2- mavzu : O‘zbеkiston tarixini davrlashtirish masalalari reja



Yüklə 119,38 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix14.12.2023
ölçüsü119,38 Kb.
#178876
2-Mavzu



2- Mavzu : O‘zbеkiston tarixini davrlashtirish masalalari
REJA
1. Tarixni o‘rganishda davrlashtirishning ahamiyati.
2. Davrlashtirish masalalarining o‘rganilish tarixi.
3. Eng qadimgi davr, qadimgi davr, o‘rta asrlar, yangi davr va eng yangi
davrning xronologik davrlari.
4. Tarixiy, gеologik, arxеologik, sivilizatsiyaviy davrlashtirishning o‘ziga xosligi.
5. Sivilizatsiya tushunchasi. O‘zbеkiston qadimgi sivilizatsiya va madaniyat
bеshigi
O‘zbekistonning qadimgi va o‘rta asrlar tarixini davrlashtirish. Jahon tarixini
davrlashtirish to‘g‘risidagi nazariyalar.
O‘rta Osiyo xalqlarining tarixiy taqdiri qadimgi davrlardan boshlab bir–biriga
uzviy bog‘langan bo‘lib, O‘zbekiston tarixi mintaqa va jahon tarixining ajralmas
qismidir.
So‘nggi yillarda O‘rta Osiyoning turli hududlarida arxeologiya, antropologiya,
tarixiy etnografiya, epigrafika va numizmatikaga oid kashfiyotlar tufayli tarixni
xolisona yoritishga xizmat qiladigan muhim ma’lumotlar to‘plandi. Ular o‘lka
tarixining qadimgi bosqichlaridagi iqtisodiy, madaniy va ijtimoiy–siyosiy jarayonlari
haqida yanada to‘laroq tasavvurlar hosil qilish imkonini beradi. Yangi ilmiy
ma’lumotlar eng qadimgi xo‘jaliklar va mehnat qurollari, xo‘jalikning ishlab
chiqaruvchi shakllariga o‘tilishi, ishlab chiqarishda metallning ishlatila boshlanishi,
ayirboshlash va savdo–sotiq, ilk shaharlar va davlatlarning tashkil topishi va boshqa
tarixiy–madaniy jarayonlar bilan bog‘lanadi. Davrlashtirish – insoniyat tarixini o‘z
xususiyatlarga ega, turli belgilarga ko‘ra, bir–biridan ajralib turgan katta davrlarga
bo‘lishdir.
O‘rta Osiyo, jumladan O‘zbekiston tarixini zamon talablariga asoslanib
davrlashtirish masalasida olimlar orasida bahs–munozaralar davom etmoqda. Mazkur
mavzu turli yillarda tadqiqotchilar tomonidan ko‘rib chiqildi (S.P.Tolstov,
V.M.Masson, E.V.Rtveladze, A.A.Asqarov, R.X.Sulaymonov va boshq.). Bu
muammo yuzasidan, xususan, qadimgi davrlar va o‘rta asrlar tarixini davrlashtirishga
oid turli fikr–mulohazalar bildirilgan. Shu bilan birga jahon tarixshunosligida tarixiy
davrlashtirish masalasiga doir to‘plangan tajriba, uning ijobiy va salbiy tomonlari
deyarli tahlil qilinmadi. Ayniqsa, o‘tgan asrning 90–yillarida, tarixiy ildizlarni
bilishga tabiiy intilishdan kelib chiqqan ayrim mualliflarning kitoblarida tarixni
davrlashtirish orqali ta’riflash mezoni unutildi.
Mustaqillik yillarida haqqoniy tarixni yaratish borasida olib borilgan tadqiqotlar
tufayli sobiq sovet davri tarixshunosligida ustunlik qilgan markscha nazariyaga
tayangan jamiyatni ijtimoiy–iqtisodiy belgilarga ko‘ra, tarixni davrlashtirish inkor
etildi.
Ma’lumki, markscha g‘oyalariga asoslangan jahon tarixini tizimli anglash
yondashuvi XIX─XX asrlar tarix fani taraqqiyotiga kuchli ta’sir qildi. Bu g‘oya turli
xalqlarning bir hil, umumiy qonuniyatlar ta’siridagi tobora o‘sib boradigan


rivojlanishi nazariyasidan kelib chiqqan. Insoniyat tarixi markscha qarashlarida
yuksalgan ijtimoiy–iqtisodiy formatsiyalarning tadrijiy almashuvi sifatida bayon
etildi. Mazkur g‘oya, ko‘p jihatdan Yevropa mamlakatlari tarixiga mos keladi. Misol
uchun, quldorlik tuzumi Qadimgi Yunoniston va Rimda, feodalizm – Fransiyada,
kapitalizm – Angliyada klassik tarzda namoyon bo‘ldi. Biroq, sovet davri
tarixshunosligida, bu nazariya jahonning turli mintaqalarida o‘z xususiyatlariga va
rivojlanish qonuniyatiga ega tarixiy jarayonlarni inobatga olinmagan holda, boshqa
mamlakatlar va xalqlar tarixiga nisbatan umumiy qonun tarzda qo‘llanildi.
Ma’lumki, yer yuzida hayot va insoniyatning vujudga kelishi haqidagi ilk
tasavvurlar Qadimgi Sharq va Yunoniston asotirlarida o‘z aksini topdi. Yunon
tarixchisi Gerodot (mil.avv.484 yilda Kichik Osiyodagi Galikarnass shahrida
tug‘ilgan, mil.avv.431–425 yillar o‘rtasida vafot etgan) Qadimgi Sharq xalqlari va
yunon–fors urushlari tarixini yoritib, ahamoniylar sulolasi podsholari (Kir II, Kambiz,
Doro I, Kserks) hukmronligi yillari sanasining izchiligida voqealarni bayon etgan.
Muallif dunyoda mashhur tarixiy asarlardan biri “Tarix” kitobini yozishda, tarixiy,
geografik va etnografiya materiallaridan keng foydalangan. Gerodot 10 yil davomida
Old Osiyo, Misr, Ossuriya, Bobil, Eron va Qora dengizningg shimoliy sohillariga
sayohat qilib ko‘pdan–ko‘p tarixiy ma’lumotlar to‘plagan. Yunon–rim tarixchilari va
faylasuflari tarixiy voqealar va dalillarni tizimli bayon etish uslubini yaratdilar.
Qadimgi Rim faylasufi va shoiri Lukresiy Kar (mil.avv.99─55 yillar) insoniyat
tarixini ilk bor uch davrga ajratdi – bu tosh, mis va temir davrlardir.
XV─XVI asrlarda Italiyada medium aevum, ya’ni “o‘rta asrlar” atamasi paydo
bo‘lib, XVII─XVIII asrlar tarixshunosligida “qadimgi dunyo”, “o‘rta asrlar ” va
“yangi davr” tarixi tushunchalari o‘rin topdi. Mazkur davr tarixchilari qadimgi –antik
davri tarixini madaniy yuksalish sifatida ta’rifladilar. Shuningdek tarixni “qadimgi
dunyo”, “o‘rta asrlar” va “yangi davr”ga ajratib o‘rganish, muayyan ma’noga ega
emas, bu davrlashtirish tarixiy materiallarning farqlanishini aks ettiradi xolos, degan
g‘oya ilgari surildi.
XVIII asrda
shotland olimi A.Fergyuson jahon tarixini “yovvoyilik”,
“varvarlik” va “sivilizatsiya” bosqichlariga ajratdi. Rimlik Lukresiy Kar g‘oyasi
izidan borgan daniyalik qadimshunos K.Yu.Tomsen XIX asrning 30–yillarida turli
yodgorliklarda topilgan arxeologik materiallarni tosh, bronza va temir davrlarga
ajratib berdi. Bu “uch asrlik” davrlashtirish tizimidan foydalangan shved olimi
S.Nilson arxeologiya va etnografiya ma’lumotlarini qiyoslab, insoniyat tarixida
“yovvoyi” boschqichi, nomadizm (ko‘chmanchi chorvachilik), ziroatchilik davri va
sivilizatsiya bosqichi namoyon bo‘lgan deb o‘z nuqtai nazarini bayon etgan.
1870–yillarda amerikalik etnograf–olim L.G.Morgan asarlarida ijtimoiy–
iqtisodiy belgilarga asoslangan davrlashtirish tizimi taklif qilindi. L.Morgan
insoniyat tarixidagi “yovvoyilik, varvarlik va sivilizatsiya” davrlarini alohida
bosqichlarga bo‘ladi: o‘zlashtiruvchi xo‘jaliklar –termachilik, ovchilik va
baliqchilikning rivojlanishi, ishlab chiqaruvchi xo‘jaliklar – dehqonchilik va
chorvachilikning taraqqiy etishi, temirni kashf qilishini – davrlashtirishning yuqori
nuqtasi sifatida e’tirof etildi. Morgan ibtidoiy jamoa tuzumi asosini urug‘ tashkil


etgan, u matriarxat va patriarxat davrlaridan iborat bo‘lgan, ibtidoiy jamiyat
iqtisodiyotni jamoatchilik mulkchiligiga tayangan va bu holat (jamoatchilik
tamoyillari) insonning ijtimoiy hayoti tomonlarini belgilab bergan degan fikr–
xulosalarni o‘rtaga tashlagan. Tadqiqotchi urug‘chilik jamoasi davrida umumiy
turmush tarzi, mehnat qurollari va xo‘jaligi hamda umumiy manfaatlar jihatdan
odamlar guruhlarining birlashgani haqidagi qarashlarni birinchi bor fanga kiritgan.
XIX asrda insoniyat tarixini har tomonlama rivojlangan ijtimoiy va madaniy
komplekslar (majmualar) – sivilizatsiyalar belgilab berishi to‘g‘risida konsepsiya
shakllangan. Shuningdek, turli mintaqalardagi jamiyatlar taraqqiyotiga geografik
muhitning ta’siri, tabiat sharoitining xilma–xilligi tufayli inson madaniyati umumiy
tarixiy qonuniyat asosida taraqqiy topmagani kabi g‘oyalar paydo bo‘ldi.
Sobiq sovet davri tarixshunosligida umumjahon–tarixiy jarayonlarning
biryoqlama rivojlanishi tan olinib, madaniy–tarixiy konsepsiya, sivilizatsiya
yondashuvidan foydalanishga markscha nazariya to‘siq bo‘lib turdi. Bu nazariya
mazmunida ijtimoiy sinflarning vujudga kelishi, hukmron sinflarning manfaatlarini
himoya qilish zaruriyati, qarama–qarshi sinflar o‘rtasidagi doimiy ziddiyatlar va
kurashlar haqidagi g‘oyalar katta o‘rin topgan edi.
Bir necha yuz ming yillarni o‘z ichiga olgan eng qadimgi tarixni davrlashtirish
haqida fanda yagona fikr yo‘q. Yevropa va Osiyo hududlarida tarixiy va madaniy
jarayonlar rivojlanishning noteksiligi, ayniqsa, turli davrlarda moddiy madaniyatdagi
o‘zgarishlarning bir–biriga mos kelmasligi sababli, ayrim hududlarga tegishli sana va
davrlashtirish bir–biridan farqlanadi.
Mehnat qurollari va hunarmandchilik buyumlari ishlab chiqarishning
rivojlanishi va ularning xom ashyo hamda ishlab chiqarish texnikasi izchil
o‘zgarishiga asoslangan qadimgi tarixning davrlarga bo‘linishi va sanasi tizimidan,
ya’ni arxeologik davrlashtirishdan foydalanish keng qo‘llaniladi. Umumiy
ko‘rinishda bular tosh davri (paleolit, mezolit, neolit), mistosh davri (eneolit), bronza
asri va temir davridir.
Arxeologik davrlashtirish Yer tarixining geologik davrlari bilan solishtirgan
holda, pleystotsen─muzlik davri arafasi va muzlik davri, golotsen─muzlik
chekinishidan so‘ng davrlar ajratilib, ular Qadimgi Sharqda mil. avv. IV ming yilikka
qadar ibtidoiy jamiyat tarixiga to‘g‘ri keladi. Sovet davrida L.G.Morgan
davrlashtirish tizimi rad etildi deb e’lon qilingan bo‘lsa–da, uning ko‘p jihatlaridan
foydalanildi. Ibtidoiy tarixining ilk bosqichi “ibtidoiy to‘da”, ikkinchi bosqichi –
“ibtidoiy urug‘ jamoasi” va so‘nggi bosqichi – “harbiy demokratiya” davri deb atash
rasm bo‘ldi (S.P.Tolstov, M.O.Kosven, A.M.Xazanov va boshq.).


O‘rta Osiyo qadimgi tarixini davrlashtirish shartli ravishda quyidagicha namoyon
bo‘ladi:
Энг қадимги давр
(мил.авв.)
Ибтидоий тўда
Илк палеолит
1 млн. – 100 минг йил
Ўрта палеолит
100-40мил. йил
Уруғчилик жамоаси
Матриархат
Патриархат
Сўнги палеолит
40-12 минг йил
Мезолит
12-7 минг йил
Неолит
6-4 минг йил
Энеолит
4-3 мингйиллик ўрталари
Бронза 3 мингйиллик
ўрталари -2 минг йиллик
Илк темир
1 минг йилликнинг
биринчи ярми


Tosh davri insoniyat tarixida eng uzoq davom etgan zamon bo‘lib, moddiy
manbalar va arxeologik yodgorliklar topilgan joylar nomiga qarab, alohida
bosqichlar va madaniyatlarga bo‘linadi. Qadimgi tosh davri – paleolit tarixi bilan
antropogenez – odamning paydo bo‘lishi va rivojlanishi muammosi bog‘lanadi.
Istiqlolning dastlabki yillarida O‘zbekiston tarixini o‘rganishda arxeologik
davrlashtirish muhim ahamiyat kasb etdi. Shuningdek, qadimgi va o‘rta asrlar tarixni
davrlashtirish masalasida tarixiy–madaniy taraqqiyotning ijtimoiy–iqtisodiy
omillariga asosiy e’tiborini qaratish g‘oyalari paydo bo‘ldi. So‘nggi yillarda O‘rta
Osiyo xalqlari tarixining yangicha davrlashtirish masalasi ilgari surildi va talabalarga
taqdim etilgan o‘quv qo‘llanma hamda umumlashma tadqiqotda bayon etildi
(A.A.Asqarov). Mazkur davrlashtirish tizimi e’tiborga molik, u atama va
tushunchalar nuqtai nazaridan avvalgi yillarda fanda e’tirof etilgan “ibtidoiy to‘da
davri”, “ibtidoyi urug‘chilik jamoasi”, “matriarxat”, “patriarxat”, “harbiy
demokratiya”, “o‘rta asrlar” va “feodal jamiyati” kabi tushunchalarni o‘z ichiga oladi.
Bu davrlashtirishning birinchi davri – O‘zbekistonda “Ibtidoiy to‘da davri”,
ikkinchisi – “Ibtidoiy urug‘chilik jamoasi va mulk egaligining shakllanish davri”
(bundan 40 ming yil avval to milodiy III─IV asrlargacha), uchinchisi – “Ilk o‘rta
asrlar”, to‘rtinchisi – “O‘rta asrlar davri” deb atalgan.
Ikkinchi davr uch bosqichga bo‘lingan: urug‘chilik jamoasining matriarxat,
patriarxat va harbiy demokratiya bosqichlari. Mazkur davrlashtirish muallifining
nuqtai nazariga ko‘ra, “Jamiyat mafkuraviy asosini dastlab tabiat hodisalariga
sig‘inish: totemistik, animistik, sehrgarlik (matriarxat), otashparastlik diniy qarashlar
(patriarxat), so‘ng (harbiy demokratiya bosqichida) esa zardushtiylik va buddaviylik,
moniylik, nasroniylik va shamanizm tashkil etadi”. Shuningdek, “O‘rta Osiyo
sharoitida dastlabki sinfiy jamiyatning shakllanishi arafasida asosiy xarakatlanuvchi
kuchlari
erkin
dehqon
jamoalari─kashovarzlar,
ozod
shahar
hunarmandlari─ozodkorlar va savdo–sotiq jamoalari – guvakorlardan iborat edi”,
harbiy demokratiya bosqichidan avval, patriarxal urug‘ jamoasi bosqichida
“jamiyatning erkin dehqon jamoalariga (kashovarzlar, ozodlar va guvakarlarga)
tegishli xususiy mulk shakllana boshlaydi”, deb bayon etiladi yoki boshqa joyda:
“qishloq jamoalarini kadxudotlar, ya’ni vispatilar boshqargan”, “O‘rta Osiyo ilk o‘rta
asrlar (V─VIII) davrining dehqonzodlar toifasini, ya’ni katta mulk egalarini Ovrupa
feodallari bilan qiyoslash mumkin” degan fikr–xulosalar ilgari suriladi.
Albatta, bunday qarashlar Oliy o‘quv yurtlarining o‘qituvchilari va
talabalarining nafaqat qiziqishlariga, balki ayrim savollariga ham sabab bo‘ladi.
Misol tariqasida, “Nima uchun O‘rta Osiyoda milodiy IV asrgacha “harbiy
demokratiya” tizimi rivoj topgan? Qaysi sabablarga ko‘ra, xususan bronza davrida


kadxudat, kashovarz, ozodkor, guvakorlar kabi ijtimoiy guruhlar vujudga kelgan? –
degan savollar shular jumlasidandir.
Mazkur davrlashtirish izohlariga oid buddaviylik, moniylik va nasroniylikning
O‘rta Osiyoda tarqalishi yil sanasini hisobga olgan holda, mintaqa hududida III─ IV
asrlarga qadar “harbiy demokratiya” ustunlik qilgan ─ degan xulosa turgan gap,
chunki yuqori satrlarda tilga olingan diniy ta’limotlar xususan harbiy demokratiya
bosqichda mintaqa hududlarida yoyilishi haqida so‘z yuritiladi. Aslida “harbiy
demokratiya” tizimini mil.avv. IX─VIII va VII-VI asrlarga oid O‘rta Osiyoning
dasht chorvadorlar-ko‘chmanchi qabilalar jamiyati bilan qiyoslash mumkin. Bu
sanalardan ancha avval mintaqaning janubida, Marg‘iyona-Baqtriya madaniyati
misolida ilk sivilizatsiya vujudga kelgan.(U shartli ravishda Oks, ya’ni Amudaryo
sivilizatsiyasi deb ataladi).
Ikkinchidan, “sinfiy jamiyatning shakllanishi arafasida” deganda O‘rta Osiyo
hududida ilk davlatchilik tuzumiga o‘tish davri, ya’ni bronza asri nazarda tutilganga
o‘xshaydi. Biroq, mintaqaning ilk o‘rta asrlar tarixiga tegishli ijtimoiy guruhlarini
(kashovarz, ozodkor, guvakor, kadxudot) xronologik davriy va mazmuni jihatdan
bronza, ilk temir asri va antik davri jamiyati tarkibini belgilab beruvchi tarixiy
atamalar sifatida foydalanish maqsadga muvofiq emasligi aniq ko‘rinib turibdi. O‘rta
Osiyo bronza davri tarixiga oid yozma manbalar aniqlanmagan. “Avesto”da va antik
davri Xorazm, So‘g‘d, Baqtriya, Parfiya yozuvlari namunalarida, jumladan
tangalarda, ijtimoiy va boshqaruv tizimiga doir maxsus tushunchalar mavjud, shu
bois ularni ilk o‘rta asrlar tarixiga oid atamalarga almashtirish zaruriyati yo‘q.
O‘rta Osiyo ilk o‘rta asrlar ijtimoiy–iqtisodiy munosabatlarini (mulkchilik, yer
egaligi, mulkdorlar ahvoli, ijtimoiy guruhlarning o‘zaro aloqalari) Yevropa ilk o‘rta
asrlar jamiyati bilan qiyoslaganda quyidagi holatlar muhim ahamiyatga ega:
–O‘rta Osiyoga nisbatan G‘arbiy Yevropada ilk o‘rta asrlar uzoq davr
mobaynida rivojlangan (V asr oxiri─XI asr o‘rtalari);
– G‘arbiy va Markaziy Yevropa mamlakatlari ilk o‘rta asrlarda taraqqiyot
jihatdan O‘rta Osiyodan orqada qolgan, misol uchun, franklar jamiyatida xususiy–
oilaviy yer egalligi VI asrda shakllana boshlagan;
– ilk o‘rta asrlarda G‘arbiy Yevropada shaharlar madaniyati rivojlanmagan
(Fransiya, Angliya va Germaniyada dastlabki shaharlarning vujudga kelishi jarayoni
X─XI asrda boshlanadi), xo‘jalik shakllari va hunarmandchilik natural ahamiyatga
ega bo‘lib, savdo–sotiq va tovar–pul munosabatlari sust taraqqiy topgan,
hunarmandchilik esa qishloq xo‘jaligidan ajralib chiqmagan;
– feodalizm klassik tarzda namoyon bo‘lgan Fransiyada VIII asr ohiridan
boshlab xosildor yerlarning asosiy qismi (shuningdek, o‘tloqlar, qo‘llar) qirol,
cherkov va feodallar qo‘liga o‘tadi, dehqonlar ulardan qaram bo‘lib, og‘ir
majburiyatlarni bajarganlar.
O‘rta Osiyoda tarixiy voqelik, jumladan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar yer,
mulk egaligi ham mutlaq boshqa bo‘lgan, shu sababli, mintaqa o‘rta asrlar tarixiga
formatsiyali yondashuvdan kelib chiqqan “feodalizm”, “feodal jamiyati” to‘g‘ri
kelmaydi.


O‘rta Osiyo, jumladan O‘zbekiston qadimgi davr va o‘rta asrlar tarixini
davrlashtirishda xanuz inkor etilmagan arxeologik davrlashtirish, qabul qilingan
atamalar (paleolit, mezolit, neolit, bronza davri, ilk temir asri, antik davri, ilk o‘rta
asrlar, rivojlangan o‘rta asrlar) hamda etnik va siyosiy, sulolaviy belgilarga
asoslangan (ahamoniylar, salavkiylar, yunon–baqtriya, yuechji–kushonlar, afrigiylar,
eftaliylar, qorahoniylar, anushteginlar va x.k.) davrlashtirish tamoyillaridan
foydalanish maqsadga muvofiqdir. Tarixiy davrlashtirishning boshqa variantlari ko‘p
jihatdan ularning mualliflarini shahsiy fikrlari va qarashlaridan kelib chiqib, xanuz
fanda e’tirof etilmagan. Mazkur holat yuqorida qisqa tahlil qilingan davrlashtirish
tizimi mazmunidagi kamchiliklar bilan uzviy bog‘liqdir.

Yüklə 119,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin