1,Ta’lim tizimi va turlari


Tarbiyaning maqsad va vazifalari



Yüklə 0,99 Mb.
səhifə47/148
tarix05.12.2022
ölçüsü0,99 Mb.
#72435
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   148
1,Ta’lim tizimi va turlari

1. Tarbiyaning maqsad va vazifalari. Maqsad nafaqat metodlarni oqlaydi, balki ularni aniqlab beradi. Maqsad qanday bo‘lsa, unga erishish metodlari unga muvofiq bo‘lishi zarur. 
2. Tarbiya mazmuni. Unutmaslik kerakki, aynan bitta vazifa turli xil fikrlar bilan to‘ldirilgan bo‘lishi mumkin. SHuning uchun metodlarni umuman mazmun bilan emas, balki aniq fikr bilan bog‘lash g‘oyat muhimdir.
3. Tarbiyalanuvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olish. U yoki shunga o‘xshash vazifalar tarbiyalanuvchilarning yoshi bilan bog‘liqlikda hal qilinadi. Yosh bu oddiygina qancha yashaganligi son ko‘rsatkichi emas. Unda egallangan ijtimoiy tajriba, psixologik va ahloqiy sifatlarning rivojlanganlik darajasi o‘z aksini topadi. Aytaylik, mas’uliyat tuyg‘usini boshlang‘ich ta’lim, o‘rta ta’lim va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida ta’lim olayotgan o‘quvchilarda ham shakllantirish mumkin. Biroq har bir bosqichda mazkur sifatni shakllantirish borasida turli metodlar qo‘llaniladi.
4. Jamoaning shakllanganlik darajasi. O‘zini o‘zi boshqarishning jamoa shaklining rivojlanishi bilan bog‘liqlikda pedagogik ta’sir ko‘rsatish metodlari ham o‘zgarmasdan qolmaydi. Bizga ma’lumki boshqaruvning moslashuvchanligi tarbiyachining tarbiyalanuvchilar bilan muvafaqqiyatli hamkorligining zaruriy sharti.
5. Tarbiyalanuvchilarning individual o‘ziga xosliklari. Umumiy metodlar, umumiy dasturlarning o‘zi tarbiyaviy o‘zaro ta’sir etishning asosi bo‘la olmaydi. Ularni indivudual va shaxsiy tuzatish zarur. Insonparvar pedagog har bir shaxs o‘ziga xosligini rivojlanishiga, o‘ziga xosligini saqlashga, o‘zining «Men»ini amalga oshirishiga imkon beradigan metodlarni qo‘llashga harakat qiladi.
6. Tarbiyaviy shart-sharoitlar. Unga moddiy, psixofiziologik, sanitar-gigienikdan tashqari sinfda yuzaga keladigan munosabatlar: jamoadagi iqlim, pedagogik rahbarlik usuli va boshqalar tegishlidir.Ma’lumki, mavhum shart-sharoitlar bo‘lmaydi, ular hamisha aniq. Ularni birlashuvi aniq holatlarda ko‘rinadi. Tarbiya amalag oshadigan sharoit pedagogik vaziyatlar nomini oldi.

Yüklə 0,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   148




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin