Tezkor savol-javoblar 1. Farengal va ultra cho’ziq unlilar nima?
2. Qadimgi turkiy tilda qisqa va cho’ziq unlilarning ishlatilishi haqida fikr yuriting.
3. Transliteratsiyaga izoh bering.
4. O’rxun yodnomalariga xos unlilar qaysilar?
5. Cho’ziq unlilarni sanang.
MASHQ 1-mashq. Qadimgi turkiy til yodnomalaridan unlilar ishtirok etgan so’zlarni tahlil qiling.
2-mashq. Lablangan unlilarning lablanmagan unliga aylanishini misollar orqali izohlang.
3-mashq. Delabializatsiya nima? Misollarni yozma tarzda izohlang.
Topshiriqlar 1. Mavzuga doir ma’lumotlarni tegishli manbalar asosida boyiting.
2. Mavzuni klasster metodidan foydalanib yoritib bering.
3. Qadimgi turkiy tilda ishlatilgan unlilarni hozirgi unlilar bilan taqqoslang.
4. Runik yozuv asosida ismingizni yozishni o’rganing.
5. Eski o’zbek yozuvidagi darsda tahlil qilingan matnni o’qishni o’rganish
Adabiyotlar Abdurahmonov G‘., Rustamov A. Qadimgi turkiy til. - T.: O‘qituvchi, 1982.