2- ma’ruza Birikmalar. Rezbali birikmalarning aso­siy turlari. Vintli juft nazariyasi. Rezbani mustahkamlikka hisoblash. Vint sterjeni (bolt)ni yuklanish turlicha ta’sir etganda



Yüklə 17,63 Kb.
səhifə5/6
tarix20.11.2023
ölçüsü17,63 Kb.
#162449
1   2   3   4   5   6
2- ma’ruza Birikmalar. Rezbali birikmalarning aso siy turlari. V-hozir.org

Vintli juft nazariyasi

  • Gaykaga ko’yilgan moment va vint o’q bo’yicha yo’nalgan kuchi orasidagi bog’liqlik. Agar vint o’q bo’yicha yo’nalgan F kuch bilan yuklangan bo’lsa (11-rasm), unda gaykani burash uchun kalitga Tzav burovchi moment, vint sterjeniga esa sterjenni aylanib ketishidan saqlovchi reaktiv moment Tr qo’yilishi kerak. Bunda quyidagi ifoni keltirish mumkin,

  • bu yerda, Tish – gaykaning yon tayanchidagi ishqalanish kuchi momenti; Tr – rezbadagi kuchlar momenti. Кeltirilgan tenglik boltlar, vintlar, shpilkalar va vintli mexanizmlarning istalgan vintli juftlari uchun o’rinlidir.

  • 11-rasm. Vintli juftga qo’yilgan momentlar

  • Momentlarning qiymatlarini yuqoridagi ifodaga qo’yamiz va quyidagi bog’liqlikni olamiz,

  • Gayka yon tomonidagi ishqalanishni hisobga olgan holda o’z-o’zidan buralib ketish momenti

  • Vintli juftning o’z-o’zidan tormozlanishi va foydali ish koeffisienti

  • O’z-o’zidan tormozlanish shartini quyidagi ko’rinishda yozishimiz mumkin, Tbur>0. Gayka chetidagi ishqalanishni hisobga olmagan holda faqat rezbadagi o’z-o’zidan tormozlanishni qarab chiqamiz va shunda,

    • yoki

    • Mahkamlovchi rezbalar uchun ψ ko’tarilish burchagining qiymati 2°30'…3°30' chegarada yotadi, φ ishqalanish burchaginiki esa ishqalanish koeffisientiga bog’liqlikda f≈0,1da 6° gacha va f≈0,3 da 16° gacha o’zgaradi. Shunday qilib, barcha mahkamlovchi rezbalar o’z-o’zidan tormozlanuvchidir. Metrik rezba qadami kichiklashib borishi bilan uning o’z-o’zini tormozlashi ishonchliroq bo’lib boradi, chunki ularda ψ burchak kichikdir. Ammo, yuqoridagi mushohadalarga qaramasdan, mashinalarda maxsus mahkamlovchi elementli rezbali birikmalardan foydalaniladi. Bu holat vint va gayka orasidagi ishqalanishning titrash natijasida sezilarli kamayishidir. Mana shu holatda vint va gayka badanining radial deformasiya hisobiga mikroko’chishi paydo bo’ladi. Bu esa vintli juftning o’z-o’zidan bo’shashiga sabab bo’ladi. Yo’naltiruvchi rezbalar o’z-o’zidan tormozlanuvchi va tormozlanmaydigan qilib tayyorlanishi mumkin.

    • Ishqalanish koeffisientining yuqorida keltirilgan qiymati statik yuklamalarda o’rinlidir. O’zgaruvchan yuklamalar va asosan titrashlar natijasida ishqalanish sirtlarining o’zaro mikrosiljishlari tufayli ishqalanish koeffisienti pasayib ketadi (0,02 gacha va undan kichik). O’z-o’zidan tormozlanish sharti buziladi va o’z-o’zidan buralib ketish yuz beradi.

    • Vintli juftning foydali ish koeffisientini gaykani burash uchun sarflangan ishning ishqalanish yo’q deb faraz qilingandagi qiymatini ishqalanish mavjud bo’lgandagi qiymatiga bo’lish yo’li bilan topish mumkin. Bunda gaykani burashga sarflangan ish uni burish burchagiga burovchi momentga teng. Burish burchaklari teng va bunda, gaykani burash uchun sarflangan ishlar orasidagi nisbat, momentlar orasidagi nisbatga teng.

    • Rezbadagi yo’qotishlarni hisobga olib vintli juft uchun f.i.k.ni topamiz

    • O’z-o’zidan tormozlanuvchi juftda ψ˂φ, η˂0,5. Shuning uchun ko’pchilik vintli mexanizmlar o’z-o’zdan tormozlanuvchi va ularning f.i.k. 0,5 dan kichik. ψ oshishi va φ kamayishi bilan f.i.k. ortadi.

    • Vintli mexanizmlarda rezbaning ψ ko’tarilish burchagini oshirish uchun ko’p kirimli vintlar qo’llaniladi. Amaliyotda ψ 20…25º dan katta bo’lgan vintlar kam qo’llaniladi, ya’ni bunda f.i.k. qiymati sezilarsiz, rezbani tayyorlash qiyinlashadi.

    • Vintli mexanizmlar f.i.k. ni oshirish uchun rezbadagi ishqalanishni kamaytiruvchi turli vositalar qo’llaniladi: antrifriksion metallar, ishqalanuvchi sirtlar sinchiklab ishlov beriladi va moylanadi, gayka ostidan podshipnik o’rnatiladi, sharikli vintli juftlarni qo’llash.


    • Yüklə 17,63 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
  • 1   2   3   4   5   6




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin