Berilgan shifr varianti № ... (reyting daftarchasi nomerining oxirgi to‘rtta raqami) uchun:
1 Berilgan fermaning ko‘rsatilgan panelidagi sterjenlarda qo‘zg‘almas doimiy yuklardan hosil bo‘layotgan zo‘riqish kuchlari aniqlansin.
2. Berilgan ferma uchun harakatlanuvchi yuklardan tayanch reaksiyalarining va ko‘rsatilgan panelidagi sterjenlarning zo‘riqish kuchlarining ta’sir chiziqlari chizilsin.
3. Ta’sir chiziqlari qurilgan tayanch reaksiyalarining va ko‘rsatilgan panelidagi sterjenlarning zo‘riqish kuchlarini miqdorlari ta’sir chiziqlari yordamida aniqlansin va ular analitik usulda topilganligi bilan taqqoslansin.
Dastlabki ma’lumotlar shifr varianti asosan 1-jadvaldan olinadi.