususiyga o’tishni tanlashni anglatadi.
Induktiv usullar texnik qurilmalarni o’rganishda va amaliy topshiriqlarni bajarishda keng qo’llaniladi.
Deduktiv usul o’quv materialini tezroq o’tishga yordam beradi, tafakkurni bir muncha faol rivojlantiradi.
Nazariy materialni o’rganishda anchagina umumiy holatlardan ayrim oqibatlarni aniqlashni talab qiluvchi masalalarni yechishda deduktiv usulni qo’llash ayniqsa foydalidir.
Ta’limda ragbatlantirish va tanbeh berish.O’quv jarayonini rag’batlantirish, o’qituvchi faoliyatining omili hisoblanadi.
Rag’batlantirish kishining ichki mayliga ta’sir qilganda real maqsad sari undaydigan kuchga aylanadi. O’qishga qiziqishni rag’batlantirish turlaridan biri o’qishda ma’lum qiyinchilik sezayotgan o’quvchilarga muvaffaqiyatli sharoit yaratishdir.
Rag’batlantirish va tanbeh berish usullari o’ziga xos xususiyatlarga ega. Rag’batlantirish: baho bilan, imo - ishora bilan, mukofot bilan amalga oshadi.
O’qishga doir tanbehlar dars paytida, og’zaki tanbeh berish, bahosini pasaytirib qo’yish, ish daftariga yozish, xatolarni ko’rsatish kabi usullar bilan amalga oshadi.
Maktabda o’quvchiga tan jazosi berish, o’zlashtirmagani uchun haqorat qilish, shaxsiga tegish, yomon iboralar bilan so’kish aslo mumkin emas.