Tovush almashishi (o`zgarishi)- bunda asosga qo`shimcha qo`shilganda bir
tovush boshqa tovushga almashadi:
*bo`ya, tara, sana, sayla, tanla kabi so`zlariga –q yoki –v qo`shimchalari
qo`shilsa, asosdagi -a tovushi -o tovushiga almashadi: bo`yoq, sanoq, taroq, saylov, tanlov. *yosh, son, ot kabi so`zlarga –a qo`shimchasi qo`shilsa: son+a = sana, ot+a = ata. *-ga, -gani, -guncha kabi –g tovushi bilan boshlanuvchi qo`shimchalar oxiri –k,
q tovushlari bilan tugagan so`zlarga qo`shilsa, asos yoki qo`shimcha tarkibida tovush
almashadi: tekkuncha, terakka,chiqqani, buloqqa, oqquncha. *oxiri –k,-q tovushlari bilan tugaydigan so`zlarga egalik qo`shimchasi
qo`shilganda asos tarkibidagi jarangsiz tovush jarangli tovushga almashadi: buloq+i- bulog`i, yurak+i-yuragi, tilak+i-tilagi, bilak+i-bilagi. Lekin idrok, huquq, mashq, park, kabi so`zlarga egalik qo`shimchasi qo`shilsa. tovush almashishi yuz bermaydi:
idroki, mashqi, huquqi, parki kabi.
2. Morfologik yozuv -so`z asosi va qo`shimchalarini aynan yozish demakdir.
Bunga ko`ra so`z va uning qismlari talaffuzidan qat’i nazar asliga ko`ra yoziladi, ya’ni
asosga qo`shimcha qo`shilishi bilan so`z tarkibida tovush o`zgarishi kuzatilmaydi.
So`z va qo`shimcha aslan qanday bo`lsa, shunday yoziladi. Masalan:
*fe’lning zamon va shaxs qo`shimchasi qanday eshitilishi va talaffuz qilinishidan
qat’i nazar, doim –di shaklida yoziladi: ket+di = ketdi,borib+di = boribdi. *-dan, -da qo`shimchalari talaffuzidan qat’i nazar doim o`zgarishsiz yoziladi: ish+da = ishda, baland+dan = balandda kabi.
*-iston (so`z yasovchi), -inchi(tartib son), --ib(ravishdosh), -in, -il (fe’l nisbatlari) qo`shimchalari asos qismida –u tovushi bo`lgan so`zlarga qo`shilganda u
tovushiga moyil aytilsa ham asliga ko`ra yoziladi: kul+ib = kulib, tug`+il = tug`ildi, uch+inchi = uchinchi, ur+ish = urish, gul+iston = guliston *qo`shma va juft so`zlar ham morfologik yozuv qoidasi bo`yicha yoziladi: qip- qizil, har vaqt, baxt-saodat, atirgul kabi.