Konversion marketing - salbiy talabni bosib o’tishga yordam beradi, ya’ni yo’q
joyda talabni vujudga keltiradi, bunga ishontirish va tovar to’g’risidagi yolg’on
ma’lumotlarni inkor etish orqali erishiladi. Masalan, urushdan keyingi yillarda
sotuvda, sanoatda ishlab chiqilgan mayonez paydo bo’ldi. Xaridorlar buni tezda
qabul qilmadilar. Faqatgina reklama vositasi bilangina mahsulotga talab vujudga
keltirildi va taklif muvozanatlashtirildi.
Rag’batlantiruvchi marketing - talabni uyg’otadi, tovarlar xaridorni
qiziqtirmasa va bugungi kunda o’z qiymatini yo’qotgan bo’lsa, tovarlar noto’g’ri
joylashtirilgan bo’lsa va boshqa bir necha hollarda talab mavjud bo’lmasligi
mumkin. Bunday sharoitda rag’batlantiruvchi marketingning maqsadi iste’molchi
bilan tovar o’rtasida foydali o’zaro aloqa o’rnatishdan, imkoniyatlarni yaratishdan
va shunday qilib, talabni yaratishdan iboratdir.
Potentsial talab mavjud, uni real talabga aylantirish kerak. Bu sharoitda
Rivojlanuvchi marketing turidan foydalaniladi. Potentsial talabni real talabga
aylantirish uchun birinchi navbatda yangi tovarlar yaratish ustida ishlash kerak,
ya’ni talabni yangi sifat darajasida qondirishga erishish kerak. Rivojlanuvchi
marketing - yashirin talabni qamrab oluvchi va uni real talabga aylantiruvchidir.
Talabning pasayishi turli davrlarda har qanday tovar duch keladigan hodisa. Bu
holatda
Remarketing dan foydalaniladi. Remarketingning maqsadi talabni tiklash
zarurligini bildiradi, ya’ni tushib borayotgan talabni jonlantirishdir.
Talab o’zgarib turadi, talabni stabillash kerak. Bu holatda
Sinxromarketing turidan foydalaniladi. Sinxromarketing - tebranib turuvchi talabni nisbatan
barqarorlashtirishga va uni tartibga solishga yordam beradi. Bunday talab mavsumiy
va boshqa tebranishlar bilan xarakterlanadi. Buning natijasida tovar taklifi talabga
to’g’ri kelmaydi. SHuning uchun sinxromarketingning strategiyasi talab va taklif
me’yorini tekislashdan iborat.
Talab firmaning imkoniyatlariga aniq javob beradi, talabning bir tyokisda
bo’lishiga erishish kerak. Bu sharoitda