2- Mavzu: O’tkinchi jarayonlarni xisoblashda qo‘llaniladigan nisbiy birliklar sistemasi
Q.t. tokini topish uchun elektr ta`minoti tizimining normal sharoitiga mos keladigan bir liniyali hisoblash sxemasi tuziladi va undagi energiya manbalari parallel ulangan deb qaraladi. Hisoblash sxemasida barcha manbalar (generatorlar, sinxronlar kompensatorlar, katta quvvatli sinxron va asinxron mashinalar, energosistemalar), transformatorlar, havo va kabel liniyalari, reaktorlar ko‘rsatiladi. Hisoblash sxemasi asosida almashtirish sxemasi tuziladi. Unda tizimdagi barcha elementlarning qarshiliklari ko‘rsatiladi va k.t. toki aniqlanishi kerak bo‘lgan nuqta belgilanadi.
Generatorlar, katta quvvatli transformatorlar, xavo liniyalari, reaktorlar almashlash sxemada induktiv qarshilik sifatida ko‘rsatiladi. Kuchlanishi 6-10 kV bo‘lgan kabel liniyalar, quvvati 1600 kV.A va undan kichik bo‘lgan transformatorlar almashlash sxemada aktiv va induktiv qarshiliklar deb olinadi. Barcha qarshiliklar nomli yoki nisbiy birliklarda olinishi mumkin.
K.t. tokini hisoblashda kuchlanish va quvvatning bazoviy miqdorlari qabul qilinadi. Bazoviy kuchlanish sifatida k.t. toki hisoblanayotgan nuqtaning o‘rtacha kuchlanishini olish mumkin. Bu esa quyidagi qiymatlardan biri bo‘lishi mumkin:
U =230; 115; 37; 10,5; 6,3; 3,15; 0,4;.... 0,23 kV
E lektr qurilma elementi
|
Almashtirish sxemasi
|
Hisoblash formulalari
|
Nomli birliklarda, Om
|
Nisbiy birliklarda
|
G enerator
|
|
|
|
Energosistema
|
|
yoki
yoki
|
yoki
yoki
|
T ransformator
|
|
Aktiv qarshilik hisobga olinganda
|
Aktiv qarshilik hisobga olinganda
|
Reaktor
|
|
|
|
Liniya
|
|
|
|
Bazoviy quvvat 100 MVA yoki kuch transformatorining quvvatiga teng qilib olinadi. Elektr ta`minoti tizimi ayrim elementlarining qarshiliklarini aniqlash formulalari quyidagi jadvalda keltirilgan.
jadvalga ilova. SN- elektr uskunaning to‘la nominal quvvati (generatorni, transformatorni, energosistemani), MV.A; Sb - bazoviy quvvat, MV.A; Sk - energosistemani k.t. quvvati, MV.A; Iuz.n - uzgichni nominal uzish toki, kA; Xsist - energosistemani nisbiy nominal qarshiligi; uk - transformatorni k.t. kuchlanishi, %;Xr-reaktorni qarshiligi,Om; Rk- transformatorni k.t. isrofi, kVt; ro ,xo - liniyani 1 km uzunligiga to‘g`ri keladigan aktiv va induktiv qarshilik, Om/km; l - liniyani uzunligi, km; Ub - bazoviy kuchlanish, kV; Uo‘r -elektr uskunaning o‘rnatilgan joyidagi kuchlanishning o‘rtacha qiymati, kV; Xd - generatorning o‘ta o‘tish induktiv qarshiligi, %.
Sxema elementlarining boshlang`ich parametrlar Xd %, uk%, xo ro kataoglar yoki ma`lumotnomalardan aniqlanadi. Almashtirish sxemasida k.t. nuqtasigacha bo‘lgan ekvivalent qarshilikni aniqlashda quyidagi o‘zgartirishlar ishlatiladi:
Qarshiliklarni ketma-ket ulanganda
Xekv = X1+X2+.....+Xn 1.3
2) Qarshiliklar parallel ulanganda
1.4
Uchburchakdan yulduzga o‘tishda ishlatiladigan munosabatlar:
;
; 1.5
4)Yulduzdan uchburchakka o‘tishda ishlatiladigan formulalar:
;
; 1.6
Almashtirish sxemasida o‘zgartirishlar manbadan k.t. nuqtasiga tomon olib boriladi.
Agar qarshiliklar nisbiy birliklarda hisoblangan bo‘lsa, k.t. toki quyidagicha aniqlanadi:
yoki ;
Bu yerda
Xekv - k.t. nuqtasidan manbagiga bo‘lgan ekvivalent qarshilik;
Uo‘R- k.t. sodir bo‘lgan nuqtadagi o‘rtacha kuchlanish.
Agar manba kuchlanishi o‘zgarmas bo‘lsa,
Ino = In = Ik
Hisoblash nomli birliklarda olib berilganda KT toki quyidagicha aniqlanadi.
1.7
yoki
1.8
Bu yerda
- ekvivalent to‘la qarshilik
K.t. tokining mikdoriga qarab elektr apparatlari, izolyatorlar, shina va kabellar tanlanadi, elektr uskunalarining rele ximoyasi sozlanadi.
Dostları ilə paylaş: |