Asarlari: «Al jabr va al-muqobala», «Hind arifmetikasi xaqida kitob», «Er satxini o’lchash», «Quyosh soatlari to’g’risida», «Yaxudiylar tarixi va ularning bayramlarini belgilash» va boshqalar.
Didaktik qarashlari:
Al-Xorazmiy bilish nazariyasiga muxim hissa qo’shdi. U birinchilardan bo’lib, induktsiya, deduktsiya, sinov-kuzatish va sinov metodlariga asos soldi.
U birinchi marta insonlar o’rtasidagi munosabatlarni matematik shakllarda ifodaladi.
Hindlarning o’nlik raqamlari Xorazmiy tufayli «Arab raqamlari» nomi bilan butun dunyoga yoyildi.
Xorazmiy xindlarning falakiyot jadvallarini tahlil etib, «Xorazmiy ziji» nomi bilan mashxur astronomik jadvallar tuzdi.
Abu Abdulla Muhammad ibn Muso 780 yilda Xivada tug‘ilgan. Xorazmiy dunyoga mashhur matematik va astronom sifatida tanilgan. Uning nomini tarixda qoldirgan buyuk asar «Al jabr val-muqobala» risolasidir. Olim 850 yilda Bag‘dod shahrida vafot etgan. Al-Xorazmiy Ma’mun akademiyasining ilk tashkilotchilaridan va eng faol a’zolaridan biri edi.
Buyuk matematik, astronom va geograf Muhammad al- Xorazmiy 783-yilda Xorazmda tug’ildi. Xorazmiy o’qish, yozish va sanashni mahalliy diniy maktab – madrasada o’rgandi. U shaharda birinchi o’quvchi edi. U ilmiy masalalarni o’z o’qituvchilaridan yaxshiroq tushunar, juda ko’p o’qir, o’z ustida tinimsiz ishlar, madrasaning majburiy darslari bilan chegaralanib qolmas edi. Yuqorida aytilganlaridan Xorazmiy buyuk iste’dod egasi ekani ko’rinadi. Ammo uning yoshlik davri Xorazmni arablar zabt etgan, Xorazm o’z boshidan tushkunlik kechirayotgan davrga to’g’ri keladi. Shu sababli Xorazmiy VIII asr oxirida Bag’dodga ketadi. Bu asrning o’rtalarida davlat boshiga abbosiylar kelgan va sharqiy arab xalifaligida hayot iziga tusha boshlagan edi. Bag’dodga turli kasb egalari, olimlar to’plana boshladi.
Movarounnahrda ilm-fan va ma`rifat sohasida o`z xizmatlari bilan dunyoga mashhur bo`lgan faylasuf va munajjim, matematika, fizika, tibbiyot, tarix, til va adabiyot, pedagogika sohasida ilmiy merosi bilan nom qoldirgan Muhammad Muso al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Ahmad al-Farg`oniy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino kabi qomusiy olimlar faoliyat olib bordilar. Qomusiy olimlar o`z ilmiy merosida ta`limiy-axloqiy asarlar yaratishga ham katta e`tibor berib, bu asarlarda ilgari surilgan g`oyalar insonning ham aqliy, ham axloqiy, estetik va jismoniy jihatdan kamol topishida, pedagogik fikr taraqqiyotida katta ahamiyatga ega bo`ldi.
Qomusiy olimlar o`z ilmiy merosida insonning aqliy, axloqiy, jismoniy va estetik takomili masalalariga katta e`tibor berganlar. Masalan, Muhammad Al-Xorazmiy (783-850) insonning kamolga yetishi va insoniy munosabatlarni yo`lga qo`yishda ilm-fanning muhim ahamiyatiga ega ekanligi to`g`risidagi g`oyani ilgari surgan holda pedagogik fikr taraqqiyotida munosib o`rin egallaydi.
Muhammad al-Xorazmiy ilmiy merosi bilan bilish nazariyasiga o`zining ulkan hissasini qo`shdi. “Al-kitob al-muxtasar fi-hisob al-jabr va-l muqobala” asarida (“aljabr va –l muqobala hisobi haqida qisqacha kitob”) sonli kvadrat va chiziqli tenglamalar va ularni yechish yo`llarini bayon etadi. Bu asar uch qismdan iboratdir. Birinchisi algebraik qism. Uning oxirida savdo muomalasiga oid kichik bir bo`lim kiritiladi; ikkinchsi, geometrik qism-algebraik usul qo`llab o`lchashlar haqida; uchinchi qism vasiyatlar haqida bo`lib, muallif uni “Vasiyatlar kitobi” deb ataydi.
Barcha mutafakkirlar kabi Muhammad al-Xorazmiy ham ko`rgazmali-tajriba metodlari, bilim berishning turli vositalari, savol-javob, malaka va ko`nikmalarni shakllantirish metodlari, bilimlarni sinash metodlaridan foydalangan. Allomaning arifmetikaga oid risolalari tafakkurni rivojlantirish uchun bilimlarni izchil bayon etishga e`tibor berganligini ko`rsatadi. “Men arifmetikaning oddiy va murakkab masalalarini o`z ichiga oluvchi “Aljabr val-muqobala hisobi haqida qisqacha kitob”ni ta`lif qildim, chunki meros taqsim qilishda, vasiyatnoma tuzishda, mol taqsimlashda va adliya ishlarida, savdoda va har qanday bitimlarda, shuningdek, yer o`lchashda, kanallar o`tkazishda, geometriyada va boshqa shunga o`xshash turlicha ishlarda kishilar uchun zarurdir”1.Muhammad al-Xorazmiy bilishni sezgidan mantiqiy tasavvur orqali farq qilish haqida fikr bayon etgan: “sezgi” orqali bilish bu qisman bilish bo`lsa, mantiqiy bilish esa haqiqiy bilimning muhim tomonini namoyon etadi.
87. Abu Nasr Forobiyning asarlaridagi pedagogik fikrlar