Aqliy tarbiya – shaxsning har tomonlama taraqqiyoti, uni turmush va mehnatga tayyorlashning muhim tarkibiy qismi. Aqliy tarbiya bilimlarni to‘plash, biror narsani tahlil va sintez qilish, narsa va hodisalarni taqqoslash hamda tasnif-lash, umumlashtirish, mavhumlashtirish, ularni bir tizimga solishni nazarda tutadi. Aqliy tarbiya vazifasi intellektu-al ko‘nikmalar, ya’ni har qanday fanni o‘rganishda qo‘llaniladigan umumiy o‘quv 854ko‘nikmalari –o‘qish, tinglash, o‘z fi-krini og‘zaki bayon etish, yozish, manba bilan ishlash, mustaqil ishlash malakalarini shuningdek biror fanni egallash bo‘yicha zarur bo‘lgan maxsus ko‘nikmalar (chizma, haritalarni o‘qiy bilish, ularning na-tijalarini chiqara olish)ni egallashdan iborat. Ilmiy dunyoqarashni shakllanti-rish, ya’ni bolalarga olam ilmiy manza-rasi, tabiat va jamiyat taraqqiyotining asosiy qonunlarini tushuntirish ham Aqliy tarbiyaning muhim vazifasidan biridir. Bunda bolalar hayotining dastlabki yilidayoq atrofni o‘rab turgan barcha narsalar bilan tanishtirib borish muhim ahamiyatga ega. Aqliy tarbiya ta’lim, o‘yin, mehnat jarayonida, hayotiy vaziyatlarni hal etish, kattalar va tengdoshlar bilan bo‘lgan muloqotda, ommaviy axborot vositalari orqali olinadigan axborotlarni qabul qilish va o‘zlashtirishda ro‘y beradi. Yosh avlodni har tomonlama yetuk shaxs qilib tarbiyalash jamiyat ehtiyojlaridan kelib chikadigan obyektiv zaruratdir. Aqliy tarbiya ijtimoiy tarbiyaning eng muhim jihatlaridan biri. Aqliy tarbiya bu aqlni rivojlantirish maqsadida yosh avlodga muntazam va maqsad asosida pedagogik ta’sir kо‘rsatishdir. Demak, aql keng ma’noda sezish va idrok etishdan boshlab to tafakkur va xayolni о‘z ichiga oladigan bilish jarayonlari yig‘indisi bо‘lib, u yosh avlodning insoniyat tо‘plagan bilimlar, kо‘nikma va malakalar, meyorlar, qoidalar va boshqalarda rо‘y beradi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni maktabga tayyorlashda, aqliy tarbiyaning roli ayniqsa kattadir. Chunki aql his - tuyg‘ular va idrok etishdan tortib, fikrlash va tasavvur etishgacha bо‘lgan jarayonlar yig‘indisidir. Aqliy rivojlanish fikrning kenglgida voqealarni harxilbog‘lanishlarda,munosabatlardakо‘rabilish, umumiylashtirish qobiliyatida namoyon bо‘ladi.
70. “Pedagogika tarixi” fanining maqsad va vazifalari
Pedagogika tarixi fani perdmeti, maqsadi va vazifalari.
Fanni òqitishdan maqsad- talabaning umumiy pedagogik bilim darajasini kengaytirish, pedagogik merosimizga tòģri munosabatda bòlishga òrgatish, ta'lim va tarbiya nazariyasi va amaliyoti , tarbiya va ta'lim uning rivojlanish jarayoni, jamiyatning ijtimoiy- iqtisodiy rivojlanishi va har bir tarixiy bosqichni ilmiy bilimlar darajasi bilan boģliqligi tòģrisida aniq bilimlar hosil qilish
Fanning vazifasi- talabalarni ilmiy pedagogik merosga doir bilimlar bilan qurollantirsh, ularda turli tarixiy davrlarda ta'lim tarbiyaga oid pedagogik fikrlar taraqqiyotiga doir yaxlit tasavvurlarni tarkib toptirish, pedagogik merosdan foydalana olish kònikma va malakalarini shakllantirishdan iborat
2. Pedagogika tarixi fani metidologiyasi nimaga asoslanadi?
Pedagogika tarixi fanining metodologiyasi milliy va umumbashariy qadriyatlar, xalq pedagogikasi, Markaziy Osiyo va Sharq mutafakkirlarining ilmiy va ma'naviy merosi, Òzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Òzbekiston Respublikasi Birinchi prezidenti I.Karimovning ta'lim tarbiyaga oid asarlari va milliy istiqlol ğoyasi haqidagi nazariyalari hisoblanadi.
“Pedagogika tarixi” fanining maqsad va vazifalari
“Pedagogika tarixi” faning maqsadi – eng qadimgi zamonlardan to hozirgi kungacha turli tarixiy davrlarda tarbiya, maktab va pedagogik fikrlar taraqqiyotini tizimli yondashuv asosida o’rganishdan iborat.
Maktab va pedagogika ko’p asrlik tarixiy yo’lni bosib o’tgan. Mazkur davrda pedagogika fani ko’plab g’oyalar va kontseptsiyalar bilan boyib bordi. “Pedagogika tarixi” faning predmeti - eng qadimgi zamonlardan to hozirgi kungacha tarbiya, maktab va pedagogik fikrlarning rivojlanish jarayoni.
“Pedagogika tarixi” fanining vazifalari milliy o’z-o’zini anglash, kasbiy rivojlanish bilan bog’liqlikda umumiy va pedagogik madaniyatni shakllantirish;
pedagogik fikrlar rivojini tahlil etish va tizimlashtirish;
pedagogik g’oyalarni tahlil etish asosida ularni o’quv-tarbiya jarayoniga tatbiq etish.