2- ma’ruza Birikmalar. Rezbali birikmalarning asosiy turlari. Vintli juft nazariyasi. Rezbani mustahkamlikka hisoblash. Vint sterjeni (bolt)ni yuklanish turlicha ta’sir etganda
2- ma’ruza
Birikmalar. Rezbali birikmalar. Rezbali birikmalarning asosiy turlari. Vintli juft nazariyasi. Rezbani mustahkamlikka hisoblash. Vint sterjeni (bolt)ni yuklanish turlicha ta’sir etganda (cho’zilgan, sirib tortilgan kuch ostidagi) mustahkamlikka hisobi.
2- soat
Mashina yoki mexanizmlarni tayyorlash jarayonida ularning ayrim detallari o’zaro birikmalar vositasida biriktiriladi. Natijada ajraladigan yoki ajralmaydigan birikmalar hosil bo’ladi.
Uzel yoki mashinani ayrim bo’laklarga ajratish uchun ularni biriktirib turgan birikma sindirilsa, bunday birikmalar ajralmaydigan, agarda birikmalarni sindirish shart bo’lmay ularni tarkibiy qismlarga oson ajratilsa, birikmalar ajraladigan birikmalar deb ataladi.
Ajralmaydigan birikmalarga payvand, parchin mixli, yelimli va tig’izlik asosidagi birikmalar misol bo’la oladi.
Ajraladigan birikmalar jumlasiga esa rezbali, shponkali, shlisli, rasmdor, ponali va boshqa turdagi birikmalar kiradi.
Birikmalarni loyihalash o’ta ma’suliyatli masalalardan biri hisoblanadi. Bunga sabab, mashinalarda yuz beradigan sinishlar va buzilishlar aksariyat hollarda birikish joylarida yuz beradi.
Rezbali birikmalar juda keng tarqalgan ajraladigan birikmalardir. Ularni rezba bilan ta’minlangan boltlar, vintlar, shpilkalar, gaykalar, prujinalovchi shaybalar vositasida hosil qilinadi. Rezbali birikmalarning asosiy elementi rezbadir.
Agar silindrik yoki konussimon sirtda uchburchak, trapesiya, to’g’ri to’rtburchak va shunga o’xshash yassi rasmli vint chizig’i (1-rasm) bo’ylab har doim vintning o’qidan o’tadigan holatda siljitsak, bu rasm rasmga mos rezbani tashkil qiladi (2-rasm).
2-rasm. Uchburchak profilli rezba
1-rasm. Vint chizig’ining tarkib topishi va rezbaning ko’tarilish burchagiga oid tarh.
Vint chizig’ining yo’nalishi bo’yicha o’naqay va chapaqay, kirimlar soniga ko’ra bir kirimli va ko’p kirimli, vazifasiga ko’ra mahkamlash, mahkamlash-jipslashtirish va harakatni uzatish rezbalariga bo’linadi. Mahkamlash rezbalari rezbali birikmalarda qo’llaniladi va ular uchburchakli profilga ega bo’lib, katta ishqalanish, yuqori mustahkamlikka va texnologiklikka egadir. O’z-o’zidan bo’shab ketish hollaridan mustasno.