2-3-AMALIY MASHG‘ULOT Mavzu: ASOSIY EKOLOGIK OMILLAR. YORUG’LIK VA HARORAT OMILI Mavzu rejasi: Darsning maqsadi: Asosiy abiotik omillarning turlari va ularning tirik organizmlarga ta’siri natijasida organizmlarning moslashishlarini о‘rganish hamda ekologik guruhlarni aniqlash.
Mashg‘ulot vazifalari:
ekologik omillar va ularning turlarini о‘rganish;
asosiy ekologik omillar va ularning ahamiyatini о‘rganish;
ekologik omillarga nisbatan munosabatiga kо‘ra organizmlarning guruhlarini aniqlash.
Talabaning bilim, о‘quv va kо‘nikmasiga qо‘yiladigan talablar:
asosiy abiotik omillar va ularning turlari haqida ma’lumotlar oladi;
ekologik omillar haqidagi bilim doirasi kengayadi;
о‘z ustida mustaqil ishlash kо‘nikmalari rivojlanadi;
Kerakli material va jihozlar:Turli guruhlarga xos о‘simliklar rasmlari, о‘simlik gerbariylari, chizg‘ich, lupa, mavzuga oid jadvallar.
Nazariy material. Ekologik omillar tasnifi. Tabiiy muhitda uchraydigan har xil omillarni 3 ta asosiy ekologik guruhga taqsimlash mumkin: 1. Abiotik 2. Biotik 3. Antropogen omillar guruhi.
1. Abiotik omillar – organizmlarga ta’sir qiladigan noorganik muhitning jami omillaridir. Bu omillarni kimyoviy (atmosferaning tarkibi, suvning shо‘rligi, tuproqning tarkibi, loyqaning kimyoviy tarkibi), fizikaviy yoki iqlim (harorat, bosim, yorug‘lik, namlik, shamol) omillariga bо‘lish mumkin. Yer yuzasining tuzilishi (relyef), geologik va iqlim abiotik omillarining xilma-xilligi tirik organizmlarning tarixiy rivojlanishi, muhitga moslashishida katta ahamiyatga ega bо‘ladi.
2. Biotik omillar – muhitda uchraydigan organizmlarning hayot faoliyati, bir-birlariga qiladigan ta’siri va ular о‘rtasidagi munosabatlaridan iborat, ya’ni bir tirik organizmga uni о‘rab turgan boshqa tirik jonzotlarning har xil ta’siri tushuniladi. Bu ta’sir turli ifodaga ega bо‘lishi mumkin. Masalan: 1. Tirik organizmlar bir-birlariga ozuqa manbai (о‘simliklar turli hayvonlarga ozuqa, yem-xashak; ba’zi hayvonlar yirtqich hayvonlarga ozuqa); 2). Bir tirik organizm tanasi boshqa organizmga xо‘jayin-parazit (sigir, ot, it, tanasi kana, bakteriyalarga; katta daraxtlar esa moxlar va boshqa epifit о‘simliklarga); 3). Bir organizm ikkinchi organizmning kо‘payishiga sabab bо‘lishi; 4). Turli organizmlarning boshqa organizmlar yordamida tarqalishi; 5). Bir turning ikkinchi turga fizikaviy va kimyoviy ta’sir qilishi.